BOYAZID ANSORIY haqida malumot bilib oling.
BOYAZID ANSORIY ibn Abdulloh 11525, Jalanhor sh. (Panjob) — 1572] — Afgʻonistondagi ravshaniya diniy oqimi asoschisi. Oʻzbeklar orasida Bobo Ravshan nomi bilan maʼlum boʻlgan. Uning ota va bobosi mashhur ulamolar edi. Yoshligida savdo-sotiq ishlari bilan shugʻullanib koʻp shaharlarga borgan. Tasavvuf hamda ismoiliylar oqimlari taʼsirida boʻlgan. Fiqh ilmlari asoslarini oʻrgangan. Ulamolar bilan diniy bahslarda ishtirok etgan.
1542-y. «menga ilohiy vahiy tushdi» deb, oʻzini paygʻambar eʼlon qildi va «yangi gʻoyalari»ni targʻib qilishga kirishdi. Tenglik va adolatli jamiyat qurish fikrini ilgari surgan.
Boyazid Ansoriyning tarafdorlari unga Piri Ravshan laqabini berganlar. Boyazid Ansoriy bir necha asarlar («Madad qiluvchi pirning ahvoli», «Moʻminlarning maqsadlari») yozgan. Asarlari pushtu, fors va arab tillarida. Boyazid Ansoriy pushtu tili uchun oʻz alifbosini taklif etgan.
Ensiklopediya.uz
BOYAZID ANSORIY