BOYALICH haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOYALICH haqida malumot bilib oling.

BOYALICH (Salsola arbuscula Pall.) shoʻradoshlar oilasiga mansub sershox buta. Boʻyi 20—100 sm. Bir yillik, novdalari oqish, yaltiroq, bargi kalami, uz. 5—35 mm. Gullari mayda va koʻrimsiz, boshoqsimon toʻpgulga joylashgan. Iyunda gullaydi^ urugʻi sent. da pishadi. Asosan, choʻllardagi qumloqer larda oʻsadi. Tuya, qoʻy va echkilar Boyalichning bargi va yosh novdalarini xush koʻradi. Boyalich tarkibida 20,1% kul, 9,1% protein, 1,8% yogʻ, 21,9% kletchatka, 47,9% azotsiz ekstrakt moddalar bor. Uning yashil qismida 1,5% limon kislota, 0,03% alkaloidlar boʻladi.

Ensiklopediya.uz
BOYALICH