BOSHQIRD YARUSI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOSHQIRD YARUSI haqida malumot bilib oling.

BOSHQIRD YARUSI (Boshqirdiston hududida oʻrganilgan, nomi shundan) — Oʻrta karbon davrining boshlangan vaqti. 1934-y. da S. V. Semixatova tomonidan «boshqird qatlamlari» nomi bilan ajratilgan. 1974-y. sobiq Ittifoqning umumiy regional sxemalarida rasmiy «Boshqird yarusi» deb qabul qilingan. Serpuxov va Moskva yaruslari oraligʻida joylashgan. Boshqird yarusi kulrang, toʻq kulrang, dolomitsimon ohaktoshlardan, magmatik va vulkan jinslardan tuzilgan. Oʻrta Osiyoda (Piskom, Fargʻona, Qurama, Turkiston, Olay, Hisor togʻlarida), RF (Ural, Timan, Volgaboʻyi, DneprDon botikligi, Voronej kristalli massivi va b.), Ukraina (Donbass) da tarqalgan. Boshqird yarusida toshkoʻmir, neft va gaz, simob, polimetall qurilish materiallari uyumlari bor. Qurama togʻlaridagi Boshqird yarusida boksit boyligi va oltin (Koʻchbuloq oltin konivulkan jinslarda) bor. Gʻarbiy Yevropada Boshqird yarusiga mahalliy stratigrafik sxema boʻyicha yuqori namyur va quyi vestfal toʻgʻri keladi.

Ensiklopediya.uz
BOSHQIRD YARUSI