
BOTKIN Sergey Petrovich haqida malumot bilib oling.
BOTKIN Sergey Petrovich [1832. 5 (17)9, Moskva — 1889.12(24) 12, Mentona, Peterburgda dafn etilgan] — vrach terapevt, pedagog, jamoat arbobi. 1861-y. dan Peterburg Tibbiyotjarrohlik akademiyasining prof. Botkin tibbiyotda yangi yoʻnalish, yaʼni kasallikning paydo boʻlishi va avj olishida nerv sistemasining ahamiyatini izohlovchi «nervizm» nazariyasini yaratdi. Sariq kasalligini chuqur talqin qildi. U organizmni atrof muhit bilan bogʻliq yaxlit tarzda oʻrgandi. Botkin fikricha, tibbiyot «kasallikning oddini olish va bemorni davolash» haqidagi fandir. Botkin hoz. zamon terapiyasining nazariy asosini ishlab chikdi. Ilmiy ishlari yuraktomirlar sistemasi, jigar, buyrak kasalliklari, dori moddalarning taʼsirini oʻrganish, yuqumli kasalliklar, harbiydala terapiyasi va b. ga oid.
Ensiklopediya.uz
BOTKIN Sergey Petrovich