BOSPOR PODSHOLIGI haqida malumot bilib oling.
BOSPOR PODSHOLIGI — Qora dengizning shim. sohilidagi quldorlik davlati (mil. av. 5-a. — mil. 4-a.). Mil. av. 480-y. larda Kerch, Taman ya. o. laridagi yunon shaharlarining birlashuvi natijasida vujudga kelgan. Poytaxti — Pantikapey (hoz. Kerch), bundan tashqari Fanagoriya, Germonassa (hoz. Taman), Feodosiya, Nimfey kabi yirik shaharlari boʻlgan.
Bospor podsholigini dastlab yunon sulolalaridan boʻlgan arxeanaktidlar (mil. av. 480 — 438), keyin — yunonmahalliy spartokiylar ( mil. av. 438—109) sulolasi boshqargan. Bu davlatning iktisodiy va madaniy jihatdan eng yuksalgan davri mil. av. 4—3-a. larga toʻgʻri keladi. Yunoniston va Kichik Osiyoga galla, koramol, bal i q, teri, qullar savdoga chiqarilgan, bu mamlakatlardan esa vino, zaytun moyi, sopol va metall buyumlar, gazmol olingan. Bospor podsholigi xoʻjaligida dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik va hunarmandchilik taraqqiy etgan. Mil. 4-a. oxirida Bospor podsholigi gunnlar tomonidan tugatilgan.
Ensiklopediya.uz
BOSPOR PODSHOLIGI