BOSHQIRD TILI haqida malumot bilib oling.
BOSHQIRD TILI — boshqird xalqining tili. Turkiy tillar gʻarbiy tarmogʻining qipchoq guruhiga kiradi. Boshqird tilida 1 mln. ga yaqin kishi soʻzlashadi (1992). Ikkita asosiy — jan. (yurmata) va sharqiy (quvaqan) shevasi bor. B. t. turkiy tillardan tatar tiliga yaqin turadi, faqat talaffuz jihatdan va qisman grammatik tomondan farqlanadi. Boshqird tilining fonetik oʻziga xos jihatlari quyidagicha:
1) umumturkiy ye, o, va v tovushlar i, u, ch tarzida talaffuz etiladi;
2) lablashgan a mavjud (tatar tilida ham shunday);
3) umumturkiy s, z tovushlari qattiqroq — 9 va z talaffuz etiladi;
4) h tovushi mavjud, bu suz boshida umumturkiy s ga toʻgʻri keladi (mas, tatarcha soʻylamhoʻylam);
5) Boshqird tili dagi s umumturkiy ch ga moye keladi;
6) toʻla shakllanmagan unlilar — ы, yo, ye, v (ы, ye, o, v) mavjud. Yozuvi arab (1929-y. gacha), lotin (1929 — 39) va kirillitsa (1940-y. dan) alifbolari asosida.
Ensiklopediya.uz
BOSHQIRD TILI