BOTUR XUNTAYJI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOTUR XUNTAYJI haqida malumot bilib oling.

BOTUR XUNTAYJI, Erdeni Botur Xuntayji (? — taxm. 1660) — Oyrot xonligi hukmdori (1635-y. dan). Botur xuntayji. oʻz otasi Xara (Qora) Xulaning siyosatini davom ettirib, markaziy hokimiyatga itoat etishdan bosh tortgan oyrot hokimlari qarshiligini bartaraf qilgan. 1635-y. Gushixon bu kurashda yengilib, Jungʻoriyadan Kukunorga ketgach, Botur xuntayji. Oyrot xonligining barcha eʼtirof etgan yagona hukmdoriga aylandi. 1640-y. B. X. tashabbusi bilan oyrot, xalxa va qalmiq mulkdorlari yigʻini uyushtirilib, unda «Moʻgʻul oyrot qonunlari» deb atalgan qonunlar qabul qilindi. Botur xuntayji. bir necha marta Rossiyaga uz elchilarini yuborib, u bilan tinchtotuv yashash va savdo-sotiqni rivojlantirishga intilgan.

Ensiklopediya.uz
BOTUR XUNTAYJI