BOSTIRMA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOSTIRMA haqida malumot bilib oling.

BOSTIRMA — toʻrt tomoni yoki ikki yoni va oldi ochiq usti yopiq bino; ayvonning bir xili; usti yengilgina yopiladi. Sharq, shu jumladan Oʻrta Osiyo xalq binokorligida qadimdan keng tarqalgan. Asosan, xoʻjalik maqsadlarida (roʻzgʻor buyumlarini saqlash, pichan, gʻoʻzapoyalarni bosib qoʻyish uchun, yozgi oshxona, oʻtinxona yoki molxona sifatida) foydalanilgan. Hozir Bostirmadan dala shiyponlari, shuningdek yakka tartibdagi qishloq turar joy meʼmorligida yengil inshoot sifatida foydalaniladi. Usti yopiq uzun yoʻlak ham Bostirma deb nomlanadi.

Ensiklopediya.uz
BOSTIRMA