BOTIQ haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOTIQ haqida malumot bilib oling.

BOTIQ — quruqlikda yer yuzasining, shuningdek okean va dengizlar tubining atrofga nisbatan ancha pastga botgan joylari. Tubi koʻpincha tekis, chuqurligi har xil boʻladi. Botiq koʻproq tektonik yoʻl bilan vujudga keladi. Shakli odatda, yumaloq, oval hamda uzunchoq boʻladi. Diametri yoki uzunligi oʻn va yuzlarcha km ga yetadi (Fargʻona, Sariqamish, Borsakelmas B. lari). B. soʻzi soylik, depressiya, bukilmalar terminlarining sinonimi sifatida ishlatiladi. Tinch okeanda Mariana (11022 m), Tonga (10882 m) Botiqlari bor. B. ilgari choʻkma deb yuritilgan. Botiq atamasi Mahmud Koshgʻariyning «Devonu lugʻotit turk» asarida qayd qilingan.

Ensiklopediya.uz
BOTIQ