BOYCHECHAK haqida malumot bilib oling.
«BOYCHECHAK» — mavsumiy marosim qoʻshigʻi. Turkiy xalqlarda qadim zamonlardan kattalar, keyinchalik bolalar tomonidan kuylab kelingan. Bolalar erta bahorda dala va bogʻlardan boychechaklar terib, undan guldastalar yasaganlar, tol navdalaridan chambarlar qilib, boshlariga kiyganlar hamda guldastalar koʻtargan holda uymauy yurib, «Boychechak» qoʻshigʻini aytganlar, uy egalariga gullar ulashganlar. Bolalardan biri asosiy toʻrtliklarni kuylagan, qolganlari naqarotni joʻr boʻlib ijro etishgan. Shu tariqa uy egalaridan sovgʻasalomlar olishgan.
Boychechak qushiqlarida dehqonlar ekintikin ishlarini boshlashga, chorvadorlar chorvasini qishlovdan yaylovga koʻchirishiga daʼvat qilingan. Koʻklamga xos tabiat hodisalari, xalq anʼanalari shavqzavq bilan tarannum etilgan.
Ensiklopediya.uz
Boychechak