BOTANIKA SANATORIYSI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOTANIKA SANATORIYSI haqida malumot bilib oling.

«BOTANIKA» SANATORIYSI — balneologik kurort. Toshkent sh. dan 30 km uzoqlikda. Chatqol togʻi etaklarida, Chirchiq sh. dan 15 km masofada, dengiz sathidan 570 m balandlikda joylashgan. Mayd. 19,7 ga. Sanatoriy hududida dastlab t. y. xodimlari uchun dam olish uyi (1942-y. gacha), harbiy gospital (1942-46), mavsumiy (1947-56) va yil boʻyi ishlaydigan (1956—66) dam olish uyi boʻlgan, 1966-y. dan markaziy va periferik nerv sistemasi hamda hazm aʼzolari kasalliklari bilan ogʻrigan kishilar davolanadigan sanatoriyga aylantirilgan. Sanatoriy yaxshi koʻkalamzorlashtirilgan, yaqinidan Boʻzsuv oqib oʻtadi. Iqlimi kontinental: qishi yumshoq, yozi issiq, yanv. ning oʻrtacha t-rasi — G, iyulniki +26°, nisbiy namlik 50%, quyoshli kunlar davomiyligi yiliga 2700 soat. Sanatoriydagi termal xloridgidrokarbonatnatriyli mineral suvdan ichish, vannalar uchun, ichaklarni chayish, meʼdani yuvish maqsadida, Jizzax viloyati Zomin tumani «Baliqli koʻl»dan olib kelinadigan balchiqsan esa chaplash (applikatsiya) va galvanik balchiq koʻrinishida foydalaniladi. Bundan tashqari, fizioterapiya, refleksoterapiya, davo fizkulturasi, massaj, issiq (parafin va ozokerit) hamda lazer bilan davolash usullari ham qoʻllaniladi.

526 oʻringa moʻljallangan yotoq korpuslari (bir va ikki oʻrinli), yozgi va qishki klub, kutubxona, sport maydonchalari mavjud, Bolalar va onalari uchun yil davomida ishlaydigan 68 oʻrinli boʻlim ham bor (1990-y. dan).

Ensiklopediya.uz
BOTANIKA SANATORIYSI