Boshlangich sinflarda sinfdan tashqari ishlar fani Mavzu: Mavzu: Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning maqsad va vazifalari. презентация
15 Fuqarolik faoliyati oz davlati oldidagi huquq va burchlarini tan olishni, jamiyat belgilagan yashash va axloq meyorlariga ongli rioya etishni, mehnat va jamoada faollikni, manaviy yetuklikni barqaror etadi: – islohotlarning taqdiri va samarasi uchun javobgar, yurtimizning ertangi kuni va istiqboli uchun fidoyi shaxslarni shakllantirish borasida ustuvor davlat siyosati yurituvchi; – siyosiy onglilik va ijtimoiy faollik, yani davlatning ichki va xalqaro siyosatini tushunish va idrok qilish. Vatanparvarlik va baynalmilallikni his etish, ijtimoiy siyosiy hayotda faol qatnashishga shay turish; – xalq, davlat oldidagi fuqarolik burchi, yani qonunchilik tamoyillarini, ozining Vatan, mahalla, oila oddidagi huquq va burchlarini bilishi, ularga qatiy amal qilishi. Qonunchilikning buzilishiga murosasiz munosabatda bolish;za etishga komaklashadi.
Статья на тему: “Boshlang‘ich sinflarda AKT”
Маmlakatimizda ta’lim tizimida maktab fanlarini o‘qitishda AKT’dan samarali foydalanish dolzarb masaladir. Aynan axborot texnologiyalari ta’limning universal vositasi hisoblanib, nafaqat o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish imkonini beradi, balki shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish, bilishga qiziqishlarini qondiradi.
Pedagogik va psixologik tadqiqotlarda shu narsa ta’kidlanmoqdaki, AKT o‘quvchilarning nazariy, ijodiy va refleksiv tafakkuri rivojlanishiga katta ta’sir etadi. O‘quvchining xotirasida u yoki bu hodisa, jarayonning obrazli ifodalanishi o‘quv materialini boyitib, uning ilmiy jihatdan o‘zlashtirilishiga yordam beradi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim jarayoniga joriy etilishidan asosiy maqsad — aynan zamonaviy axborot muhiti uchun xarakterli bo‘lgan o‘quv faoliyatlarining yangi turlarini paydo bo‘lishidir.
Ma’lumki, boshlang‘ich ta’lim — ta’lim tizimining poydevori hisoblanib, o‘quvchilarni o‘qitish sifati unga bog‘liq bo‘ladi va bu boshlang‘ich maktab o‘qituvchisi zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Uzoq vaqt davomida ta’lim tizimida boshlang‘ich maktab «ko‘nikmalar maktabi» bo‘lib keldi, ya’ni o‘quvchi keyingi ta’lim olish uchun o‘qish, yozish, hisoblash kabi asosiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan ta’lim bosqichi sifatida qaralgan. Bugungi kunda boshlang‘ich maktab boshqacha tasavvur etiladi. Bugungi kunda u ta’lim tizimida bolaning birinchi tajribasi — ta’lim olish kuchlarini sinash joyi bo‘lib qolishi kerak. Ushbu bosqichda faollikni, mustaqillikni rivojlantirish, idrok etish faolligini saqlab qolish va bola ta’lim dunyosiga shaxdam kirib borishi uchun sharoitlar yaratish, uning salomatligini va emotsional xususiyatlarini mustahkamlash muhim. Bugungi kunda o‘quvchilarning aynan mana shu sifatlari ta’lim jarayoniga AKT’ni joriy etish bilan rivojlanayotganligining guvohi bo‘lmoqdamiz.
O‘z faoliyatimizda ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etib, ulardan foydalanib va o‘quv jarayonida AKT’dan foydalanish bo‘yicha ma’lum tajribalarni to‘plab bormoqdamiz.
Ахborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tajribam an’anaviy dars doirasida AKT’ni didaktik jihatdan to‘g‘ri qo‘llanilgan hollarda o‘quv jarayonini individuallashtirish va differensatsiyalash uchun cheklanmagan imkoniyatlar paydo bo‘lishini ko‘rsatdi. Ular o‘quvchilarga axborot manbalaridan foydalanish imkonini beradi, mustaqil ishlar samaradorligini oshiradi, ijodkorlik, malaka va ko‘nikmalarni egallash va mustahkamlash uchun umuman yangi imkoniyatlar beradi, ta’limning yangi shakllari va metodlarini amalga oshirishga imkon beradi.
Har bir o‘quvchida shaxsiy o‘quv yo‘nalishini rivojlantirishni ta’minlaydi. O‘quv jarayonida uni muvaffaqiyatli bilim olish uchun zarur bo‘lgan asosiy jarayonlar sifatida fikrlashni, tasavvurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi; o‘quvchilarning idrok etish faoliyatlarini samarali tashkil qilish ta’minlanadi.
АKT’dan foydalanilganda ta’limda shaxsga-yo‘naltirilgan yondashuvni amalga oshirish oson bo‘lib qoldi, butun o‘quv jarayonini samarali tashkil qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Dars jarayonida tayyor multimediali mahsulotlari va kompyuter ta’limi dasturlaridan, o‘quv va sinfdan tashqari ishlarda Internet tarmog‘i vositalaridan foydalanib, multimediali ta’lim dasturlari va taqdimotlar, loyihalar yaratildi. Axborot texnologiyalarini barcha o‘quv fanlarda qo‘llash mumkin. Darslarda o‘quv va o‘yin dasturlaridan foydalanish katta samara beradi. Ona tili va Rus tili darslarida savodxonlikni oshirish bo‘yicha mashqlar yordam beradi, bunda bolalar kompyuterlarda turli xildagi amaliy topshiriqlarni bajaradilar. Boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari uchun turli didaktik materiallar to‘plamidan foydalanib, ko‘rgazmali-mashq, nazorat-mashqlari va test sinovlari modullari kiritilgan aralash kompyuter dasturlarini tayyorlash mumkin. Unga fanga oid qoidalarni joriy o‘rganish va umumlashtirilgan takrorlash uchun uchta variantlarda berilgan grammatika-orfografik mavzular bo‘yicha boy va turli-tuman materiallardan foydalanish yaxshi samara beradi.
1-sinfda o‘qish darsida elektron o‘quv qo‘llanmalari tayyorlab, foydalanish mumkin. Unda so‘zni tovushli-harfli tahlil qilish, so‘zning bo‘g‘inlari tuzilishi, ba’zi orfogrammalar o‘rganilishi turli qiziqarli ko‘rgazmali va ovozli material berish mumkin. Yorqin rasmlar, g‘aroyib, qiziqarli topshiriqlar kichik yoshdagi o‘quvchilarda ona tiliga qiziqishni oshirishga yordam beradi, o‘yin shaklida o‘quv materiali bilan tanishish imkonini beradi, o‘zini nazorat qilish va o‘quv refleksiyasi uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi. Ushbu qo‘llanma bo‘yicha ta’lim jarayonini differensiatsiyalashga turli darajadagi murakkablikdagi topshiriqlarni tanlab olish yordamida erishiladi. Savodxonlikka o‘qitish bo‘yicha tematik rejalashtirishni ishlab chiqishda rejalashtirishga tegishli elektron mavzular va bo‘limlarni kiritish mumkin. Dars rejasini ishlab chiqishda frontal, individual va guruhli ishlash uchun kompyuterni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lgan dars bosqichlarini ishlab chiqish lozim.
Matematika darslarida «O‘yinli masalalar» dasturlarini tayyorlab, foydalanish mumkin. Boshlang‘ich sinfda o‘rganiladigan ko‘plab mavzular bo‘yicha turli materiallar berilgan. Turli murakkablik darajasidagi turli xildagi topshiriqlar har bir o‘quvchining idrok etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Masalalarni yechishda kompyuterli animatsion slaydlardan foydalanish darsning qiziqarliligini oshiradi. Ularning ustunlik tomonlari istagan paytda masalaning boshiga qaytish mumkin, uning alohida qismlarida to‘xtalish, o‘quvchilar bilan suhbatlashish, ularning fikrlarini tinglash mumkinligidan iborat. Boshlang‘ich sinflarda harakatlanishga animatsiyali masalalar bilan slayd-filmlarni qo‘llash mumkin. Shunday slaydlarni yaratish uchun Internetdan olingan animatsion kartinkalardan foydalanish mumkin.
Barcha o‘quv fanlarida test topshiriqlaridan foydalanish zarur. Testlardan dastlab faqat bosma ko‘rinishidagisidan foydalangan bo‘lsak, hozirda ularni kompyuterda terib, har bir o‘quvchi bilan shug‘ullanish mumkin. AKT’dan foydalanish yillari davomida 1-sinfdan 3-sinfgacha matematika, badiiy o‘qish, ona tili, deyarli barcha mavzulari va boshqa o‘quv fanlari bo‘yicha qator turli testlarni tayyorlash mumkin. Endi darslarda faqat bosma shakldagi emas, balki kompyuterli testlardan foydalanish zarur. Ular bajarib bo‘lishi bilan darhol bahosini olishga imkon beradi, bahoni kompyuterning o‘zi taqdim etadi, u yoki bu mavzu bo‘yicha kamchiliklarini aniqlashlariga imkon beradi.
«Tabiatshunoslik» fani bo‘yicha barcha mavzulari bo‘yicha kompyuter testlarini ishlab chiqish mumkin. Masalan: «O‘lkamiz suv havzalari», «Ona zamin», «O‘rmon va dalalar — tabiat boyligi», «Qishloq xo‘jaligi sohalari», «Bizning o‘lka», «Yer osti boyliklari», «O‘lkamiz hududiy tuzilishi», «O‘lka chorvachiligi va o‘simliklari» va boshqalar. Ona tili bo‘yicha o‘rganiladigan so‘z leksik mazmunini talqin qilishda va birliklarni turlarga ajratishda o‘quvchilarda qiyinchiliklar tug‘diradi. Bular: antonimlar, sinonimlar, omonimlar. Testlar orqali o‘quvchilarning leksik imkoniyatlari rivojlanadi, so‘zning to‘g‘ri va ko‘chma ma’nosini topishga, sinonimlarni to‘g‘ri tanlashga, sinonimlar, antonimlar va omonimlarni farq qilishga o‘rgatadi. Antonimlar bilan ishlashga bag‘ishlangan «Teskari o‘yin» testidan foydalanish o‘quvchilarga darsni tushuntirishga samarali ta’sir etadi.
Asosiysi: test topshiriqlarini bajarishda o‘quvchining ko‘zi, miyasi va qo‘llari ishtirok etadi, o‘yin elementlari esa ularda bajarayotgan ishlariga qiziqishni rivojlantirishga va demak, ta’lim jarayoni jadalligi kerakli darajasini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Testlardan tashqari krossvordlar, sxemalar, jadvallardan foydalaniladi, o‘quvchilar dars materiallarni mustaqil o‘rganishda bevosita kompyuterda ishlaydilar.
Barcha o‘quv fanlarida qo‘shimcha va rivojlantirish materiallari sifatida ko‘plab videofilm hamda fotolavhalar bilan o‘lkashunoslik materialidan foydalanish mumkin.
Microsoft Power Point dasturlari yordamida yaratilgan taqdimotlar ta’lim jarayonida AKT’dan foydalanish juda samarali shakli hisoblanadi. Taqdimotda asosiysi — axborotliligi, ko‘rgazmaliligi, qiziquvchanligi hisoblanadi. Mazkur dastur orqali turli mavzu va fanlar bo‘yicha taqdimotlar yaratishda fotosuratlar, rasmlar, animatsiya, qo‘shimcha axborotlardan foydalanish mumkin.
Maktabda mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i ishimizda katta yordam ko‘rsatadi. Internet — bu global axborot tizimi ekanligi barchaga ma’lum. U elektron pochta, izlash tizimlarini o‘z ichiga oladi va turli axborot resurslaridan foydalanish imkonini beradi. Undan kerakli axborotlarni topish, qayta ishlab chiqish va ularni ko‘paytirib, barcha kompyuterlarga o‘rnatib bolalarga mustaqil juftlikda, guruhda, individual ishlashni taklif etish mumkin. O‘quvchilarga turli xildagi topshiriqlarni taklif etish: tadqiqot o‘tkazish, asosiysini tanlash, taqdimot tayyorlash, jadvalni to‘ldirish imkoni paydo bo‘ladi.
Axborot olishning boshqa bir usuli — dars davomida bevosita Internetdan axborot olish hisoblanadi. Internetdan avvaldan kerakli materialni topish, darsda esa uni o‘quvchilarga ko‘rsatish mumkin. Ishni o‘rganilgan material bo‘yicha dialog ko‘rinishida olib borish mumkin.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari Internetdan mustaqil foydalanishni, kerakli axborotni tanlashni, uni saqlab qolish va taqdimotlar tuzish yoki turli xildagi loyihalarni ishlab chiqish va bajarishda keyingi ishlarida foydalanishni biladilar. 2-sinfdanoq o‘quvchilar faqat daftarda emas, balki bevosita kompyuterda ham topshiriq-larni bajara oladilar. O‘quvchilar kompyuter bilan ishlash birinchi ko‘nikmalarni oladilar, o‘zlarining nazariy bilimlarini doimiy chuqurlashtirib va amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirib boradilar.
Boshlang‘ich sinflarda fikrlash operatsion uslubini shakllantirishda informatika kursining roli juda muhim. Informatikaning ushbu roli harakatlari tuzilishini rejalashtirish, axborot izlash, muloqotni rejalashtirish, axborot modellarini qurish, faoliyatni vositalashtirish kabi dastlabki ko‘nikma va malakalar to‘plami ko‘rinishida qaraladi. Kompyuterni o‘qishda yordamchisi, ijodkorlik, o‘zini ifoda etish va rivojlantirish vositasi sifatida tushunish katta ahamiyatga ega. Katta sinflar o‘quvchilarida fikrlash uslubi shakllanib bo‘ladi, yangi shakllarini ular qiyinchilik bilan qabul qiladilar. Ushbu kurs o‘quvchini SHK’da axborot bilan amaliy ishlashga o‘rgatishi kerak. Boshlang‘ich maktabda kompyuterni o‘zlashtirib o‘quvchilar undan o‘z faoliyatlari vositasi sifatida boshqa sinflarda ham foydalanishlari mumkin, kompyuterni qo‘llash bilan olib boriladigan darslar ularda qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Katta sinflarda informatika darslarida albatta kompyuterdan foydalanish ushbu dasturni amalga oshirish zarur sharti hisoblanadi. Kompyuterdan odatda yangi materialni muhokama qilishda elektron doska sifatida foydalanaman. Bundan tashqari, o‘quv o‘yinlarini tashkil qilish hamda individual ta’lim va kompyuterli praktikumni tashkil qilishda foydalaniladi. Ta’lim natijasida o‘quvchilar o‘quv va oddiy amaliy masalalarni yechish uchun kompyuterdan foydalanish: fayllar bilan oddiy operatsiyalarni amalga oshirish (yaratish, saqlab qolish, izlash, dasturni ishga tushirish); dasturlarda amaliy topshiriqlarni va ijodiy ishlarni bajarishni biladilar: Word Pad, Microsoft Power Point, Microsoft Excel, Microsoft Word; keng foydalaniladigan dasturlarni ishga tushirish: kompyuter ekranida matnli va grafik redaktor, trenajerlar, testlar; matnlar va tasvirlar (axborot), obyektlar bilan ishlash; izlash, oddiy o‘zgartirishlarni, saqlash, foydalanish va axborot hamda ma’lumotlarni uzatishni amalga oshiradilar, mundarija, yo‘l ko‘rsatuvchi, kataloglar, spravochniklar, internetdan foydalanib, kompyuter yordamida kichik loyihalar va taqdimotlar yaratadilar.
Shunday qilib, ushbu kursni boshlang‘ich maktabda o‘rganish o‘quv jarayonini modernizatsiyalash, samaradorligini oshirish bilan birga, har bir o‘quvchining individual qobiliyatlarini hisobga olib, uni tabaqalashtirishga imkon beradi. Taklif etilayotgan kurs o‘qituvchiga ta’limni erkin boshqarish va o‘quv axborotlarini taqdim etish turli usullarini qo‘llash imkonini beradi.
Kursda loyiha-tadqiqotchilik faoliyatiga alohida o‘rin ajratilgan. O‘quvchilarning loyihachilik faoliyatlari mustaqil tadqiqotchilik malakalarini, ijodiy qobiliyatlarini va mantiqiy fikrlashlarini rivojlantirishga yordam beradi; o‘quv jarayonida olgan bilimlarini birlashtiradi va o‘quvchilarni aniq hayotiy muhim masalalarni hal qilishda ishtirok ettiradi, ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilar va o‘quvchilar munosabati uslublarini demokratlashtirishga yordam beradi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o‘quvchilarni qiziqarli olamga olib kirishda o‘qituvchining imkoniyatlarini kengaytiradi, bunda o‘quvchilar axborotlarni mustaqil ravishda izlab topadilar, oladilar, tahlil qiladilar va boshqalarga yetkazadilar. Bolani axborot bilan ishlashga, o‘qishga o‘rgatish — zamonaviy boshlang‘ich sinflarning muhim vazifasi hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflar ta’lim jarayonida AKTdan foydalanish faqat asosiy yo‘nalishlari shakllanadi. O‘quvchilarning sinfdan tashqari ishlarini tashkil etishda AKT’dan keng foydalanish birinchi navbatda, bu turli hisobotlarni tayyorlash, sinfdan tashqari tadbirlarni o‘tkazish va shu kabilardan iborat bo‘ladi
Boshlangich sinflarda sinfdan tashqari ishlar fani Mavzu: Mavzu: Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning maqsad va vazifalari. – презентация
Презентация на тему: ” Boshlangich sinflarda sinfdan tashqari ishlar fani Mavzu: Mavzu: Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning maqsad va vazifalari.” — Транскрипт:
1 Boshlangich sinflarda sinfdan tashqari ishlar fani Mavzu: Mavzu: Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning maqsad va vazifalari. Abdullayeva Barno Pulatovna OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
2 . Reja: 1. Boshlangich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish. 2.Bоshlangich sinflarda sinfdan tashqari ishlarning turlari 3.. Boshlangich sinflarda sinfdan tashqari ishlarning shakllari
3 Tezkor savollar Boshlangich sinflarda sinfdan tashqari ishlarning maqsadi va vazifalari. 2.Matematika togaragi 3.Adabiy janrlar xaqida malumot 4.Fakultativ mashgulotlar haqida ma`lumot 5. Iqtidorli bolalarni aniqlash 6.Boshlangich sinflarda ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning maqsadi va vazifalari. 7.Togarak turlari xaqida malumot bering.
4 Boshlangich sinflarda sinfdan tashqari ishlar oquvchilarning qiziqishi, istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan holda ularning darsdan bosh vaqtlarida oquv-tarbiya jarayonini toldiradi. U oquvchilarning ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligani oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarning oziga xosligi shundaki, togarak, klub dasturlarining rang-barangligi, ular mazmunidagi yangiliklar osmir yigit-qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Sinfdan tashqari ishlar maktab talim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi oquvchilarning bosh vaqtlarini yolga qoyish formalaridan biridir. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar shaxsni har tomonlama kamol toptirish va uni hayotga aktiv faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega. Bu ishlar bolalarning qiziqishlariga muvofiq tarzda kongillilik asosida tashkil qilinadi. Oquvchilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda ozlarini qiziqtiradigan mashgulotlarni tanlab olishadi a ulard mustaqil tashabbuskorona ishtirok etishadi.
5 «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar» konsepsiyasi xalq talimi vazirligi tomonidan 1993 yilda tasdiqlangan. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda oqituvchining yonaltiruvchi tasiri ostidagi oquvchilarning oz-ozini nazorat qilish asosiga qurilgan va fan kabinetlarida, kutubxonada va uyda yakka tartibdagi reja asosida otkaziladigan mustaqil mashgulotlar yetakchi shaklga aylanishi kerak. Bunda sinfdan tashqari ishda talimning moddiy bazasi: qoshimcha va malumotnoma adabiyotlari laboratoriya uskunalari, korgazmali qollanmalar, didaktik materiallar, texnika vositalaridan oqilona foydalanish kozda tutiladi. Sinfdan tashqari ishlarning talimiy ahamiyati – oquvchilarga qoshimcha bilim, malaka va konikmalar berish. Tarbiyaviy ahamiyati – oquvchilarning ijodiy faoliyat korsatishiga, nutq odobiga, mustaqil fikrlashiga zamin hozirlash.
6 1. Boshlangich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish 1 Ozbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda oz mustaqil siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yoliga ega bolishi, xalq xojaligining turli sohalarida, jumladan xalq talimi tizimida ham osib kelayotgan yosh avlod talim-tarbiyasi bilan borliq jarayonini qayta korib chiqishni taqozo etmokda. Hozirgi paytda, fan va madaniyatning eng songgi yutuqlari asosida kelajagimiz bolgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining «Manaviyat va marifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish tog`risida»gi farmonida korsatilganidek, jamiyatda yuksak manaviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy ananalarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g`oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir.
7 Sinfdan tashqari ishlarning samaradorligini oshirish avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yonalishlarini topib joriy etishga bog`liq. Ushbu Konsepsiya ham xuddi shu maqsadda, shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yonaltirilgan. Maktabning oquvchilar bilan olib boradigan oquv mashg`ulotlaridan tashqari xilmag`xil talim-tarbiya ishlari sinfan tashqari ishlar nomini olgan. Sinfdan tashqari ishlar maktab talim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi oquvchilarning bosh vaqtlarini yolga qoyish formalaridan biridir. Sinfdan tashqari ishlar shaxsni har tomonlama kamol toptirish va uni hayotga aktiv faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega. Bu ishlar bolalarning qiziqishlariga muvofiq tarzda kongillilik asosida tashkil qilinadi. Oquvchilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda ozlarini qiziqtiradigan mashg`ulotlarni tanlab olishadi a ulard mustaqil tashabbuskorona ishtirok etishadi.
8 Bоshlangich sinflarda sinfdan tashqari ishlarning turlari
9 Abadiy kechalar otkazish Ekskursiya Turli bayramlar va tadbirlar otkazish Togaraklar tashkil etish Shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etish Fan olimpiadalari Korik tanlovlar Adabiy kechalar Adabiy kechalarga misollar Navoiyxonlik, Boburning tavallud kuniga bagishlangan kecha va h.k
10 Ekskursiya Eskursiya malum bir maqsadga yonaltirilgan boladi va ekskursiyadan oldin oquvchilarga topshiriqlar beriladi Muzeylarga ekskursiyaga borish; Metro bekatlari boylab sayohat; Davlat kutubxonalariga tashrif; Teatr va kino va h.k Bayram va tadbirlar Bunga mavsumiy bayramlarni kiritishimiz mumkin Bayram va tabrirlar ssenary asosida tashkil etiladi Shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar Uchrashuv jonli muloqot tarzida tashkil etiladi. Uchrashuvga oquvchilar yaxshi biladigan shoir va yozuvchilarni taklif etish maqsadga muvofiq Mehmon bolalar adabiyotio vakili bolishi lozim. Korik tanlovlar Bu korik tanlovlar sinflar ichida yoki sinflar aro bolishi mumkin Masalan: Yilning eng bilimdon oquvchisi, Togaraklar Togaraklar malum bir fan asosida tashkil etiladi Togarak uchun yillik ish reja tuziladi Masalan: Yosh xattot, Ona tilim – jon-u dilim )
11 Togaraklar Togarak sinfdan tashqari ishlarning asosiy turi bolib, u oquvchilarning doimiy barqaror tarkibi bilan ish koradi; Togaraklarda yangi mavzu otilmaydi, dars jarayonida olingan bilimlar mustahkamlanadi, sinf ishlari tahlil qilinadi; Darslikdan tashqari qoshimcha adabiyotlardan ham foydalanish mumkin; Togarakka azo bolish ixtiyoriy, ammo uning mashgulot-larida ishtirok etish majburiydir; Togarak azolari 20 tadan oshmasligi lozim; Boshlangich sinflarda togarak mashgulotlari birinchi sinfning ikkinchi yarim yilligidan boshlanadi. Togarak uchun ajratildan soat: 1-sinf : 17 soat (haftada bir marta) 2-4-sinflarda: 34 soat (haftada bir marta)
12 Togaraklar Togarak sinfdan tashqari ishlarning asosiy turi bolib, u oquvchilarning doimiy barqaror tarkibi bilan ish koradi; Togaraklarda yangi mavzu otilmaydi, dars jarayonida olingan bilimlar mustahkamlanadi, sinf ishlari tahlil qilinadi; Darslikdan tashqari qoshimcha adabiyotlardan ham foydalanish mumkin; Togarakka azo bolish ixtiyoriy, ammo uning mashgulot-larida ishtirok etish majburiydir; Togarak azolari 20 tadan oshmasligi lozim; Boshlangich sinflarda togarak mashgulotlari birinchi sinfning ikkinchi yarim yilligidan boshlanadi. Togarak uchun ajratildan soat: 1-sinf : 17 soat (haftada bir marta) 2-4-sinflarda: 34 soat (haftada bir marta)
13 Boshlangich sinflarda sinfdan tashqari ishlarning shakllari
14 Og`zaki ish usullari. Тurli axborotlar, majlislr, ertalabki yig`inlar, maruzalar, kitobxonlar konferensiyalari, munozaralar, uchrashuvlar, og`zaki gazetalar, radiojurnallar. 2. Amaliy ish olib borish usullari, turli joylarga sayyohatlar, sport musobaqalari, olimpiada, iztoparlar ish foaliyati, yosh tabiatshunoslar togaraklari, shanbaliklar. 3. Korgazmali ish usullari. Maktab muzeylari, urush va mehnat qahramonlari xonasi, yangi kitoblar korgazmalari. Тarbiyaviy ish pedagogdan butun qolibiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni taqozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bolishlari lozim. Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar – oquvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni toldiradi. Ularning dunyoqarashini tog`ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga komaklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot, ishlab chiqarish bilan chambarchas bog`lanishiga zamin yaratadi.
15 Fuqarolik faoliyati oz davlati oldidagi huquq va burchlarini tan olishni, jamiyat belgilagan yashash va axloq meyorlariga ongli rioya etishni, mehnat va jamoada faollikni, manaviy yetuklikni barqaror etadi: – islohotlarning taqdiri va samarasi uchun javobgar, yurtimizning ertangi kuni va istiqboli uchun fidoyi shaxslarni shakllantirish borasida ustuvor davlat siyosati yurituvchi; – siyosiy onglilik va ijtimoiy faollik, yani davlatning ichki va xalqaro siyosatini tushunish va idrok qilish. Vatanparvarlik va baynalmilallikni his etish, ijtimoiy siyosiy hayotda faol qatnashishga shay turish; – xalq, davlat oldidagi fuqarolik burchi, yani qonunchilik tamoyillarini, ozining Vatan, mahalla, oila oddidagi huquq va burchlarini bilishi, ularga qatiy amal qilishi. Qonunchilikning buzilishiga murosasiz munosabatda bolish;za etishga komaklashadi.
16 Sinfdan tashqari ishlar shaxsni har tomonlama kamol toptirish va uni hayotga aktiv faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega. Bu ishlar bolalarning qiziqishlariga muvofiq tarzda kongillilik asosida tashkil qilinadi. Oquvchilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda ozlarini qiziqtiradigan mashg`ulotlarni tanlab olishadi a ulard mustaqil tashabbuskorona ishtirok etishadi. Maktab va maktabdan tashqari muassasalarning tashkiliy ishlarini, mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga olishni talab etmoqda. Sinf va maktabdan tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi.
17 Mazkur muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan va maktabdan tashqari, tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bolishi lozim: – pedagoglar va oquvchilar ortasida ozaro xurmat munosabatlarini shakllanganlikning oziga xos anana vositalariga tayanish; ulg`atgan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, osmir va yosh yigitning betakror va oziga xosligini hurmatlash, ijtimoiy huquqini etiborda tutish zarur. Sinfdan tashqari ishlarni tola qamrab olgan togaraklar bir necha xilda bolishi mumkin: a) fan togaraklari; b) mohir qollar togaraklari; v) duradgorlik togaraklari; g) sport togaragi; d) badiiy havaskorlik togaragi.
18 Maktabda tarbiyaviy ishlarni aniq rejalashtirmasdan uning mazmuni, shakl va usullarini aniqlamasdan, malum bir tizimga solmasdan turib kozda tutilgan maqsadga erishish qiyin. Sinfdan tashqari ishlarning tarbiyaviy tasiri kop darajada oquv jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda oquvchilar jamoachining xilma-xil ishlarni qanday yolga qoyishga bog`liqdir. Sinfdan tashqari faoliyat majburiy dastur bilan chegaralanmaydi, balki yoshlari har xil oquvchilarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi. Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga qiziqtiradi, ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib kiradi.
19 3. Sinfdan va maktbdan tashqari ishlarni tashkil qilishda tashkilotchining ish metodikasi. 1. Oquvchilarni har tomonlama yetuk, barkamol qilib tarbiyalash masalalarini muvaffaqiyatli hal etish, ularda faol hayotiy mavqeni shakllantirish, ozlashtirish va bilim sifatini oshirish kop jihatdan kuni uzaytirilgan guruhlarining samarali ishlashiga bog`liqdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar oquvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatini toldiradi. Ularning dunyoqarashi, tog`ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga komaklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot ishlab chiqarish bilan bog`lanishiga zamin yaratadi.
20 Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham kop qirralidir. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi: Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish. Oquvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari kop qirrali ishlarni oquvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yolga qoyish. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yonalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda oqituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalari, sinf faollariga uslubiy yordam korsatish. Umummaktab va maktablararo otkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish. Oquvchilarning bosh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish. Bu borada tashkilotchilar faolligini uchta asosiy tomonini korish mumkin: tashkilotchilik, uslubiy va mamuriy.
21 Oquvchi atrofini orab turgan vositalar, yaxshi-yomon odatlar, okituvchilar, maktabning muhiti, oquvchilar tarbiyasini tog`ri, ongli ravishda organish va qabul qilish. Sinfdan tashqari ishlarni tola qamrab olgan togaraklar bir necha xilda bolishi mumkin: Тogarak turlari: Fan togaraklari. Mohir qollar. Duradgorlik. Sport musobaqalari. Badiiy havaskorlik. Korib chiqilishi, asosiy etibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida toplangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi.
22 Тarbiyaning bosh maqsadi yosh avlodni manaviy, axloqiy tarbiyalashda xalqning boy, milliy manaviy ananalarga, urf-odatilari hamda qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy ishlarni amalda ishlab chiqishdir. Maktabdan tashqari talim muassasalarining togarak qatnashchilari ongida yuksak manaviy axloqiy fazilatlar mujassamlashgan bolishi kerak. Тogarak qatnashchilarini doimiy ravishda fan va madaniyatning songgi yutuqlaridan xabardor qilib turish, ular ongini ijodiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlar bilan band qilish orin tutadi. Тogarak qatnashchilarida mustaqillik tushunchasi shakllangan bolishi, ular davlatimiz ramzlarini, madhiyasini, urf- odatlarimizni yaxshi bilish kerak.
23 Maktabdan tashqari talim oqishlariga, hohishlariga asoslangan holda darsdan bosh vaqtlarda oquv tarbiya jarayonini toldiradi va quyidagi yonalishlar boyicha togarak qatnashchilariga talablar qoyilishi kerak: Vatanga muhabbat, komil inson tarbiyasi; Estetik talim; Sayyohli yonalishi boyicha togaraklarga qatnashish. Ekologik talim yonalishi boyicha togaraklar; Oquvchilarni manaviy axloqiy yonalishi boyicha; Хuquqiy talim yonalishi boyicha; Тexnik ijodkorlik yonalishi boyicha; Istiqlol bolalari va istedodli yoshlar; Iqtisodiy talim.
24 Хulosa Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yonalishlarini topib joriy etishga bog`liq. Ushbu Konsepsiya ham xuddi shu maqsadda, shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yonaltirilgan. Тarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bolgan barcha g`oyalar qaytadan korib chiqilishi, asosiy etibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida toplangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi. Тarbiyaviy ishlar huquq-tartibot organlari, ijodiy uyushmalar, Davlat va nodavlat jamg`armalar, qomitalar va tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boriladi.
25 Maktabning oquvchilar bilan olib boradigan oquv mashg`ulotlaridan tashqari xilmag`xil talim-tarbiya ishlari sinfan tashqari ishlar nomini olgan. Sinfdan tashqari ishlar maktab talim- tarbiya jarayonining tarkibiy qismi oquvchilarning bosh vaqtlarini yolga qoyish formalaridan biridir. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar shaxsni har tomonlama kamol toptirish va uni hayotga aktiv faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega. Bu ishlar bolalarning qiziqishlariga muvofiq tarzda kongillilik asosida tashkil qilinadi. Oquvchilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda ozlarini qiziqtiradigan mashg`ulotlarni tanlab olishadi ularda mustaqil tashabbuskorona ishtirok etishadi.
26 FOYDALANILGAN ADABIYOТLAR 1. «Ozbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Barkamol avlod – Ozbekiston taraqqiyotining poydevori» – Тoshkent: Sharq, b. 2. Karimov I.A. «Ozbekiston kelajagi buyuk davlat». Тoshkent: Ozbekiston b. 3. Karimov I.A. «Yangi uyni qurmay turib, eskisii buzmang» – Тoshkent: Ozbekiston – 24 b. 4. Karimov I.A. «Ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot- pirovard maqsadimiz». 8-jild. – Тoshkent: Ozbekiston, «Axloq-odobga oid hadis namunalari». – Тoshkent: Fan, 1990, – 72 b. 6. A.Avloniy. «Тurkiy Guliston yoxud axloq» (nashrga tayyorlovchi Хoliqov L.) –Тoshkent: Oqituvchi, b. 7. Inomova K.M. «Oilada bolalarning manaviy-axloqiy tarbiyasi» –Тoshkent: Fan, 1999, – 151 b.
27 8. Kaykavus. «Qobusnoma». – Тoshkent: Oqituvchi 1986, – 118 b. 9. Musurmonova O. «Oila manaviyat-milliy g`urur». – Тoshkent: Oqituvchi. 1999, – 200 b. 10. Munavvarov A.K. «Oila pedagogikasi». – Т.: Oqituvchi, 1994, – 112 b. 11. Ochilova M. Ochilova N. «Oqituvchi odobi». – Тoshkent: Oqituvchi, 19937. – 136 b. 12. Ochilova M. «Axloqiy tarbiya». – Тoshkent: Oqituvchi, 1979, – 232 b. 13. Jorayev A.J. Тarbiyaviy darslarni otish. Т.: Oqituvchi, Mirqosimov M. Maktabni boshqarishning nazariy va pedagogik asoslari. Т.: 1996 y. 15. Frolov P.Т. Yosh direktor maktabi. Т.: Oqituvchi, Jorayev A. Тarbiyaviy darslar otish. Т.: Oqituvchi, Safo Ochil. Mustaqillik manaviyati va tarbiya asoslari. Т.: Oqituvchi, Mahkamov U. Ahloq-odob saboqlari. Т.: Fan, 1994.
Qiziqarli malumotlar
Boshlangich sinflarda sinfdan tashqari ishlar fani Mavzu: Mavzu: Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning maqsad va vazifalari. презентация