
BOTQALDOQLAR haqida malumot bilib oling.
BOTQALDOQLAR, shoʻngʻuvchi oʻrdaklar (Aythya) — gʻozsimonlar turkumining oʻrdaklar kenja oilasiga mansub qushlar urugʻi. Orqa barmoqlari orasida keng teri pardalari boʻlishi b-n boshqa oʻrdaklardan farq qiladi. Botqaldoqlar yaxshi uchadi, suzadi va shoʻngʻiydi, suv tagidan oʻlja tutadi. Shuning uchun ularga «botqaldoq» yoki «shoʻngʻuvchy oʻrdaklar» degan nom berilgan. Botqaldoqlar uyasini yirik va chuqur koʻllar sohilidagi qamish va qoyalar orasiga quradi. 7—12 ta tuxum qoʻyadi. Suv oʻsimliklarining ildizi, barg va urugʻlari, mollyuska, qisqichbaqasimonlar va suv hasharotlari b-n oziklanadi. Botqaldoqlarning goʻshti, pati va terisidan foydalaniladi.
Oʻzbekistonda koʻkbel B. (Aytya Kegta),olaqanot Botqaldoqlar (Aythya nyroca), haydarkokil Botqaldoqlar (Aythya fuli gula) kabi turlari uchraydi.
Ensiklopediya.uz
BOTQALDOQLAR