Boshlang’ich sinf “O’qish” darslarida ertak matnini o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish
Oyoqlari: «Bizlar yurib-yurib shu joylarga olib keldik, bizlarsiz yigit bir qadam ham ilgari siljimas edi», desa, ko‘llar: «Biz avaylab sher sutini sog‘dik, yigit murod-maqsadiga yetadi», — debdi.
Documents
Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
Qoraqalpog`iston Respublikasi xalq ta’limi
xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
I. Xolmurodov, S.Musayeva
Diktantlar to`plami (O`qituvchilar uchun metodik qo`llanma)
Tuzuvchilar: Ikrom Xolmurodov, Sapargul Musayeva
Ma’sul muharrir: E. Xo’janiyozov- NDPI dotsenti, filologiya fanlari nomzodi.
Taqrizchilar:A.Tilegenov- O`PFITI direktori , pedagogika fanlari nomzodi.
Sh. Saparniyozova- Nukus shahar 3- sonli umumta’lim maktabining o`zbek tili fani o`qituvchisi.
Ushbu “Diktantlar to’plami” metodik qo’llanmani umumta’lim maktablarining ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan o`zbek tili fani o’qituvchilariga mo`ljallangan bo`lib, ular o`z ish faoliyatida o’quvchilardan diktant ishi olish uchun metodik yordam sifatida tavsiya qilishni lozim topdik.
Qoraqalpog`ston Respublikasi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Ilmiy Kengashining 2016-yil, 30- iyundagi ____3_____ sonli qarori bilan nashrga tavsiya qilingan.
Tabarruk otam Otamurodov Xolmurodning porloq xotirasiga bag`ishlayman
So`z boshi Ushbu “Diktantlar to`plami” umumta’lim maktablarining ta’lim
boshqa tillarda olib boriladigan o`zbek tili fani o`qituvchilari uchun
mo`ljallangan. Asosan, metodik qo`llanmada ta’limiy va nazorat
diktantlar uchun ko`proq matnlar berilgan. To`plamdagi matnlar
o`quvchilarning umumiy saviyasi, ularning savodxonligini oshirish,
o`zbek tiliga oid bilim, ko`nikma, malakalarini rivojlantirish, fikrlash
qobiliyatini va nutq madaniyatini o`stirishga qaratilgan. O`z navbatida
to`plamni tayyorlashda uning g`oyaviy mazmuni, tarbiyaviy ahamiyati,
o`quvchilarning yosh xususiyatlari va bilim darajasi hisobga olindi.
Matnlarni tanlashda ularning sodda va murakkabligi jihatdan bir-
biridan farq qiladi. Chunki, mantlarni tanlashda ham muayyan sinf
o`quvchilari imkoniyatlaridan kelib chiqildi. Shuningdek, matnlarni
tanlashda o`quvchilarning imkoniyatlarini hisobga olgan holda DTS
talablari, sinflar kesimida rejalashtirilgan o`quv dasturlari, o`quv
darsliklari, o`quv-metodik adabiyotlarga e’tibor qaratildi.Chunki, ta’lim
boshqa tillarida olib boriladigan maktablarimizda o`zbek tili fani uchun
bironta ham “Diktantlar to`plami” nashr etilmagan edi. Shuning uchun
ham mavzularni tanlashda bir-biriga yaqin, o`xshash, darsliklardagi
mavjud mavzularga oid matnlarni tanlab olishga harakat qilindi.
Bularning barchasi o`quvchilar va o`qituvchlar uchun qulay bo`lishini
Diktant va uning turlari Umumta’lim maktablarining ta’lim boshqa tillarida olib boriladigan (qoraqalpoq, qozoq, qirg`iz, turkman va rus tillari) o`quvchilarning yozma va og`zaki nutqini o`stirishda, yozma nutqning savodli va to`g`ri bo`lishida diktantlarning ahamiyati katta. O`quvchining eshitib idrok qilingan so`z, gap, matnni yoshi diktant hisoblanib, o`quvchi diktant yozayotganda xato qilmaslik uchun imlo va tinish belgilarining ishlatilishiga doir qoidalarga amal qilishga harakat qilindi. Darhaqiqat, diktant vazifasiga ko`ra asosan ikki turga ajratiladi. 1.Ta’limiy diktant. 2.Nazorat diktant.
Ta’limiy diktant: Ta’limiy diktantlar o`rganilayotgan mavzu yuzasidan har bir darsning 5-10 daqiqasi davomida va ba’zan to`liq dars jarayonida o`zlashtirilgan bilimni mustahkamlash maqsadida o`tkaziladi. Shuni ta’kidlash lozimki, ta’limiy diktant o`tkazilish va bajarilish usullariga ko`ra bir necha turga ajratiladi: ta’kidiy diktant, saylanma diktant, erkin diktant, lug`at diktant, rasmli diktant, ijodiy diktant, izohli diktant kabi turlariga.
Nazorat diktant: Nazorat diktanti o`quvchilarning yaqinda yoki ilgari o`rganilib, mashqlar bilan mustahkamlangan bilimlarni o`quvchilar qay darajada o`zlashtirganliklarini aniqlash maqsadida o`tkaziladi. Nazorat diktantlar asosan har chorak oxirida, ba’zan bilimlar o`rganilgandan so`ng ham o`tkazilib turiladi. Nazorat diktanti shunisi bilan muhimki, o`quvchilarning diktant yozish jarayonida yo`l qo1yilgan xatolari chuqur tahlil qilinadi, ularni bartaraf qilish usullari belgilanadi. Shu jihatdan nazorat diktantning ta’limiy ahamiyati katta.
O`zbek tili ta’limining maqsad va vazifalari O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da respublikadagi umumta’lim maktablarida o`zbek tilini ikkinchi til (davlat tili) sifatida o`qitishni yanada takomillashtirish ko`zda tutilgan. Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda o`zbek tili o`quv faniga tatbiqan davlat ta’lim standarti kundalik turmush vaziyatlarida tug`iladigan muloqot uchun zarur va yetarli, kelgusidagi kasbiy faoliyati taqozo etuvchi til bilimi va nutq ko`nikmalari shakllanadigan jarayondir. Ta’lim boshqa tillarda olib boriladidan umumta’lim maktablarida o`zbek tili va adabiyotini o`qitish ijtimoiy fanlar ichida muhim o`rin tutadi. Boshqa millat vakillarining davlat tilini puxta egallashlari, milliy madaniy qadriyatlarni o`rganish va ularga hurmat bilan munosabatda bo`lishlari taqozo etiladi. O`zbekistonda yashab, o`qish va ishlash jarayonida mahalliy millat vakillari bilan teng munosabatda bo`lib, barcha sohalarda erkin fikr almashish uchun o`zbek tilini yetarli darajada egallashlari ko`zda tutilgan. Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan umumta’lim maktablarda o`zbek tilini o`qitishda o`quvchilarning o`zbek tilidagi so`zlarning to`g`ri yozilishi, grammatik vositalarning so`zlarga qo`shilishi bilan bog`liq imlo qoidalarini bilishlari va ushbu qoidalarga amal qilishlari zarurligi ko`zda tutilgan. Shuning bilan bir qatorda o`zbek tilidagi so`zlarda qo`llaniladigan tinish belgilarini o`tilgan materiallar doirasida to`g`ri qo`llay olishlari zarurligi hisobga olingan. 5-9-sinf o`quvchilari uchun Davlat ta’lim standartlarida diktant yozishlari uchun quyidagicha talablar belgilangan: -V-sinflar uchun 50-55 ta so`zli matn asosida diktant; -VI-sinflar uchun 60-65 ta so`zli matn asosida diktant; -VII-sinflar uchun 60-70 ta so`zli matn asosida diktant; -VIII-sinlar uchun 70-80 ta so`zli matn asosida diktant; IX-sinflar uchun 80-90 ta so`zli matn asosida diktant yozishlari zaruriy qilib belgilab qo`yilgan.
5-SINF UCHUN DIKTANT MATNI
Qadimiy shahar Toshkent – juda qadimiy shahar. Bu shahardan savdo karvonlari o`tgan. Shaharliklar savdogarlarni muhtasham saroylarda kutib olishgan. O`zaro savdo-sotiq rivojlangan. Bora-bora shahar savdo markaziga aylangan. Shaharning shuhrati ortgan. Hozir Toshkent sanoati, iqtisodiyoti va madaniyati rivojlangan yirik va ko`rkam shaharlardan biridir. Poytaxtimiz ko`chalari yildan-yilga ko`rkamlashib bormoqda. Ayniqsa, hashamatli binolar, chiroyli favvoralar shaxrimizning husniga-husn qo`shmoqda. ( 55 ta co`z).
Yalpiz Yalpiz nam yerlarda, ariq bo`ylarida, tog` etaklarida, adirlarda o`sadi. U ko`p yillik o`simlik hisoblanadi. Iyun – avgust oylarida ochiladigan gullari o`zida halqasimon to`p gulni tashkil etadi. Mevasi tuxumsimon silliq, yong`oqchalarga o`xshaydi. O`simlik gullashdan oldin yoki gullaganda yer ustki qismidan o`rib olinadi va soya yerda quritiladi. Yalpiz tarkibida efir moyi va boshqa bir nechta foydali moddalar uchraydi.
(55 ta so`z ). Xotira – muqaddas
Toshkentdagi Xotira maydonida Motamsaro ona haykali o`rnatilgan. Yodgorlik majmuasida xotira lavhalari bor. Ularga ikkinchi jahon urushida halok bo`lgan yurtdoshlarimizning nomlari yozilgan. Toshkentning Yunusobod tumanida Shahidlar xotirasi xiyoboni barpo etilgan. Xiyobonda muzey ham bor. Muzey avlodlarga qatag`on yillari qurboni bo`lgan ajdodlar haqida hikoya qiladi. Xotira farzandlarda insoniylik xislatlarini tarbiyalaydi. Ajdodlarni eslash, xotirlash biz uchun muqaddas burch.
(55 ta so`z ). Lug`at diktant
Olma, behi, anor, anjir, olcha, gilos, bodring, sabzi, lavlagi, piyoz, sarimsoqpiyoz, turp, sholg`om, qovoq, qalampir, karam. Kartoshka, uzum, shaftoli, qarili, qulpnay, limon, bodom, burch.
Nukus- Qoraqalpog`iston Respublikasi poytaxti, Respublika hududining markaziy qismida, Amudaryoning o`ng sohilida joylashgan. Nukus shahri o`rnida 19- asrning 60-yillari Nukus ovuli mavjud bo`lgan. 1870- yillarda Nukusda savdo-sotiq, hunarmandchilik, baliq ovlash birmuncha rivojlandi. Nukus O`zbekistonning yosh va ko`rkam shaharlaridan biri bo`lib hisoblanadi. (43 ta so`z, “O`zbekiston milliy ensiklopediyasi” dan).
Tanlov Bir qishloqda butun olamga dong`i ketgan donishmand yasharkan. Aka-uka uning yoniga kelib, shogirdlikka olishni so`rashibdi. Qariya faqat bir kishini olib qolishini aytibdi va o`spirinlarni sinamoqchi bo`libdi. Mo`ysafid aka-ukalarning har biriga bittadan topishiriq beribdi. Ular esa, o`z navbatida, o`z topshiriqlarini sidqidildan bajarishga kirishibdilar. (44 ta so`z).
Lug`at diktant Yer, yeng, yelim, yog`, yog`och, yomon, daryo, yordam, tuyoq, tayoq, isyon, buyurtma, yurt, yuk, yulduz, yumshoq, sayohat, sayyoh, sarmoya, yashik, yaproq, yaktak, yaxmalak, yosh, yetim, yasha, buyuk, yuz, yaxna, yashil, yalla, yakun, Yaxyo, hadya, yolg`iz, yomg`ir, yelka, yodgor, yoz, yur, yaqin, yoqut, yopiq, yangi, yayra, yubor, yoqimli.
Oshpaz tabib Bir kishi o`g`lining tabib bo`lishini orzu qilib, ilm olishi uchun bir olimga beribdi. Oradan bir yil o`tgach, xabar olgani borib qarasa, o`g`li o`choq boshida ovqat pishirib yurgan emish. Darsdan bo`sh paytda ustozining xizmatini qilayotgan bo`lsa kerak, deb indamay qaytibdi. Keyingi yil borsa, yana xuddi avvalgi holatni ko`ribdi. ( 47 ta so`z, “Tarbiya kitobi” dan).
O`zbekiston Milliy universiteti
Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti respublikamizdagi eng yirik bilim maskanlaridan biridir. Uning 16 fakultetida turli xil mutaxassislar tayyorlanadi. Bu universitetni bitirgan
tilshunos, adabiyotshunos, tarixchi, tabiatshunos, o`lkashunos mutaxassislar maktab o`qituvchilari safiga qo`shilmoqdalar. Universitetda o`qigan iqtisodchi, huquqshunos, kimyogar va boshqa soha mutaxassislari xalq xo`jaligining turli tarmoqlarida xizmat qilmoqdalar. ( 47 ta so`z).
Oilamiz Bizning oilamiz yetti kishidan iborat. Ularning hammasi turli kasb egalari. Otam- shifokor, u shahar shifoxonasida ishlaydi. Onam adabiyotshunos, u Milliy universitetda katta o`qituvchi bo`lib ishlaydi. Akam talaba, u Texnika universitetida o`qiydi. Nazira opam bog`chada tarbiyachi bo`lib ishlaydi. Opam bolalarga o`zbek va rus tillarini o`rgatadi. Bobom bog`bon, buvim tikuvchi bo`lgan. Men 6- sinfda o`qiyman. (53 ta so`z).
Lug`at diktant Katta- kichik, uzun- qisqa, baland –past, yaxshi- yomon, oq-qora, achchiq- chuchuq, yosh- qari, chiroyli-xunuk, kecha-kunduz, oldi-berdi,
Rivoyat Luqmoni Hakimdan so`radilar: – Hazrat, bu davrda Sizchalik dono va bilimdon kishi yo`q. Shuncha bilimni kimdan o`rgandingiz? Luqmoni Hakim aytdi: -Menga johil va nadon kishilar ilm o`rgatgan. Nodon va bilimsiz odamlar qanday yomon va noto`g`ri ish qilsalar, men aksini qildim, o`zimni yomonlikdan saqladim. (42 ta so`z).
Atirgul Oqiljonning dadasi kuzda hovliga ikki tup atirgul olib kelib o`tqazgan edi. Kuni kecha hovlida o`ynab yurgan Oqiljon ikkala gul ko`chatni barg ochganini bittasi kichginagina g`uncha tukkanini ko`rib qoldi. Suyunib ketdi. Shundan keyin har kuni ertalab turib, yugurganicha gulning oldiga boradigan, g`uncha katta bo`layotganmikin deb qaraydigan bo`ldi. ( 46 ta so`z).
Qoplon Quyosh ufqqa bosh qo`ydi. Tog`lar qip-qizil nur bilan qoplandi. Muallaq turgan parcha-parcha bulutlar cho`g`dek bo`lib ko`zni qamashtiradi. Kaftdek tekislik bag`rida ko`rinayotgan qo`ra tomon suruv yaqinlasha boshladi. Cho`pon suv ichib bo`lgan qo`ylarni qo`raga qamadi, eshigini mahkamladi, oyog`iga o`ralashgan iti Qoplonni erkaladi, muzdekkina suvga yuz-qo`lini yuvdi. Belbog`ini yechib, artindi. (50 ta so`z).
Har narsadan aziz Olam gultoji hisoblanmish inson uchun tabiat bitmas-tuganmas ne’matlar ato etgan. Bug`doy- shu ne’matlarning bittasi, xolos. Oltinday sarg`ayib yetilgan, hududsiz maydonlarda mavjlanib yotgan bug`doyzorlar ming yillardan buyon odamzot rizqining manbai hisoblanib kelgan. Bug`doyning inson hayotidagi ahamiyati haqiqatan beqiyos. Hozirgina tegirmonda tortilgan undan yopilgan yangi nonning bo`yiyu ta’mini tasavvur etib ko`ring. ( 50 ta so`z).
Xalqimiz yo`li O’zbekiston xalqi kelajakka ishonch bilan qaraydi. U eng avvalo o`z kuchlariga, o`zining boy tarixiy, iqtisodiy resurslariga ishonadi, sihat-salomatlik,baxt-saodat, boylik va madaniyatga o`z yo`li bilan keladi. Ulug` kelajak-oldinda. Va u bizning- O`zbekiston fuqarolarining baxt-saodati yo`lida olib borayotgan mushtarak ishimizga kuch-quvvat, g`ayrat baxsh etadi. ( 48 ta so`z, “O`quvchi ma’naviyatini shakllantirish” kitobidan).
Topishmoqlar 1.Biznikida bir kishi, Og`zida qirqta tishi. 2.Bir barmoqcha bo`yi bor, Qizil baxmal to`ni bor. 3.Bir bo`yning o`n qo`yi bor, Biri bog`liq, to`qqizi yechiq. 4.Bir kosa anor,
Hadding bo`lsa barin ol. 5.Bir kosada ikki ovqat. 6.Katta kichik besh o`rtoq, To`plansa bo`lar to`qmoq. 7.Qirq xujrada qizil qizlar. 8.To`rt oyoqli, temir tuyoqli. 9.Soyada yotar, Ming qo`yni boqar. 10.Ikki botir qilichlashar. 11.Qirq ko`ylagi bor, Bir tugmasi yo`q. 12. Bir kulrang buzog`im bor, Uydagilar undan bezor. Bozorga olib borsam, Topilmaydi xaridor. 13.Bir eshagim bor: To`rt oyoqli, To`balasam ham yurmaydi. 14.Bir kosa so`k, Ertalab qarasam yo`q. 15.Bir ola chilbirim bor, U tog`dan bu toqqa yetadi. 16.Bir tug`ishgan ikki do`st, Bo`ylari tizdan, Qolmaydi bizdan, Saqlar qor-muzdan. 17.Ikki tog`ning orasida bir tup yong`oq. 18.Bir teshikda hamma olam. 19.Bir uyning ichida to`rt ko`rpacha yoyig`liq turibdi, Eshigi ham yo`q, teshigi ham yo`q, Mehmon kelsa ochiladi. 20.Og`ilda besh barmoq, Ishi xas-cho`p to`plamoq. 21.Ming qo`yimni bir chiviq bilan haydadim. 22.Mingta qo`yim sig`adi, Bir bog` bedam sig`maydi. 23.Ikki toboq, Orasida qashqaldoq. 24.Bo`yi bir qarich,
Soqoli ikki qarich. 25.O`zi bitta, Tuxumi to`rtta. 26.Qo`sha ayg`ir haydadim tekis yo`lga, Ikkoviga o`n odam xizmat qilar zo`rg`a-zo`rg`a. 27.Ustida ikki darcha, O`rtasida bir kunda. 28.El olmasa, ellik yil yotadi. 29.Ikki og`ayni yashaydi, Bir-birini ko`rmaydi. 30.Past-pastgina bo`yi bor, Yetti qavat to`ni bor. 31.Ikki yaproq bir tanda, Kezar yozda chamanda. 32.O`zi bitta, qulog`i to`rtta. 33.Minglab ignani ko`rdim, Teshigi yo`q birida. 34.O`zi bitta, ko`zi mingta. 35.Otasi bor, onasi bor, O`n ikkita bolasi bor.
Javoblari 1.taroq. 2.qalampir. 3. Uzuk. 4.olov, cho`g`. 5. tuxum. 6.barmoqlar. 7.anor. 8.ot. 9.it. 10.qaychi. 11.piyoz. 12.sichqon. 13.sandiq. 14.yulduz. 15ko`z. 16. etik.17.bodom. 18.quloq. 19.qovun. 20.panshaxa. 21.ustara. 22.chumoli uyasi. 23.toshbaqa. 24.makkajo`xori. 25.do`ppi. 26.dutor. 27.burun. 28.oltin. 29.ko`z. 30.piyoz. 31.kapalak. 32.qozon. 33.tipratikan. 34.angishvona. 35.narvon.
6-SINF UCHUN DIKTANT MATNI
Obod o`lka Bizning Vatanimiz — O`zbekiston Respublikasi. Vatanimiz tinch va farovon o`lka. Diyorimizda juda ko`p millatlar ahil va inoq yashaydilar. Respublikamizda shahar va qishloqlar juda ko`p. O`zbekistonning poytaxti Toshkent shahridir. Mustaqillikdan so`ng Toshkent yanada go`zal va obod shaharga aylandi. Barcha shahar va qishloqlarimizda bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Juda ko`p yangi turar-joy binolari, litsey va kollejlar qurilmoqda. Keng ko`chalar, ko`priklar, sport majmualari barpo etilmoqda. Vatanimiz yanada obod bo`lmoqda.
(65 ta so`z) Bilim — xazina
Bizning oilamizda turli kasb egalari bor. Dadam quruvchilik sohasida ishlaydilar. Onam esa zardo`zlik bilan shug`ullanadilar. Katta akam duradgorlik kasbini tanlagan. Opam o`qituvchilik kasbiga o`qiyaptilar. Meni esa tarjimonlik sohasi qiziqtiradi. Bobom bizga hamisha: «Sizlarning yoshlik davringiz juda ham baxtli zamonga to`g`ri keldi. Bilim va hunar — chinakam xazina. Qaysi kasbda bo`lsangiz ham o`z kasbingizning ustasi bo`ling. Shunda hech qachon kam bo`lmaysiz, bolalarim», — deb uqtiradilar.
(62 ta so`z). Mehnatning tagi rohat
Mehnat inson hayotini bezaydi. Uni elga tanitadi. Obro`-e`tiborini oshiradi. Mehnat qilgan odamning vaqti bekor ketmaydi. Maqsadiga erishadi. Bitirgan ishi bilan quvonadi.
O`quvchi uchun asosiy mehnat o`qishdir. O`qish uchun sabr-toqat, iroda kerak. Mehnatga yoshlikdan o`rganish kerak. Darslarni diqqat bilan tinglash, uy vazifalarini vaqtida bajarish ham mehnat hisoblanadi. Diqqat bilan qilingan ishning oqibati yaxshi bo`ladi. Shuning uchun, qunt bilan ishlashga odatlaning.
Madaniyat- inson qiyofasi. U yurib- turishi, o`zini tutishi, muomalasi, o`zgalarga nisbatan munosabati orqali nechog`li madaniyatga ega yohud ega emasligini namoyon etadi. Madaniyatli kishi tarbiya ko`rgan, odob ko`chasidan o`tib, axloq yo`liga kirgan, intizom mevasidan yeb, tartib qasri orqali chin insoniylik saltanatiga kirgan shaxsdir. Madaniyatli kishi odob-axloq qoidalariga hamisha rioya etib, jamiyatda peshqadam va tashabbuskor insondir. (55 ta so`z, “Nursafardiyya- tafakkur tarbiyasi” kitobidan).
Saxiylik haqida Saxiylik ko`ngil duri, caxovatning sururidir. Saxiylik saltanatida o`zligini topgan insonning yuzida nur, qalbida g`urur bo`ladi. Insonparvarlikni qadrlagan shaxs iymon yo`lidagi komil insondir. U insonlarga hamisha saxiylik qiladi. Saxiylik ko`ngildan chiqarib o`zgalarga ham moddiy,ham ma’naviy ko`mak berishlikdir. Ozga qanoat, hamisha ko`zi to`qlik, minnat qilmaslik- saxiy kishi saxovat qilib, uni unutish, maqtanmaslik. Saxiylikning savobi ulug`dir. (53 ta so`z, “Nursafardiyya- tafakkur tarbiyasi” kitobidan).
Fazilat Fazilat ko`ngil go`zalligidir. Uning asosini odob, axloq, tarbiya, intizom tashkil etadi. Ushbu qoidalar ko`ngilga jo etilsa, go`zal fazilatlar tug`iladi. Kishi faqat yaxshilik haqida o`ylaydi.. Mehr-oqibat, adolat va haqiqatga intiladi. Fazilatga ega bo`lmoq usuli: oqibatli bo`lmoq, odobni yuksaltirish, axloqni o`zlashtirish, tarbiya ko`rganlik, intizomga rioya etmoqlikdir. Go`zal fazilatlar- qalb ko`zgusi. Qalbingizni go`zallashtiring. Alloh yordam bersin. (54 ta so`z, “Nursafardiyya- tafakkur tarbiyasi” kitobidan).
Adolat haqida Adolatning asli haqiqatparvarlikdir. Zero, haqiqat istovchilar adolat uchun kurashadilar. Adolatning dushmani nohaqlik, tuhmat, g`arazgo`ylik, hasad va jaholatdir. Adolatli kishining qalbi pok, iymoni but bo`ladi. Adolatli bo`lmoq odatlari: iymonli bo`lmoq, mard va jasurlik, jaholatga qarshi mardona kurash, haqiqatparvarlik va oila, mahalla, yurt, vatan sha’nini himoya qilmoqlikdir. Iymonli bo`lmoq- halol va poklik ila Haq nomidan kurashmoq, mard va jasurlik- xalq yo`lida jonfidolikdir. (60 ta so`z, “Nursafardiyya- tafakkur tarbiyasi” kitobidan).
Lug`at diktant Shohruh, hol, holva, hayajon, hakim,Habiba, muhtoj, haqiqat, ahvol, hayot, harbiy, Hirot, hovli, hurmat, handalak, alohida, fahm, suhbat, hikoya, mahbuba, Hamid, Marhamat, Haydar, Hikmat, mehr, Qahramon, dehqon, mehnat, husayn, Muhammad, lahza, havo, Behzod, hur, hunar, Vahob, Hanifa, hujra, jihoz, shahar, bahor, gavhar, hayqiriq, halol, halqa, imtihon, hashar, hovuz, hordiq, haykal, hosil, hukumat, guruh, alohida, Olloh, hikmat. ( 56 ta so`z, “O`zbek tilining imlo lug`ati” kitobidan).
Kamalakda nechta rang bor?
Yomg`irdan so`ng osmonda kamalak ko`rinadi, lekin unda nechta rang borligini hamma aniq bilmaydi. Kamalakda yetti rang bor. Ular qizil, sariq, yashil, pushti, binafsha, och zangori, nim pushti. Kamalak juda chiroyli manzara hosil qiladi. Kamalak osmonda uzoq vaqt saqlanmay, tezda ko`zdan g`oyib bo`ladi. Bolalar, kamalakni kuzating.Kayfiyatingiz chog` bo`ladi. Kamalakni rasmda ifodalang. Unga mos rang tanlang. (55 ta so`z).
Tog` etaklarida ko`m-ko`k maysalar uzra nafis gullar, turli hushbo`y giyohlarning hidlari anqiydi. Daraxtlar siyrak, onda-sonda pakana daraxtlar uchrab qoladi. Otlar balandlik, tepalikka intilib, oyoqlarini g`urur bilan chiroyli tashlaydi, boshlarini ko`rkam tutadi. Shu sayrdan, tabiatning go`zalligidan baxra olgan bu aqlli jonivorlarning tiniq ko`zlarida hushnudlik ifodasini ko`raman. Naqadar go`zal jonivor bular. Sevaman, ko`ngildan, chindan sevaman otlarni! (Oybek , 55 ta so`z).
Vatan, istiqlol, ma`naviyat. Bu so`zlar inson ongidagi eng buyuk tushunchalarni ifodalovchi so`zlardir. Agar insonda shu so`zlarning birontasi yo`q bo`lsa, hayotining qayeridir kemtik bo`lib turaveradi. O`zbekning mungli ko`zlariga shodlik, qadoq qo`llariga qut-baraka,
bezovta qalbiga orom, osmoniga tinchlik ulashgan shu so`zlar, eng avvalo, Istiqlol emasmi?! Istiqlol tufayli uning egik boshi baland ko`tarildi, mag`rur ovozi olam uzra jaranglay boshladi. (57 ta so`z ).
Lug`at diktant Shox, xabar, xush, xudo, Xolmurod, Xoljon, baxt, Baxtiyor, taxminan, Xitoy, Xonqa, xon, xona, Xusayn, xushbo`y, xo`ja, Xo`jand, Xiva, xushmanzara, xato, xizmat, xat, arxitektura, to`xta, xil, xodim, xalq, paxta, xayriyat, rux, ruxsat, xislat, zaxira, xotira, xushmuomala, xulosa, xasta, xamir, daraxt, ixtiro, xizmat, xayr, tarix, taxta, Xakimbek, xolis, xato, xafa, xullas, Xorazm, xilxona, xursand, xo`jalik, xaridor. (54 ta so`z “O`zbek tilining imlo lug`ati” kitobidan).
Xalqimiz timsoliga aylangan shoir
Alisher Navoiy o`zbek xalqining ulug` shoiri va mutafakkiri bo`lib, u o`zbek adabiyotini, ayni zamonda, jahon adabiyotini ajoyib durdonalar, o`lmas badiiy obrazlar bilan boyitdi. Shoir o`z ijodiy faoliyati bilan XV asr o`zbek adabiyotini mislsiz taraqqiyot cho`qqilariga ko`tarib, uyg`onish davri deb atalayotgan bu davr madaniy va adabiy hayotida burilish yasadi. Zo`r mahorat bilan insonparvarlik, xalqparvarlik g`oyalarini ilgari surib, xalqimizning nomini jahonga yoydi. (60 ta so`z).
Bog`i Boburiy Falakning gardishi bilan mirzo Bobur Hindiston degan yurtga borib, u yerning sultoni bo`libdi. Hindiston bog`-rog`i, ko`p meva-chevaga boy yurt ekan. Boburshoh mendan yodgor qolsin deb, Hindistonning ko`rkam joyiga bir bog` barpo ettiribdi. Dunyodagi bu eng katta bog’ga turli yurtlardan nihollar, gullar olib kelib ko’kartiribdi. Xalq dunyoga dong`i ketgan bu bog`ga “Bog`i Boburiy” deb nom qo’yibdi. (56 ta so`z).
Mirzo Ulug’bek mulozimlari bilan ketayotganida yo`l yoqasida yotgan bir burda nonni ko`rib qolibdi va darrov otdan tushib, uni qo`yniga solibdi. Mulozimlaridan biri: -Sultonim nega bizga buyurmay, o`zingiz otdan tushdingiz? – deb so`raganida, shunday javob beribdi:
-Nonni birinchi bo’lib men ko`rdim. Shunday ekan, uni yerdan olishni boshqa birovga buyirish mening nonga nisbatan hurmatsizligim bo`lar edi. Nonning ulug`ligi oldida mening podsholigim nima bo`libdi? (60 ta so`z).
Suv –hayot manbayi. Inson uchun eng aziz tabiiy ne’mat. Obi hayotdan oqilona foydalanish lozim. Suvni musaffo saqlash kerak. Shunda inson salomatligi ham yaxshi bo`ladi. Suvni isrof qilmaslik har bir insonning burchi. Atrofimiz go`zalligi, noz-ne’matlarning serob bo`lishi ham suvga bog`liq. Keyingi paytlarda suvga e’tibor susaydi. Ariqlardan toza suv oqmay qo`ydi. Chunki ariqlarga iflos narsalarni tashlaydilar. Bu ish esa katta gunoh. (59 ta so`z).
Shahrimiz chiroyi Toshkentni “Sharq darvozasi” deb bejiz atamaydilar, chunki Markaziy Osiyoga kelgan chet ellik mehmonlar ilk bor shu shaharda kutib olinadi. Istiqlol yillari Toshkentning chiroyiga chiroy qo`shildi, bu qadimiy shahar yashardi, go`zallashdi. Shahardagi avtomobil yo`llari ta’mirlandi, keng shohko`chalar ochildi, ulkan ko`priklar, sport majmualari, qator ma’muriy va turarjoy binolari qurildi, bog`-rog`lar, ko`m-ko`k xiyobonlar, gulzorlar barpo etildi. ( 55 ta so`z).
Baxtli odam Bir donishmanddan so`radilar: -Qanday alomatlar odamning baxtli ekanidan dalolat beradi? Donishmand aytdi: -Halol mehnat, saxiylik, g`ayrat, ochiq yuzlilik va shirin so`zlilik baxtli odam alomatlaridir. Yana undan so`radilar:
-Chakki yo`lda yurgan tarbiyasiz farzand nimaga o`xshaydi? Donishmand aytdi: -Bunday farzand ortiqcha o`sgan barmoqqa o`xshaydi. Uni kesib tashlamoqchi bo`lsang, og`riydi, o`z joyida qoldirsang, bedavo bo`lib turaveradi. ( 53 ta so`z, “Donishmandlar odob-axloq to`g`risida” kitobidan).
Non- imon Non- tiriklik va hayot manbaidir. Turmushimiz go`zalligi, yurtimiz obodligi, xalqimiz quvonchi, dasturxonimizning oliy ne’mati- non bilandir. Shuning uchun ham dunyodagi barcha insonlarning nonga bo`lgan hurmati, e’tiqodi benihoya cheksiz. Non mahsulotlarini tejash, uni isrof qilmaslik xususida fikr yuritish lozim bo`ladi. Nonni isrof qiluvchi shaxslarga nisbatan har bir kishining nafrati oshadi. Nonni tejash uchun har bir kishi harakat qilmog`i ham qarz, ham farzdir. ( 61 ta so`z).
7-SINF UCHUN DIKTANT MATNI
Beminnat do‘st E’tibor berganmisiz-yo‘qmi, bilmadim-ku, sizning sadoqatda tengsiz do`stingiz bor. Qachon xohlasangiz siz bilan hamsuhbat bo`ladi. Shod paytingizda quvonchingizga quvonch qo`shadi. G`amgin pallada dardingizni oladi. Bilmaganingizni o`rgatadi. Adashsangiz, to`g`ri yo`l ko`rsatadi. Yaqin kishilaringiz burilib ketganida ham u sizni tark etmaydi. Xizmati uchun hech nima tama qilmaydi. Yillab unutib, tashlab qo`ysangiz indamaydi. Hatto uloqtirib yuborsangiz ham arazlamaydi. Tag`in chorlasangiz, yetib kelib, xizmatingizni qilaveradi… …Bu do`stning nomi ― kitob! (65 ta so`z , O`tkir Hoshimov). Ona yer
Tabiatning ajoyib sovg`asi Ona yerimizdir. Yer barcha boyliklarning onasi hisoblanadi.
Nima uchun Ona-Yer deymiz? Shuning uchunki, dunyoga keliboq uning havovsi bilan nafas
olamiz. Birinchi qadamni uning bag`rida qo`yamiz. U sizni kiyintiradi, ardoqlaydi. Ona qo`ynida qanday yayrab-yashnasangiz, zaminda ham o`shanday o`sib, voyaga yetasiz. Onangiz sut, otangiz tuz bersa, Ona Yer non beradi, obihayot beradi… Shuning uchun yerni eng aziz inson – Ona nomi bilan bog`lab aytiladi. (65 so`z).
“Vatan” so`zini toq aytmanglar hech qachon. “Bizning Vatanimiz” ham deya ko`rmanglar. “Mening Vatanim” deb aytinglar. Aytayotganda har bir tovush yuragingizdan uzilib tushsin! Vatan―bu sizga ota-bobolaringizdan yodgor qolgan yer. Vatan―bu sizning ota-bobolaringizning aynan o`zi. Chunki ular ming, million yillar quvonch-tashvishlari bilan shu yerga qo`shilib ketganlar… Demak, siz, aziz bolajonlar,”Bu Vatan meniki”, deb ishonib yashashlaringiz lozim. Ishonch sizlarga kuch beradi. Ana shu kuch sizlarni mustaqil qiladi. (66 ta so`z, Qutlibeka Rahimboyeva ).
Kitob – inson ma’naviy dunyosining boyishi, fikrlash doirasining kengayishiga katta yordam beradi. Shuning uchun kitobni doimo do`st tutish kerak. Undan ko`p narsalarni o`rganishga harakat qilish lozim.
Ko`p kitob o‘qigan bola ko`p narsalarni o`rganadi. Vataniga xizmat qilishga, yaxshi insonlar qatoridan o‘rin olishga harakat qiladi.
Kutubxona ham bilim manbai hisoblanadi. Kutubxonaga tez-tez boradigan bola, albatta, ko`p narsalarni biladi. Chunki, kitoblar insonning ilmli, bilimli bo`lishiga yordam beradi. (64 ta so`z).
Ehtiyotkorlik haqida Ehtiyotkorlik o`zlikni himoya etmoq deganidir. Kundalik hayotda inson turli hodisalarga ro`para keladi. Ularning domiga tushib qolmaslik uchun ehtiyotkorlik zarurdir. Chunonchi, yomon odatlarni o`rganmaslik, axloqi buzuq kishilardan yiroq yurish, sog`likka zarar keltiradigan taom yoki spirtli ichimliklarni iste’mol qilmaslik, chekmaslik, tilni tiyish, kattalar maslahatiga quloq tutish, yaxshi odamlar suhbatidan bahra olish, yaxshi- yomonning farqiga borish, ilm o`rganish, sport bilan shug`ullanish ehtiyotkorlik manbaidir. O`zlikni anglab, ehtiyotkor bo`ling. (64 ta so`z, “Nursafardiyya- tafakkur tarbiyasi” kitobidan).
Ko`pkari Ko`pkari uloq- o`zbek, qozoq, qirg`iz, turkman, tojik xalqlarining barchasi uchun birday qadrdon. Ko`pkari – bu chavandozlar bahsi. Ota-bobolarimiz go`daklikdan bolalik fasliga kirgan farzandlarining qo`lini halollash, bo`y yetgan qizlarini uzatish, er yetgan o`g`illarini uylantirish to`ylarida xalqqa osh berib, so`nggida ko`pkari bahsi tomoshalarini ko`rsatishgan. Ko`pkari chopish- bu chavandozlik ot ustida ommaviy musobaqa shartlarini bajarish, g`olib chiqish uchun olib boradigan kurashi, janggidir. Ko`pkarining boshqa nomi uloq ham deyiladi. ( 65 ta so`z, M. Sattor “O`zbek udumlari” kitobidan).
Kurash Kurash- qadimiy va erkin kurash turlariga bo`linadi. Bu odatning tarixi xalqimiz tarixi qadar uzundir. Kurash bizning xalqimiz paydo bo`lib, taraqqiyot yo`liga kirganidan buyon tarkib topib, rivojlanib, takomillashib bordi. Milliy kurashni biz hozirgi kunda sport turi sifatida qayd etamiz. Aslida esa bu odat xalq hayotining juda muhim tarmog`i bo`lib, uning taqdiri- a`molini belgilagan.
Qadim davrlarda nafaqat erkaklar, turkiy xalqlar tarixida xotin-qizlar ham kurash tushishgan. ( 64 ta so`z, M. Sattor “O`zbek udumlari” kitobidan).
Hashar- Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan udumlarimizdan biri bo`lib, qadimdan o`zbek xalqi hayotida muhim o`rin tutib kelgan. Hashar bu ko`pchilikning bir maqsadda birgalashib harakat qilishidir. Qadim zamonlarda ota-bobolar qishloqlarda, yozloqlarda xo`jalik ishlarini ko`p hollarda hashar yo`li bilan bitirib olishgan. Hasharning o`ziga xos bosh xususiyati shundan iboratki, u beminnat, bepul, beta’ma bajariladi. Hashar ishi ko`pchilik tomonidan tekin ado qilinadi. ( 63 ta so`z, M. Sattor “O`zbek udumlari” kitobidan)
Dasturxon Inson paydo bo`lib, taom iste’mol qila boshlabdiki, dasturxon bor. Dasturxon aziz, muqaddas, ruzq-ro`z manbai va ramzi sifatida ko`zga surtilgan. Dasturxon odobi, taom emak qoida- qonunlari ham xalqimizda azaldan mavjud. Uyingizda bo`lsin, mehmonda bo`lsin, kuniga uch-to`rt bor dasturxon yoziladi. Unga non-choy, qand-qurs, ho`l va quruq meva qo`yiladi. Dasturxon- taomi bilan ulug`. Dasturxon ustiga odatda, birinchi non qo`yiladi. O`zbeklar tandir nonni ko`proq iste’mol qilishadi, u dasturxonga juft qo`yiladi. ( 70 ta so`z, M. Sattor “O`zbek udumlari” kitobidan)
Odamzod ibtidosidan bo`ladigan quvvatlar so`zlash quvvati,
tanlash quvvati, xayol quvvati, sezish quvvatlaridir. Bulardan so`zlash quvvati shunday quvvatki uning yordamida inson bilim va hunar egallaydi, uning yordamida xulq-atvoridagi xunuk va go`zal harakatlarni ajrata biladi va bajarilishi zarur bo`lgan –bo`lmagan ishlarni ado etadi, shu bilan birga zararli yoki foydali narsani, lazzatli va achchiq narsalarni fahmlaydi.
Natijada nafrat va muhabbat, do`stlik va dushmanlik, g`azab va rozilik kabi his–tuyg`uga oid holatlar paydo bo`ladi. (69 ta so`z)
Paronimlar Abzal- afzal, adib- adim, aql- adil, alo-a’lo, amr-amir, ariq- oriq, asl-asil, bayon- bayan, bal-ball, barmoq-bormoq, ganj-ganch, davo-da’vo, daha-daho, devon- divan, diplomat- diplomant, dub-dup, jodi-jodu, ilk-ilik, lahm-lahim, ora-oro, sada-sado, sayd-sayid, sirat- sur’at, surgin- surgun, tambur-tanbur, tana-ta’na, uzik-uzuk, ulish- ulush, xol- hol, sher-she’r, shox-shoh, shuba-shu’ba, yuvindi- yuvundi, yagana- yagona, qala- qa’la, qiymat- qimmat, qism- qisim, qolib-qolip, qura-qur’a, qurt-qurut. (“Paronim so`zlari lug`ati” kitobidan).
So`zlar hayoti murakkab, ularga sehr yashiringan. So`zlar ham o`z xalqi bilan birga umr kechiradi, xalq quvonsa, quvonadi, kuyunsa kuyunadi. Kishilar o`zgalarni o`ylab buloqlarning bekilgan ko`zlarini ochadilar, avlodlari uchun daraxtlar ekadilar. Bundan keyingi avlod buloq suvidan, daraxt mevalaridan bahramand bo`ladi.Ota-bobolarimiz qoldirgan so`zlar ana shu buloqlar va daraxtlardir. So`zlar biz uchun asrlar sadosi, uzoq o`tmish bilan hamnafaslik hissini uyg`otuvchi mangu chaqiriq, zamonlararo ko`prikdir. (63 ta so’z, B.To`ychiboyev).
Kasb Kasb inson uchun juda zarur faoliyat. Kim qanday kasb tanlasa, unga mehr qo`yishi kerak. O`z kasbini yaxshi bilgan kishining ishi unumli bo`ladi.Ota-ona kasbini egallash yanada yaxshi. Chunki siz ota-onangiz nimalar bilan shug`ullanishini yoshligingizdan ko`rib, o`rganib borasiz.Katta bo’lgach, shu kasbda ishlasangiz, sizning ustozingiz ota-onangiz bo`ladi. Har kasbning o`z mohiyati, qiziqarli tomonlari bor. Kasb-hunar inson umrini bezaydi, baxtli, saodatli qiladi. (64 ta so`z).
Tuproq-insonning tug`ilib o`sgan joyi, tuproq – Vatan. Tuproq necha yuz yillardan buyon ne-ne ulug` farzandlarni quchog`iga bosib kelayotgan ona zamin. Shuning uchun biz uni e`zozlab “ona tuproq” deymiz. U olis ajdodlarga onalik qilgan. Ota-bobolarimizning onasi bo`lgan. U bizning ham onamiz, kelajak avlodning ham onasi bo`lajak. Demak, hamma narsa ona tuproqni qadrlashdan boshlanadi. O`z tarixini ona yurtdan- ona tuproqdan qidirgan insongina haqiqiy inson bo`la oladi. (65 ta so`z, A.Nabiyev).
Yozgi ta’til Yozgi ta’tilda men tejamkorlik haqida ko`p o`qidim. Masalan, kitob o`qiganda butun uyni yoritadigan katta qandildan ko`ra faqat o`qib o`tirgan joyni yoritadigan stol lampasidan foydalangan ma’qul ekan. Bu ham qulay, ham arzon. Chunki, 5 ta 60 vattlik lampochkadan iborat qandilga bitta 40 vattlik lampochkadan iborat stol lampasiga qaraganda 7, 5 barobar ko`p elektr quvvati ketar ekan. Stol lampasi o`qilayotgan kitobga yaqin joylashgani uchun ko`proq nur berar ekan. (65 ta so`z, “Tong yulduzi” gazetasidan).
Mosh haqida Mosh asosan O`zbekiston pazandachiligiga xos, oqsilga boy (diametrik bir santimetrga yetmaydigan mayda) dukkakli ekinlar qatoriga kiradi. Shuning uchun ham moshdan tayyorlangan turli taomlar nihoyatda to`yimli bo`lib, o`zbek oilalari dasturxonidan katta o`rin olgan. Bu o`simlikdan tayyorlangan moshxo`rda, moshqovoq, moshugra kabi suyuq taomlar va moshkichri deb nomlanuvchi quyuq taom ko`p oilalarda sevib tanovul qilinadi. Ayniqsa, jazirama yoz kunlarida kunduzlari qatiq bilan tanovul qilingan sovutilgan moshxo`rda va moshugra kishiga huzur baxsh etadi. ( 69 ta so`z, “O`zbek milliy taomlari” kitobidan).
Donolar bisotidan Agar sening so`zlagan nutqingdan foydali bir narsaning hidi kelib turmasa, bunday so`zni aytmaganing yaxshi. Begonalar orasida kishiga nasihat qila ko`rma, chunki, bunday nasihat ta’nadir. Agar bir kishi qing`irlikka odatlanib qolgan bo`lsa, uni
to`g`ri yo`lga boshlay ko`rma, chunki egri daraxtni chopib tashlamaguncha to`g`ri bo`lmaydi. Kishilarning yaxshi va yomon xislatlarini ko`zdan kechirib yur, ularning foydali va zararli ishlarining natijalarini kuzatib bor, undan keyin o`z manfaatingni talab qil. (65 ta so`z, “Qobusnoma” dan).
Do`stlik, o`rtoqlik, birodarlik fazilatlari asosan maktab davrida
shakllanadi. Bolalar bir sinfda o`qish jarayonida birga o`qish va birga
mehnat qilishga o`rganadilar. Darslarni o`zlashtirishga qiynaladigan
bolalarga a’lochi do`stlari yaqindan ko`mak beradilar. Do`stining
yutuqlaridan xursand bo`ladigan, kamchiligini tuzatishga
ko`maklashadigan insonlargina chinakam do`st hisoblanadi. Do`st
tutinish insonlar uchun eng yaxshi fazilatdir. Kimki kelajagi porloq va
istiqbolli bo`lishni istasa, do`st va o`rtoqlar orttirishi, do`stlikni qadrlashi
kerak. Do`stlikning qudrati hamma narsadan ustun. ( 66 ta so`z
Inson yaxshi tarbiya ko`rmagan va turmushda tajriba orttirmagan bo`lsa, u ko`p narsalarni nazarga ilmaydi va ulardan jirkanadi. Har kimki ilm-hikmatni desa, uni yoshligidan boshlasin, sog`-salomatligi yaxshi bo`lsin, yaxshi axloq va odobli bo`lsin, so`zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlansin, xiyonat, makr va xiyladan uzoq bo`lsin, diyonatli bo`lsin, barcha qonun-qoidalarni bilsin, bilimdon va notiq bo`lsin, ilmli va dono kishilarni hurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol-dunyosini ayamasin, barcha real, moddiy narsalar to`g`risida bilimni egallasin. Odamlarga nisbatan ularni birlashtiruvchi boshlang`ich asos insoniylikdir, shuning uchun ham, odamlar insoniyat turkumiga kirganliklari tufayli o`zaro tinchlikda yashamoqlari lozim.
Baxtga erishish maqsadida o`zaro yordam bergan xalq- fazilatli xalqdir. Shu tartibda barcha xalqlar baxtga erishish uchun bir-birlariga yordam bersalar,butun yer yuzi fazilatli bo`ladi. ( “Fozil odamlar shahri” kitobidan).
Aqlli odam Bir donishmanddan so`radilar: -Dunyoda inson uchun eng yaxshi narsa nima-yu, eng yomon narsa nima? Donishmand javob berdi: -Dunyoda inson uchun eng yaxshi narsa go`zal axloq, tarbiya, sa’y-g`ayrat bo`lib, shu go`zal xislatlar bilan nom chiqarishdir. O`limdan ham battar yomon narsa esa tarbiyasizlik va yalqovlik bilan shuhrat qozonishdir. Yana so`radilar: -Eng aqlli odam kim? -Ko`p narsani bilib, kam so`zlagan, o`z bilimiga mag`rur bo`lib, bilimdonlik qilmagan odam aqlli hisoblanadi. ( 70 ta so`z, “Donishmandlar odob-axloq to`g`risida” kitobidan).
Iboralar Alamini olmoq, arpasini kim xom o`ribdi, baloga qolmoq, belni bog`lamoq, boshi ko`kka yetdi, burni ko`tarilgan, gapi bir joydan chiqdi, gah desa qo`liga qo`nadi, do`ppisini osmonga otmoq, yog` tushsa yalagudek, joni halqumiga keldi, ilonning yog`ini yalagan, kalavaning uchini topdi, kapalagi uchdi, ko`zi to`rt bo`ldi, ko`kka ko`tarmoq, lafzi halol, lom-mim demadi, mazasi qochdi, misi chiqdi, mum tishlab qoldi, oyog`ini qo`liga olib keldi, oralaridan qil o`tmaydi, og`zi qulog`iga yetdi, oq-qorani tanidi, terisiga sig`may ketdi, tili bir qarich, tilidan bol tomadi, tilining uchida, tirnoq ostidan kir qidirmoq, tishining kavagida saqlamoq, toqatlari toq bo`ldi, xo`rligi keldi, chehrasi ochildi, esi chiqib ketdi, yulduzni benarvon uradi, qo`y og`zidan cho`p olmagan, qo`l kaltalik qildi, hafsalasi pir bo`ldi.
8-SINF UCHUN DIKTANT MATNI
Bahor keldi Nihoyat… Qishning zax kunjaklarini, rutubatli kunlarini ortga surib bahor keldi. Olamning bahori, yurtning bahori, millatning bahori, qalbning bahori va yana… Ayolning bahori. Dunyo bir entikdi, ko`ksini to`ldirib nafas oldi. Fevralning boshlaridanoq oppoq qor isidan bahorni tuygan bodom gullari chamandek gullab yubordi. Inson nega mudom bahorga intizor? Ahli olam nega uni ota-onasini, yorini, farzandini, do`stini kutayotgandek kutadi. Nega bir nafas samoda charx urayotgan qoraqosh qaldirg`ochlarga, bo`tana suvlarga aylangisi, kurtaklar kabi bo`rtgisi keladi. ( 72 ta so`z, “Sharq yulduzi” jurnalidan).
Navro`z Navro`z Sharq xalqlari orasida bir necha ming yillardan buyon yashab kelmoqda. Uzoq qishdan so`ng ko`kda quyoshning yuz ko`rsatishishi, qirda maysa-giyohlarning nish urib chiqishi xalqimiz uchun haqiqiy shodiyonaga aylangan. Nega deganda, o`tgan yilgi yig`ilgan g`alla ham, oziq-ovqatlar ham sob bo`lay degan, ilikuzdi paytlarda yana Ona tabiatning o`zi mehr-muruvvat ko`rsatib, yorug` kunlardan darak bergan. Shu kunlargacha eson-omon yetib kelishgan qariyalarning ham tomirlarida qaytadan g`ayrat jo`sh urgan. Nav- yangi, ro`z-kun; ya’ni yangi kun deb atalishi ham bejiz emas. ( 80 ta so`z, M. Sattor “O`zbek udumlari” kitobidan).
Qo`noq Qo`noq so`zi turkiy xalqlarda mehmon ma`nosini berib, qo`noq tushush- mehmon qabul qilish odatiga rioya qilinadi. Qo`noq odati turli viloyatlarda ‘qo`noq”, “qo`nuq”, “qo`shxona” tarzida ham aytilib kelinadi. Bu udum ko`proq to`y va mehmondorchilik odatlari bilan hamkorlikda, birgalikda o`tkaziladi. Odatda shahar- qishloqlarda to`y bo`lganda, uzoq-yaqindan mehmonlar keladi. Ular ko`pchilik bo`lganligi tufayli “to`y ko`pchilik bilan” aqidasiga riyoya qilgan xalqimiz barcha tashrif buyurgan kishilarni kutib-kuzatishadi. Bu o`rinda qishloqlarda to`y egasidan tashqari yana o`nlab xonadonlar mehmonlarga quchoq ochadi. ( 75 ta so`z, M. Sattor “O`zbek udumlari” kitobidan).
Navro`z Mustaqil O`zbekistonimizda xalqning qadimiy qadriyatlari tiklanganligi tufayli Navro`z bayrami keng nishonlana boshladi. Bu bayram mehr-muruvvat, do`stlik, totuvlik bayrami bo`lganligi sababli u baynalmilal bayrami hamdir. Navro`zni respublikamizda yashovchi barcha xalqlar nishonlaydi. Navro`z umumxalq bayrami bo`lganligi uchun hamma ko`ch va maydonlarni tozalab, daraxtlarni oqlab, shirin taomlar pishirib, unga tayyorgarlik ko`radi. Bu bayram mehr-muruvvat bayrami bo`lganligi uchun qariyalar, etib-esarlar va bemorlardan xabar olinadi, ularga sovg`alar beriladi. Navro`zda sho`x-shodon qo`shiq yangraydi, o`yin-kulgi va xursandchilik hukm suradi. (77 ta so`z, “Ma’rifat” gazetasidan).
Tilini asragan dinini asraydi
Alloh taolo innsonlarga bergan son-sanoqsiz ne’matlar ichida tilning ahamiyati beqiyosdir. Til insonning jisman kichik, ammo mas’uliyat va vazifa jihatdan e’tiborga molik a’zosidir. Shuning uchun ham tilni faqat yaxshi, savobli so`zlarga ishlatish va yomon so`zlashga odatlanib qolishidan saqlash zarur. Dinimizning tilga e’tibor berishga undashi, uni befoyda va gunoh so`zlashdan qaytarishining boisi shundaki, til qalbga yaqin yerda joylashgan. Shuningdek, til qalbning tarjimoni hisoblanadi. Qalb esa imon maskanidir. Demak, insonning imoni qanchalik baquvvat, qalbi qanchalik sof bo`lsa, uning tilidan faqat hikmatli, shirin so`zlar chiqadi. ( 82 ta so`z, “Hidoyat” jurnalidan).
Evropalik bir odam uyi yonida chiroyli maysazor barpo qilibdi. U yerdagi maysalar qishin-yozin yam-yashil bo`lib turar ekan. Bir yili bahor kelishi bilan maysazordan qoqigullar o`sib chiqib, o`tloq sap-sariq gullarga to`libdi. Bir necha kundan keyin esa maysazor oppoq momoqaymoqlarga burkanibdi. Bu o`zgarish maysazor egasiga yoqmabdi. U qoqigullarni yulib tashlabdi, lekin ular yana o`sib chiqaveribdi. Maysazor egasi ulardan qutilish uchun o`zi bilgan hamma usullarni qo`llab ko`ribdi, ammo foydasi bo`lmabdi. Xatga: “Sizga qoqigullarni sevib qolishni maslahat beramiz”, deb yozilgan ekan. (80 ta so`z, “Ma’rifat gulshani” gazetasidan).
Navro`z- xalqimizning katta bayrami. Bu bayram qadim-qadimdam beri nishonlanib kelinganidan, bolalik chog`larimizda bu bayramga katta tayyorgarlik ko`rardik. Hamma sandalni tark etib, hovli ichini tartibga solardi, tozalardi. Bolalar ham yumushlarni bajarishda kattalarga yordam berardi. Kechqurunlari butun qishloq uzra xushbo`y ko`k somsa hidi taralardi. Noz-ne]matlar tayyor bo`lgach, oila a’zolari dasturxon atrofiga yig`ilardi. Hech kim dasturxondan chetda qolmasligi kerak edi. Agar kimdir kelmasa, o`sha odam, irimga ko`ra, baxtsizlikka uchrashi mumkinligi tufayli, qayerda bo`lsa ham etib kelishi kerak edi. (77 ta so`z, Yo`ldosh Muqimovdan).
Hosil yig`im-terimida Kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o`tgach, biz- bir guruh shaharlik talabalarni qishloqqa, dehqonlarga yordamga yuborishdi. Biz u yerlik dehqonlarga kuzgi hosilni yig`ishda yordam berdik. Biz asosan bodring va pomidor terdik. Bu sabzavotlar nozik bo`lgani uchun ularni mashinada terib bo`lmas ekan. Aqliy mehnatdan keyin bunday jismoniy ish bizga yoqib tushdi. Tonggi shabada, kuzgi oftobning mayin nurlari, tushki ovqat paytidagi hazil- mutoyibalar, tungi o`yin-kulgilar- bular hammasi ajoyib edi. Biz u yerda bir-birimiz bilan do`stlashib ham oldik. (74 ta so`z).
Ona mehri Ona. Mehri quyoshlarga teng ona. O‘z shafqati, niri bilan bolaga qalb bergan, sevgi baxsh etgan―ona! Uning inoyat qilgan yuragi va muhabbati eng avval, onaning o‘ziga qaratilib, bola uni sevdi, ardoqladi. Tunlari bedor: shirin uyqusini buzib, bolasiga halovat beradigan yoqimli allasi bilan ona farzandiga ruhiy lazzat bulog‘ini ochadi. Bola she’riyat va qo‘shiqqa umrbod maftun bo‘ladi. Bolasini ko‘zimning nuri, dilimning sururi, deydi. Uni yer-u ko‘kka ishonmay, ko‘proq uxlab qolsa, xavotirlanadi, qattiqroq yig‘lasa, vahimaga tushadi. ( 73 ta so`z).
Qorli tog` Yakshanba kuni sinfimiz o`quvchilari bilan birgalikda Chimyon tog`iga bordik. Kun sovuq edi. Qalin qor yog`gan. Tog` cho`qqisini oppoq qor va bulutlar qoplagan. Tog` etagida bolalar va katta yoshdagi kishilar chana uchishardi. Ular biz bilan salomlashishdi. Yigit va qizlar tog` cho`qqisi tomon ketishdi.
Jamshid, Sarvar va Ravshan tog` manzaralarining rasmini chizishdi. Javlon va Salim qorbobo yasashdi. Qizlar esa ularga yordamlashdi. Biz maza qilib dam oldik. Safarimiz so`ngida hamma bolalar estalik uchun suratga tushishdi. ( 72 ta so`z).
Abu Rayhon Beruniy O`zining ensiklopedik bilimi va qoldirgan nihoyatda boy ilmiy merosi bilan afsonaga aylangan buyuk ajdodlarimizdan yana biri Abu Rayhon Beruniydir. U Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shahrida tug`ilgan. Beruniy tomonidan yaratilgan asarlar astronomiya, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, geografiya, arifmetika, tibbiyot, farmokologiya, tarix, filologiya kabi nihoyatda turli-tuman fanlarga oiddir. Beruniy hatto badiiy ijod bilan ham shug`illangan, she’rlar yozgan. U boshqa qit’alarda hayot borligini tekshirish bilan ham shug`ullangan bo`lib, uning bu sohadagi taxminlari ilmiy yutuqlaridan biri hisoblanadi. (74 ta so`z).
O`lkamizda hosil yig`ib olish kuzda emas, balki yo`z faslining
oxirlaridan boshlanadi. Bobodehqonlarimiz paxta va bug`doy terimi
uchun tinmay harakat qilishlari lozim. Qurigan boshoqlarni erta tongdan
kun qiziguncha olib chiqishi kerak. Paxtakorlarimiz ham dalalardagi
paxtalarni yog`ingarchilik boshlanmasdan avval yig`ib olish uchun bor
mehnatlarini ayamaydilar. O`z oldilariga qo`ygan maqsadlarini
bajarishlari kerak. Nafaqat bug`doy va paxta terimi, balki sholi, poliz
ekinlari, bog`lardagi meva va sabzavot ekinlaridan ham mo`l hosil
Yog`ingarchilik boshlanmasdan avval barcha hosilni yig`ib
Xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish- O`zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir. Ma’naviyat shunday qimmatbaho mevaki, u bizning qadimiy va navqiron xalqimiz qalbida butun Insoniyatning ulkan oilasida o`z mustaqilligini tushunib yetish va ozodlikni sevish tuyg`usi bilan birgalikda yetilgan. Ma’naviyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o`giti bilan birga singadi. Ona tilining buyuk ahamiyati shundaki, u ma’naviyat belgisi sifatida kishilarni yaqin qilib, jipslashtiradi. Tabiatga yaqinlik, jonajon o`lkaning benihoya go`zalligidan bahramand bo`lish ma’naviyatga oziq beradi, kuchaytiradi. ( 75 ta so`z, “O`quvchi ma’naviyatini shakllantirish” kitobidan).
Ma’naviyat chashmasi Ma’naviyat insonga havodek, suvdek zarur. Sahrodagi sayyoh har doim buloqdan chanqog`ini bosadi. Xuddi shuningdek, inson ham necha-necha azoblar va qiyinchiliklar bilan ma’naviyat chashmasini izlaydi. Yer, oila, ota-ona, bolalar, qarindosh-urug`lar, qo`ni-qo`shnilar, xalq, mustaqil davlatimizga sadoqat, insonlarga hurmat, ishonch, xotira, bijdon, erkinlik- ma’naviyatning ma’nosi ana shunday juda keng. Inson uni Inson darajasiga ko`taradigan asoslarning asosini o`z aqli bilan tom ma’noda qamray olmaydi. Inson o`zini xalqining bir zarrasi deb sezgandagina, u haqda o`ylab, mehnat qilib yashagandagina ma’naviyat bilan tutashadi. ( 80 ta so`z, “O`quvchi ma’naviyatini shakllantirish” kitobidan).
Vatan Vatan- keng va ko`p miqyosli tushuncha. Vatan octanadan boshlanadi. Vatan sen yashab kelayotgan, ulg`yayotgan uy, ota-onang, aka-uka, opa-singillaring, hovlidagi daraxtlar, har kuni non yopiladigan tandir. Vatan- katta-kichik to`yga keladigan, azada jamlanadigan, chollari guzarda gurunglashadigan, machitlaridan azon eshitiladigan qadrdon mahalla. Vatan- paxta rejasi sal ilgariroq bajarilsa, boshing osmonga yetadigan viloyat. Vatan- tuprog`idan oltin unuvchi, tog`larining boshi ko`kka yetgan, bog`-bo`stonga to`la O`zbekiston.
Vatan- biz yashab turgan kurrai zamin. Besh barmoq bir bo`lsa musht bo`ladi. Kim g`araz va adovat bilan tajovuz qilsa, ta’zirini berishadi. ( 80 ta so`z).
1.Daraxt ildizi bilan kuchli,….. (Odam- do`stlari bilan). 2.Daraxt yaprog`i bilan ko`rkam,…..(Odam- mehnati bilan). 3.Olim bo`lsang……..(olam seniki). 4.Vatani borning baxti bor…….(Mehnati borning-taxti). 5.Otangni quyosh bilsang,…….(onangni oy bil). 6.Do`sting ming bo`lsa ham oz,….(Dushmaning bir bo`lsa ham-ko`p). 7.Nonsiz yashab bo`lmas,….(gapni oshab bo`lmas). 8.Salomatlik……(tuman boylik). 9.Hurmat qilsang……(hurmat topasan). 10.Avval o`yla……(keyin so`yla). 11.Til tig`dan……(o`tkir). 12.Tilning yomoni…..(boshga balo). 13.Yaxshi so`z jon ozig`i,……(yomon so`z bosh qozig`i). 14.Dangasaga ish buyursang,…..(senga aql o`rgatadi). 15.Ayrilganni ayiq yer,…..(Bo`linganni bo`ri yer). 16.O`n marta eshitgandan,….(bir marta ko`rgan afzal). 17.Kengashganga keng dunyo,…(Talashganga tor dunyo). 18.Mard bir marta o`lar,….(nomard yuz marta o`lar). 19.Izzat tilasang ko`p de,….(sihat tilasang kam de). 20.Bilagi zo`r birni yiqar,……(bilimi zo`r mingni). 21.Vaqting ketdi,….(baxting ketdi). 22.Otalar so`zi,….(aqlning ko`zi). 23.Kattaga hurmatda……(kichikka izzatda). 24.Tili shirinning…….( do`sti ko`p). 25.Til beruvchi bo`lma……(til oluvchi bo`l). 26.Tilingda bo`lsa boling,……(kulib turar iqboling). 27.Tilinga ixtiyot bo`l,…..(tishing sinmasin). 28.Kam so`zla……(ko`p tingla). 29.Mehnat-……(mehnatning tagi rohat). 30.Bilimdan ortiq…..(boylik yo`q). 31.Ko`p o`qigan o`zadi,…..(o`qimagan to`zadi). 32.Eshik ochiq bo`lsa ……..(ham so`rab kir). 33.Gap bilan shoshma…..(ish bilan shosh). 34.Bilim…….(xazina).
36.Xato qildingmi,…….(kulib qo`y). 37.O`zgalar aybini ko`rishga zo`rsan, lekin o`z aybingni ….(bilmaysan, ko`rsan).
9-SINF UCHUN DIKTANT MATNI
Yangi hovli Oila-xonadon boshpana bilan tirik. Boshpanalik bo`lish esa hamma zamonlarda ham oson bo`lmagan. O`zbek xonadonlari azaldan serfarzand, katta ro`zg`or bo`lib kelishgan. Bo`y yetgan qizlar uzatilgan. Voyaga yetgan o`spirinlar uylantirilgan. O`g`il bolaning yo`li boshqa. O`g`il tug`ilishi oilaning baxti, shon-shavkati sanalgan. Zuryod davomchisi, vatan egasi, himoyachisi, oila qo`rg`onining darg`asi. O`g`il tug`ilishi bilan tadbirkor otalar, bobolarning maslahati bilan tomorqa hovliga 100-200 ta terak ekishgan. Bu teraklar to bola ulg`ayib uylanadigan bo`lguncha yangi imoratga xomashyo sifatida voyaga yetgan. Yangi uyga ko`chib kirishda bir qator urf-odatlar, hatto irimlarga o`zbek xalqi hamon amal qilib keladi. ( 90 ta so`z, M. Sattor “O`zbek udumlari” kitobidan).
To`y Siz karnay-surnaylar ovozi, nog`oraning taqa-tumini uzoqdan eshitgan zahotingizdayoq to`y bo`layapti, deya yugurasiz. Ha, to`yning belgisi, xabarchisi-karnay-surnay, nog`oralar va Siz. To`y o`z nomi bilan- yaqin do`st-yor, qarindosh-urug` diydoriga, shirin taomlarga, yaxshi kuy va qo`shiqqa, kurashu ko`pkari tomoshasiga, bayram shodiyonalariga, kulgi va quvonchga to`yishdir. Bizning o`zbek xalqi O`rta Osiyo mintaqasidadi boshqa qardosh xalqlar singari juda qadim zamonlardan buyon to`y qilib, elga osh berib kelgan. To`ylar odatda, kichik bayramlardek o`tkazilgan. To`yning ham turlari ancha-muncha. Beshik to`yi, xatna- sunnat to`yi, nikoh to`yi, hovli to`yi, yosh sanalari bilan bog`liq to`ylar va hokazolar. ( 94 ta so`z, M. Sattor “O`zbek udumlari” kitobidan).
Yaxshi niyat Yaxshi niyat- yarim davlat, deydi xalqimiz. Tilak bildirish, yaxshi niyat, duoyu olqishlar- bu ham o`zbek xalqining eng qadimiy udumlaridan biridir. Inson hayotining barcha fasllarida, turli yoshlarda, turli munosabatlar bilan, turmushning barcha chorrahalarida bir- biriga tilak bildiradi, yaxshi niyat qiladi. Bola tug`ilganda farzand, zuryod muborak bo`lsin qilinib, umriyu rizqi, ota-onasi, boboyu buvisi bilan bergan bo`lsin, deyiladi. Bu ixcham tilakning mazmunida katta hikmat bor. Bolaki tug`ilibdimi, avvalo uning umri uzun bo`lsin, rizqi nasibasi mo`l bo`lsin, ota-onasi tarbiya berib, oq
yuvib, oq tarab, uzoqqa mo`ljallangan tilaklar birgina shu ibora hikmatda o`z jamuljamini topgan. ( 92 ta so`z, M. Sattor “O`zbek udumlari” kitobidan).
Farzand haqida Farzand- avlod davomchisi. Ota-onaning farzandga tarbiyasi uning mehrida namoyon bo`ladi. Tarbiyali farzand oila sha’ni, jamiyat obpo`si, vatan himoyachisidir. Ota-ona farzandiga nima bersa, farzand ham shuni qaytaradi. Tarbiya ko`rgan farzand o`z hayotidan mamnun holda ota-onasiga mehr ko`rgazadi. Tarbiyasiz farzand ota-ona dardi,jamiyat zararkunandasi, vatanda vatansiz kimsadir. Har bir farzandning burchi: ota-onaga mehribonlik, sodiqlik, oqibatlilik, doimo ularning xizmatlarida bo`lish, nasihatlariga amal qilib, hurmatlarini joyiga qo`yish, vatan oldida mardlik, matonat, qahramonlik, xalqiga hurmat, himoyasiga hamisha shay va sadoqat ila xizmat qilishdir. Iymonli farzand saodatli yo`lda sobitqadamdir. (88 ta so`z, “Nursafardiyya- tafakkur tarbiyasi” kitobidan).
Do`st tanlash haqida Do`st- ko`ngil malhami. Chin do`st boshga kulfat tushganda hamisha hoziru nazir. Do’st tanlashda kishi, avvalambor, o`zi tarbiya topgan bo`lib, tanlanadigan do`stga munosib bo`lmog`i lozim. Mabodo xulqingiz yomon bo’lsayu, yaxshi odamga havas qilib,u bilan do`st tutinmoqchi bo`lsangiz, tabiiyki, tanlaganingiz sizni rad etadi. Birinchi do`stlikni o`zingizdan boshlang. Ya’ni o`zingiz o`zingizga do`stsiz. Avvalo, aqlni charxlab, ruhiyatni poklang, odob-axloq qoidalariga, intizomga rioya eting. So`ngra sizning do`st tanlash vaqtingiz keladi. Siz tanlaydigan do`stni o`z xulqingizdan kelib chiqqan holda saralaysiz. Ya’ni do`stingizning ruhiyati pok bo`lib, u ham odob-axloq qoidalariga, intizomga rioya etuvchi bo`lishi kerak. (91 so`z, “Nursafardiyya- tafakkur tarbiyasi” kitobidan).
Obod yurt istiqboli Xalqimizda “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona”, degan maqol bor. Shuning o`zidan ham ota-bobolarimiz farzandlarning jisman va ma’nan sog`lom bo`lishiga qanchalik e`tibor berganini bilsa bo`ladi. Xadisi shariflarda insonlarning yaxshilari go`zal xulqli va chiroyli muomalali kishilar ekani ta’kidlanadi. Bir o`rinda: “Hech bir ota-ona o`z farzandiga go`zal odobdan ko`ra yaxshi narsa qoldirmaydi”, deyiladi ( Imom Termiziy). Farzand tarbiyasi yaxshi yo`lga qo`yilgan yurt ravnaq topadi. Bugun mamlakatimizda yoshlarning ilm olib, hunar o`rganishi uchun
yaratilayotgan sharoitlar ham kelajagimizga qo`yilgan munosib qadamdir. Chunki ertangi kunimiz bilimli, salohiyatli farzandlarimizga bog`liq. ( 85 ta so`z, “Hidoyat” jurnalidan).
Qoraqalpog`iston Qoraqalpog`iston- O`zbekistonning shimoliy-g`arbida joylashgan. Maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrni tashkil etadi. Qoraqalpog`istonda asosan qoraqalpoq va o`zbeklar, shuningdek, qozoq, turkman, rus, tatar, koreys va boshqa millat vakillari yashaydi. Qoraqalpog`istonning barcha suv havzalaridan baliq ovlanadi, ularda baliq xo`jaliklari tashkil etilgan. Qoraqalpog`istonda yuksak o`simliklarning 979 turi uchraydi. Hududi tropik foydali qazilmalardan gaz, gaz kondensati, neft, qurilish va qoplama toshlar, gips va ohaktosh, keramzit, sement, kon- ruda va kon-texnika xom ashyosi qazib olinadi. ( 84 ta so`z, “O`zbekiston milliy ensiklopediyasi” dan).
Ikki dangasa Bobom bir ertak aytib berdilar: -Kunlardan bir kuni Hindistonning eng dangasa kishisini topmoqchi bo`lishibdi. Qidirib-qidirib ikki dangasani zo`rg`a topishibdi. Keyin ulardan qaysi biri ko`proq dangasaligini aniqlamoqchi bo`lishibdi. Ikkalasini bir kulbaga tezgina qamab, ustidan o`t qo`yib yuborishibdi. So`ng ulardan qaysi biri birinchi yugurib chiqar ekan, deb kutib turishibdi. Kulbaga o`t ketib, darhol hammayoq yona boshlaganda bir dangasa ikkinchisiga: – Ko`zimga quyosh nuri qayerdan tushayapti? Kirganimizda uy ichi qorong`i edi, shekilli,-debdi. -Shungayam o`zimni urintirib ko`zimni ochib o`tiramanmi? Quyosh nuri qayerdan tushgani baribir emasmi?-deb erinib ikkinchisi. Dangasalikning oxiri voy, deb shuni aytisharkan. (91 ta so`z).
Qovun sayli O`zbekistonda kuzda, qovun pishgan paytda qovun sayli o`tkaziladi. Bu tadbir qovun ekkan mirishkor dehqonlar tomonidan tashkil etiladi. Sayilni tashkil etayotgan dehqonnikiga keladigan yor-u do`stlar hosil yig`ish va xazanak qilish uchun hasharga taklif etiladi. Sayilga taklif etilganlar uchun mezbon sho`rva va osh tayyorlaydi.
Sayilda ishtirok etayotganlar o`rtasida hosil yig`ish paytida “shirinkoma” (ba’zi joylarda “shirinaki”) o`yini tashkil etiladi. Bunda hamma bittadan qovun yoki tarvuz tanlab, kimniki shirin chiqishi bo`yicha musobaqa o`ynashadi. Musobaqada g`olib chiqqan kishi taqdirlanadi, yutqizgan esa boshqalar buyurgan xizmatni bajarishi kerak bo`ladi. (82 ta so`z).
Aysberg “Aysberg” so`zi o`zbek tilida “Muz tog`i” degan ma’nosini anglatadi. Haqiqatan ham, aysberglar surilib kelib dengizga qulab tushgan muz tog`laridir. Muzlikning boshi ma’lum vaqtgacha dengiz ustida osilib turadi. Uni suv qalqishlari, dengiz oqimlari va shamollar o`yaveradi. Nihoyat, u bo`linib, shaloplab suvga qulaydi. Aysberg chayqalib, ulkan massasining katta qismini suv ostiga yashirgan holda shamol va oqim kuchiga bo`ysunib, uzoq safarga yo`l oladi. Yo`lda asta-sekin eriydi va shu tufayli u ba’zan to`ntariladi. Uzunligi bir- ikki kilometr, kengligi yarim kilometrli mayda va uzunligi bir necha o`n kilometr, balandligi esa yuz metrdan oshadigan aysberglardir. ( 90 ta so`z, “U kim, bu nima” bolalar ensiklopediyasidan).
Buyuk ipak yo`li Buyuk ipak yo`li qadim zamonlardayoq Osiyo qit’asini ko`ndalangiga kesib o`tib, ulkan Sharqni G`arb mamlakatlari bilan bog`lagan. Natijada qit’alararo bu karvon yo`li bo`ylab yashagan xalqlarning o`zaro muloqot va tijoratlari kengayib, iqtisodiy va madaniy hayoti yuksaladi. Bu savdo yo`li uzra yangi-yangi sharahlar paydo bo`ldi, shaharlarda esa hunarmandchilik unib-o`sdi. Ilk o`rta asrlarda xalqaro savdo-sotiqni olib boruvchi va uni boshqaruvchi savdogarlar ahli shuhrat topdi. Afsuski, qadimda turli mamlakatlarni bog`lagan ko`hna savdo yo`lida bino qilingan imorat va inshootlarning ko`pi asrlar davomida vayron bo`lib, bizgacha ulardan yassi tepalar shaklidagi arxeologik yodgorliklargina yetib kelgan. ( 90 ta so`z).
Muallim siymosi Muallim- ustoz siymosini ko`z oldimizda yorqin jonlantiruvchi faqat maqollargina bo`lib qolmay, minglab she’rlar, qo`shiqlar, dostonlaru hikoya va romanlar ham ularning fidoyiligini, olijanob mehnatini madh etadi. Aslida bular ham kamlik qiladi. Negaki, boshqa hamma kasblar biron-bir narsani yaratadi, sayqal beradi, bir holatdan ikkinchi holatga o`tkazib, go`zallik kashf etadi, xullas, turmushimiz uchun yaroqli narsani muhayyo qiladi. Muallimning vazifasi boshqacharoq: u inson yaratadi! Muallim dunyoni o`z aqli, mehnati bilan harakatga keltiruvchi insonni tarbiyalab, voyaga yetkazadi. Yana shuni ham ochiq aytaylik: o`qituvchining ishi eng toza, eng savobli ish hisoblanadi. ( 86 ta so`z).
Ona qirg`ovul Sirdaryo qirg`oqlaridagi kengliklarda qirg`ovul ko`p. Faqat qirg`ovul emas, yovvoyi o`rdaklar, loyhuraklar, turnalar, to`rg`aylar va turli- tuman boshqa qushlar ham ko`p uchraydi. Ular bu yerda yashaydilar, bola qo`yadilar, dalalar ustidan qanot qoqib uchadilar. Bahorda Nilu muborakdan uchgan qaldirg`ochlar, kuzda shimoldan kelayotgan g`ozu turnalar ham bizning Sirdaryomiz bo`yida qo`nib, hordiq chiqarib yana uzoq uchadilar. Saraton quyoshi yerlarni yondirgudek bo`lib qizdirardi. Qoraqumda havo shunday isib ketardiki, hatto nafas olish ham qiyinlashardi. Bunday paytlarda faqat odam emas, jonivorlar, parrandalar ham o`zlarini soyaga olib, halloslab, kechki salqin tushishini kutib yotardilar. ( 85 ta so`z).
Hikmatlar Beshak biling, bu dunyo barcha xalqdin o`taro, Inonmagil molingga, bir kun qo`ldan ketaro, Ota-ona, qarindosh qayon ketti, fikr qil, To`rt oyog`lig’ cho`bin ot bir kun senga yetaro. Dunyo uchun g`am yema, Haqdin o`zgani dema, Kishi molini yema, sirot uzra tutaro.
Ahli ayol, qarindosh- hech kim bo`lmaydur yo`ldosh, Mardona bo`l, g`arib bosh, umring yeldek o`taro. Qul Xoja Ahmad, toat qil, umring bilmam necha yil, Asling bilsang obu gil, yana gilga ketaro!
Salomatlikni asrash Odam bolasining eng zo`r boyligi o`zining tani- jonining salomat bo`lmog`idir. Odam bolasi ushbu zo`r boylikning qadrini ko`p vaqt bilmay o`tkazadir. Tani salomat bo`lmagan odam butun dunyoga hokim bo`lsa-da , ko`ziga ko`rinmas, ozgina ham rohat ko`rmas. Eng ko`p kasalliklar nimadan kelib chiqishi ma’lumdir. Shularni bilib, o`zini ehtiyot qiluvchilar ko`p vaqt salomat kun o`tkazadilar. Shuning uchun kasalliklarga sabab bo`la turgan narsalardan saqlanmoq lozim. Tan qizigan holda sovuq suv ichish, terlagan holda sovuq havoga chiqish, ko`mir isi bor yerda o`tirish yog`li narsalar va go`shtni ko`p yeyish , zararli ichimliklarni iste’mol qilish kasallik keltiruvchi omillar ekanligi ma’lum. ( 91 ta so`z, Rizouddin ibn Faxruddin).
1. Turdiyev B. Yozma nutqni o’stirish yuzasidan praktikum. Toshkent, 1980 y.
2. Dolimov S. Ta’limiy bayon va insho. Toshkent, 1968 y.
3. Zunnunov H., Turdiyev B. Bayonlar to’plami. Toshkent, 1978 y.
4. Madayev O. Inso qanday yoziladi? Toshkent, 1991 y.
5. Mahmud Sattor. O`zbek udumlari. Toshkent, Fan, 1993 y.
6. Niyazmetova T. va boshqalar “Bayonlar to`plami”, Toshkent, 1993 y.
7. Ziyodullayeva, M.,Mamadiyeva M.”Diktantlar to`plami”, Toshkent, 2012 y.
8. Abduraimova M., Ziyodullaeyva G. “Bayonlar to`plami” Toshkent, 2012 y.
1. So`z boshi ——————————————–3-bet. 2. Diktant va uning turlari ————————- 4-bet. 3. 5-sinf uchun diktantlar matni ————————6-bet. 4. 6-sinf uchun diktantlar matni ————————11-bet. 5. 7-sinf uchun diktantlar matni ————————16-bet. 6. 8-sinf uchun diktantlar matni ————————23-bet. 7. 9-sinf uchun diktantlar matni ———————— 30-bet.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati——————38-bet
Boshlang’ich sinf “O’qish” darslarida ertak matnini o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish
Xalq og’zaki ijodi – insoniyatga tengdosh eng qadimiy san’at. O`zbek xalqi ming yillar davomida yaratgan milliy xazinamizning nodir merosi bo`lgan og`zaki badiiy ijodi hamisha inson kamoloti, yurt farovonligi, jamiyat yetukligi borasida ma`naviy ozuqa bo`lib xizmat qiladi. Yillar to’zonidan omon-eson o`tib, avlod-ajdodlardan meros qolgan folklor janrlari ijtimoiy-siyosiy, ta`limiy-tarbiyaviy sohalarda maktab, ma`naviy-ma`rifiy yo`nalishda yo`lboshlovchi vazifasini o`taydi. Xalqning turmush tajribalari, kundalik kuzatishlari natijasida yuzaga kelib, o`z isbotini topgan maqollar, naqllarni hayot maktabi darsligi desak mubolag`a bo`lmaydi.
Xalq og’zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o’qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta’sirchanligi, o’tkirligi, ma’nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertaklarning ko’pchiligida real hayot tasviri sarguzasht elementlar bilan qo’shilib ketadi.
Ertakning o’tkir, maroqli sujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning g’oyaviy yo’nalishi, unda ezgulik kuchining yaxshilikning doimo g’alaba qilishi bolalarni o’ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bir xil so’z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta’sirchanligi, ifoda vositalarining jonliligi, bolalar uchun juda qiziqarliligidir. Ertakda qatnashuvchilar ko’pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bo’lgan yovuz, baxil, ochko’z kishilar timsoli bo’ladi.
Ertakning pedagogik qiymati shundaki, o’quvchilar unda to’g’rilik, halollik g’alaba qilganidan, kambag’al kishilar qiyinchilikdan qutilganidan, ya’ni yaxshilik, ezgulik ro’yobga chiqqanidan va yomonlik, vovuzlik mahkumlikka uchraganidan quvonadilar. Ular hayotda ham doimo shunday bo’lishini istaydilar. Masalan, „Halollik» ertagida (12.30) asosiy fikr kambag’allarga yordam ko’rsatish, o’z mehnati bilan hayot kechirish bo’lib, bu hatto butun xalq istagi ekanligi g’oyasi ilgari surilgan bo‘lsa, „Hiylagarning jazosi» ertagida esa (8.57) soddadilning to’g’riligi hiylagarning makri ustidan g’olib kelishi, xiyonat jazosiz qolmasligi g’oyasi ilgari surilgan. Har ikki ertak ham to’g’riso’zlilikning g’alabasi bilan yakunlanadi. Bunday g’alaba maishiy ertaklardan tashqari, sehrli ertaklarda ham ifodalangan.
Boshlang’ich sinflarda hayvonlar haqidagi ertaklar ko’proq o’qitiladi. „Bo’rining tabib bo’lgani haqida ertak» (A.Obidjon) (8.70), „Ko’zacha bilan tulki»(8.51) kabi ertaklar aniq hayotiy hikoyalar tarzida o’qitiladi va tahlil qilinadi.
Ertak matni ustida ishlashda tanlab o’qish, savollarga javob berish, o’quvchilarning o’zlari ertak mazmuniga oid savollar tuzib, javob berishlari, reja tuzish, qayta hikoyalash, ijodiy davom ettirish, ertak aytish, qahramonlarni grafik tasvirlash kabi ish turlaridan foydalaniladi. Bunday ertaklarda hayvonlarning odatlari tahlil qilinadi, ammo ularni kishilar xarakteriga taqqoslash tavsiya qilinmaydi.
Maktab tajribasidan ma’lumki, kichik yoshdagi o’quvchilar ertakdagi hayvonlar gapirmasligini, tulki va turna bir-birinikiga mehmonga bormasligini yaxshi biladilar, ammo ertaklar dunyosini hayotiy hikoya kabi qabul qiladilar. Ertakni o’qib tahlil qilganda, barcha ishlar matnning mazmunini yaxshi idrok etishga, sujet rivojini, qatnashuvchi personajlarning xatti-harakati, o’zaro munosabatlarini to’g’ri tasavvur etishga yo’naltiriladi. Bunda tanlab o’qish va qayta hikoyalashning ahamiyati katta.
Masalan, „Odobli bo’lish osonmi?» (A. Obidjon) (8.113) ertagining mazmunini o’zlashtirish uchun quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin:
1. Sichqonchaning onasi bilan qilgan suhbatini o’qing. Sichqonchaning „Odobli bo’lish uchun nimalar qilish kerak?» degan savoliga onasi qanday javob qaytarganligini so’zlab bering.
2. Sichqonchaning mushuk bilan uchrashgan holati aks ettirilgan o’rinni topib o’qing. Nima uchun „Shum Baroq» ko’zidagi yovuzlik birdaniga so’nadi?
3. Echki nima uchun Sichqonchani „Kam bo’lma» deb duo qiladi? Shu o’rinni topib o’qing.
Ertakni tahlil qilishning oxirgi bosqichida „Ertakning sizga juda yoqqan joyini topib o’qing», „Nima uchun aynan shu joyi yoqqanini ayting», „Hayotingizda ertakdagi voqealarga o’xshash voqealar bo’lganmi?» kabi savol-topshiriqlar yordamida o’quvchilarning ertak xulosasini tushunishlariga erishiladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari hayvonlar haqidagi ertaklardan tashqari, „Davlat»(4-s.49-b), „Ilm afzal»(4-s.44-b), „Hiylagarning jazosi»(4-s.57-b), „Hunarsiz kishi o’limga yaqin»(4-s.61-b) kabi maishiy ertaklarni ham o’qiydilar. Bunday ertaklarda xalq o’z hayotini hikoya qiladi, shu sababli o’quvchilar ertakni o’qigach, o’tmishdagi xalq hayotini, o’y-fikrlari va orzu-istaklarini bilib oladilar.
Bunday ertaklarni tahlil qilish badiiy hikoya tarzida uyushtiriladi. Bolalar o’qituvchi rahbarligida ertakda qatnashuvchilarning xulq-atvori, ayrim hatti-harakatlarini baholaydilar, ularning bir-birlariga bo’lgan munosabatlarini aytadilar va Shular asosida ayrim obrazlar haqida xulosalar chiqaradilar, ertak rejasini tuzadilar, ertakni rollarga bo’lib o’qiydilar.
„Davlat» ertagi oddiy turmushga tegishli hodisalarni tasvirlovchi ertakdir. Ertakni o’qishga tayyorlash uchun ota-bobolarimiz atrofimizdagi tabiatni, borliqni qanday tasavvur etishlari haqida suhbat o’tkaziladi. Bunday suhbat ertakdagi badiiy obrazlarni, ularning o’zaro munosabatlarini, xulq-atvorlari, xarakterlarini to’g’ri tushunishga yordam beradi. „Davlat» ertagi matni ustida ishlash jarayonida o’quvchilar „Dehqonning xonadoni qanday hayot kechirar ekan?», „Nima uchun Davlat dehqonning xonadonidan ketishni istamaydi?» kabi savollarga javob topish orqali ertak qahramonlarini baholaydilar, ahil va inoq bo’lib, halol mehnat qilish lozim degan xulosaga keladilar.
Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni o’qishgagina etnas, balki uni aytib berishga o’rgatish ham muhimdir. Ertak aytish og’zaki nutqni o’stiradi, bolalar nutqini yangi so’z va iboralar bilan boyitadi.
O’quvchilarni 1-sinfdayoq ertak tilidan erkin foydalanishga o’rgatish uchun ertak bilan birinchi tanishtirishda uni o’qituvchi aytib berishi mumkin.
O’quvchi ertak mazmunini o’zlashtirib olgandan so’ng, uning tili ustida ishlashga alohida ahamiyat qaratiliShi zarur. Ertak mazmunini qayta hikoyalashda, qahramonlarga tavsif berishda o’quvchilarning o’z nutqida til vositalaridan o’rinli foydalanish talab qilinadi. Til vositalaridan foydalanish uchun talab va vaziyat, ehtiyoj yaratish zarur.
Ertak tilida shunday so’z va iboralar borki, ular bolaga o’zgacha ta’sir ko’rsatadi. Masalan, „Yo’lbars, Tulki va Bo’ri» ertagida „Tog’ echkisi siz ulug’imizniki bo’lsin», „Quyon siz podshohimizning ertalabki nonushtangiz bo’lsin», „Kiyik kechqurungi taomingiz, qo’y kunduzgi xo’ragingiz bo’lsin» kabi gaplar tarkibidagi ajratib ko’rsatilgan so’zlarga o’quvchilar diqqati qaratilib, ertakni so’zlab berayotganda ulardan nutqda foydalanishlariga erishish zarur.
Ertaklarda keltirilgan maqollar ustida ishlash, ularda ilgari surilayotgan g’oyalarni bolalar ongiga yetkazish, yod oldirish yo’li bilan bog’lanishli nutqni o’stirish, nutqning ta’sirchanligini oshirish lozim. Masalan, „Rostgo»y bola» ertagida bola o’z rostgo’yligi bilan podshoga ma’qul bo’lganligi hikoya qilingan. Bu ertakning yangi pedagogik texnologiya asosida o‘tish namunasini quyida keltiramiz:
Til tig‘dan o‘tkir ertagi bolalar uchun
O’tmish zamonda bir mamlakatning podshosi qattiq kasal bo‘lib qolibdi. Mashhur tabiblar ham ko‘rib uni tuzata olmabdilar. Nihoyat, bir donishmand chol podsho qoshiga kelib:
— Sher sutini ichsangiz tuzalasiz, — debdi.
Podsho jar chaqirtiribdi. Hech bir joydan biror kimsa: «Sher sutini men olib kelaman», demabdi.
Oradan bir necha kun o‘tgach, podsho saroyiga bir yigit kelib:
— Podshoga sher sutini men keltiraman.— deydi. Podsho:
— Sher sutini keltirsang, bosh-oyoq sarpo va tillalar beraman, — debdi.
Yigit podshodan to‘rt qo‘zi so‘rabdi. Amaldorlar yigitga to‘rt qo‘zini tutqazishibdi. Yigit to‘rt qo‘zi bilan shahardan chiqib ketibdi. Cho‘l yurib, suvsiz aro yo‘l yurib, bir o‘rmonzorga yetibdi. O’rmonning yonida bir dasht bor ekan.
Yigit qo‘zilarini bir joyga qo‘yib, sekin haligi dashtga nazar tashlasa, uzoqda bir ona sher bolalarini emizib issiqda yaslanib yotgan ekan. Yigit ikki qo‘ltig‘ida ikkitadan to‘rtta qo‘zini ko‘tarib o‘rmon oralab sherga yaqinlashibdi.
Yigit avval bir qo‘zini sher tomon yuboribdi. Sher bolalari qo‘zini tutib olib birpasda yeb bitiribdilar. Yigit shu tarzda ikkinchi, uchinchi qo‘zini sher tomon yuboribdi. Sher bolalari ularni ham saranjomlab qo‘yishibdi.
Nihoyat, yigit to‘rtinchi qo‘zini ko‘tarib to‘g‘ri ona sher oldiga boribdi. Ona sher yigitga tashlanmabdi, balki qo‘zilarni yuborayotgan o‘sha yigit ekanligini anglab jim yotibdi. Yigit kelib bemalol sherning sutini sog‘ib olibdi va iziga qaytibdi. Yigit yo‘lda qaytib ketayotganida uning qo‘l, oyoq va ko‘z, tili o‘zaro janjallashibdi.
Quloq: «Men jarchidan eshitdim, shuning uchun yigit bu vazifani bajardi», — desa, ko‘z: «Avval men ko‘rdim, mensiz yigit bu joylarga kela olmas edi», — debdi.
Oyoqlari: «Bizlar yurib-yurib shu joylarga olib keldik, bizlarsiz yigit bir qadam ham ilgari siljimas edi», desa, ko‘llar: «Biz avaylab sher sutini sog‘dik, yigit murod-maqsadiga yetadi», — debdi.
Indamay turgan til: «Ey og‘aynilar, hammamiz bir jon, bir tanmiz, lekin dunyoda mendan o‘tkir narsa yo‘q. Chunki til tig‘dan o‘tkir, xonasi kelsa, tig‘ni ham qaytaradi», — debdi.
Hamma a’zolar o‘zaro janjallashib, talashib, podsho saroyiga yetib kelganini bilmay qolishibdi.
Yigit podsho saroyiga kirib, qo‘lidagi ko‘zachani mahkam ushlagani holda, podsho oldiga yaqinlashganini sezmay qolibdi. Podsho atrofida amaldorlar, tabiblar turgan ekan.
Podsho yigitdan:
— Qanday sut olib kelding? — deb so‘ragan ekan, yigit shoshib qolib:
— Echki suti, — deb yuboribdi. Podsho:
— Jallod! —debdi.
Jallodlar kelib yigitning qo‘l-oyog‘ini bog‘lamoqchi bo‘lganlarida, podshoning dono vaziri:
— To‘xtang, taqsir, bu sahroyi yigit, arkoni davlatni ko‘rmagan, shoshib tili tutilib qoldi. Yana bir so‘rang. Qo‘lidagi ko‘zachada nima olib kelganini aytib bersin, — debdi. Podsho yana so‘rabdi. Shunda yigit, es-hushini yig‘ishtirib olib:
— Taqsir, men sizga sher sutini keltirdim. Ana oling, — debdi.
Vazirlar yigitning qo‘lidan idishni olib, tabiblar tekshirib qarashsa, haqiqatan yigit sher sutini keltirgan ekan. Podsho sher sutini ichib sog‘ayibdi. Yigitning tili so‘zga kirib, boshqa a’zolariga qarab:
— Ey og‘aynilar, ko‘rdingizmi? Yigit shoshib qolib, tili g‘uldirab, yanglishib: «Echki suti», deganida bekorga o‘lib ketar edi. Es-hushini yig‘ishtirib, o‘ylab to‘g‘risini aytgani uchun o‘limdan qoldi. Til tig‘dan o‘tkir deb, bekorga aytmaganlar, — debdi.
В прошлом король страны серьезно заболел. Даже известные врачи не смогли исправить это. Наконец к королю пришел мудрый старец: «Если ты выпьешь львиное молоко, ты выздоровеешь», — сказал он. Король призвал кувшин. Никто ниоткуда не сказал: «Я принесу львиное молоко». Через несколько дней в царский дворец пришел молодой человек и сказал: «Я принесу царю львиное молоко». Царь сказал : «Если ты принесешь львиное молоко, я дам тебе голову, ноги и золото». Молодой человек попросил у царя четырех ягнят. Офицеры поймали на молодом человеке четырех ягнят. Молодой человек вышел из города со своими четырьмя ягнятами. Пройдя через пустыню, пройдя через безводное, он достиг леса. Рядом с лесом была степь. Собрав ягнят, юноша медленно оглядел степь, а вдали лежала в тепле львица и кормила своих детенышей. Молодой человек подошел ко льву через лес, неся на руках от двух до четырех ягнят. Молодой человек сначала послал ягненка ко льву. Львята схватили ягненка и съели его. Таким образом, молодой человек послал второго и третьего ягнят льву. О них позаботились и львята. Наконец юноша взял четвертого ягненка и пошел прямо к львице. Львица не бросилась к юноше, а лежала молча, понимая, что это юноша посылает ягнят. Молодой человек подошел, с легкостью подоил льва и вернулся на тропу. Пока молодой человек шел обратно по дороге, его руки, ноги, глаза и язык спорили друг с другом. Ухо сказало: «Я слышал это от глашатая, так что молодой человек сделал свое дело». Его ноги сказали: «Мы привели его в эти места пешком, и без нас юноша не продвинулся бы ни на шаг вперед». Безмолвный язык сказал: «Братья, мы все одна душа, одно тело, но нет на свете ничего острее, чем я. Ибо язык острее бритвы, и когда придет комната, вернет бритву». Все члены ссорились и ссорились друг с другом, не подозревая, что достигли царского дворца. Молодой человек вошел в царский дворец, крепко сжимая стакан в руке, не подозревая, что приближается к царю. Чиновники и врачи стояли вокруг царя. От молодого короля: — Какое молоко ты принес? Молодой человек поспешно сказал: «Козье молоко». Царь сказал : «Палач!» Он сказал. Когда пришли палачи и попытались связать юноше руки и ноги, мудрый царский министр сказал: Спроси еще раз. Пусть расскажет, что принес в стакане в руке. – снова спросил король. Потом юноша пришел в сознание и сказал: — Таксир, я принес тебе львиное молоко. Возьми, — сказал он. Когда служители взяли чашу из рук юноши и врачи осмотрели ее, оказалось, что юноша действительно принес львиное молоко. Царь выпил львиное молоко и исцелился. Язык молодого человека заговорил и посмотрел на других участников: — Братья, вы видели? Молодой человек умер бы напрасно, если бы он поторопился, пробормотал и по ошибке сказал: «Козье молоко». Он пришел в сознание и был оставлен умирать за то, что думал и говорил правду. Не зря говорят, что язык острее бритвы.
Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin
So‘nggi yuklangan mavzular
Ko‘p o‘qilgan mavzular
Bo‘limlardan birini tanlang
Qiziqarli malumotlar
Boshlang’ich sinf “O’qish” darslarida ertak matnini o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish