Bo‘yin limfa tugunlari nima sababdan kattalashadi? to’liq malumot oling

Bo‘yin limfa tugunlari nima sababdan kattalashadi? to’liq malumot oling

Bo‘yin limfa tugunlari nima sababdan kattalashadi?

Bo‘yin limfa tugunlarini yallig‘lanishi sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin:

• Nafas yo‘llari kasalliklari, o‘tkir respirator virusli infeksiya (O‘RVI).

• Og‘iz bo‘shlig‘i va burun-xalqumdagi muammolar: kariyes, pulpit, sinusit.

• Umumiy infeksiyalar: suvchechak, qizamiq, sitomegalovirus.

• Teri infeksiyalari: furunkul, karbunkul, xusnbuzar.

• Otitlar (quloq infeksiyasi).

✍️Qachon vrachga murojaat qilish kerak?

Limfa tugunlarini kattalashuvi, mustaqil kasallik xisoblanmaydi, balki ular qaysidir boshqa infeksion kasallikning belgisi xolos. Shu sababli ular yana quyidagi belgilar bilan birga keladi:

• Umumiy bo‘shashish va xolsizlik;

• Tana xaroratini ortishi;

• Bosh og‘rishi;

• Tomoq, quloq va og‘iz bo‘shlig‘idagi og‘riqlar;

• Burun bitishi.

@doridarmonlar

Kasalliklar
Bo‘yin limfa tugunlari nima sababdan kattalashadi?