BOYMATOV Gʻayrat Zuhriddinovich haqida malumot bilib oling.
BOYMATOV Gʻayrat Zuhriddinovich (1946.26.2, Toshkent) — grafik rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989). Respublika rassomlik bilim yurtini (1966) va Xarkov badiiy sanoat in-tini (1971) tugatgan. Boymatov ijodiga badiiy joʻshqinlik, ramziy tasviriy yechim va vositalar, oʻz gʻoyasini turkum lavhalarda (asosan, akvarelda) yaratish xos. Asarlarida milliy madaniy meros (urfodatlar, hunarmandlik. tomosha sanʼati, anʼanaviy turmush tarzi)ni, qadrdon oʻlkaning goʻzal va betakror tabiatini, unga bogʻliq muammolarni yorqin lavhalarda aks ettiradi. Muhim asarlari: «Uzbekiston manzaralari» (1986), «Qora qoʻgʻirchoqlar» (1986), «Vizantiya koʻrinishlari» (1989), «Oʻrta Osiyoning qadimgi tangalari» (1995— 97) turkumlari; aralash texnikada ishlangan «Oʻlimdan soʻng oʻzga qiyofada dunyoga kelish», «Zinapoyadan yuqoriga intilish», «Sayyoralar», «Rangdor tushlar» (1992); «Tush», «Qora quti», «Insonning yetti gunohi» toʻrtligi (1995-97) va b.
Ensiklopediya.uz
BOYMATOV Gʻayrat Zuhriddinovich