BOSITXON ZOHIDXON OʻGʻLI haqida malumot bilib oling.
BOSITXON ZOHIDXON OʻGʻLI (taxallusi Haqiriy) (1878—Toshkent — 1959.22.5) — uzbek shoiri, tarjimon, tabib. Orifjonov bosmaxonasida musahhih (1908—18), Chinoz va Chimkent maktablarida oʻqituvchi (1918—30), Sharq qoʻlyozmalari in-ti (hoz. Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik inti)da ilmiy xodim (1944—53). Oʻzbek va fors tillarida ijod etgan, arab tilini yaxshi bilgan. Gʻazal, muvashshax, murabbaa, musamman, tarjiʼband, muxammaslar yozgan. Sheʼrlaridan bayoz («Bayozi Haqiriy», 1936) tuzgan. Gʻazzoliyning «Daqoiq ulaxbor» («Nozik xabarlar») asarini uzbek tiliga tarjima qilib, nashr ettirgan (1907, 1914). Xalq tabobatiga oid «Qonuni Bositiy» yoki «Qonun almabsut» («Mukammal qonun», 1942) va «Istilohot ulatibbo fi intifoʼot alahibbo» («Doʻstlar foydalanadigan tibbiy atamalar», 1944) kabi asarlar yaratgan. Qoʻlyozmalari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi (inv. № 126).
Ensiklopediya.uz
BOSITXON ZOHIDXON OʻGʻLI