BOSMA TABOQ haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOSMA TABOQ haqida malumot bilib oling.

BOSMA TABOQ — nashrning haqiqiy (amaldagi) hajmi oʻlchov birligi. Bichimi (formati) 60×90 sm boʻlgan qogʻoz varagʻining bir tomonidagi nusxa. Standart oʻlchamli va b. oʻlchamlarga ega boʻlgan qogʻozdagi nusxa shu oʻlchamlar uchun fizik Bosma taboq deb ataladi. Nashr mahsulotlarni hisobga olishda har qanday oʻlchamdagi qogʻoz uchun hisoblangan Bosma taboq 60×90 sm bichimdagi qogʻoz oʻlchov birligi sifatida olinib, shartli taboqlarga qayta hisoblanadi (yana q. Mualliflik tabogʻi).

Ensiklopediya.uz
BOSMA TABOQ