Boshlang’ich dasturchi uchun portfolioni qanday tuzish kerak ?
Portfolioga nima qo’shish kerak ?
Aksariyat dasturchilar uchun portfolio bu GitHub hisobi hisoblanadi. Agar siz shaxsiy brend yaratmoqchi bo’lsangiz, boshqa variantlar mavjud: veb-sayt, blog yoki YouTube kanali.
Githubingizda onlayn kurslar yoki darsliklardan faqat bitta loyihani saqlamang. Uni qayta ishlang, o’zingizdan biror narsa qo’shing, lekin asosi va paradigmalar haqida unutmang. README-da nima uchun loyiha yangilanganligini ko’rsating.
Ko’proq ijtimoiy loyihalar ma’qullanadi portfolio uchun.Atrofingizga qarang, odamlar uchun foyda keltiradgan , hayot tarzini osonlashtiradigan loyihar qilishga harakat qiling.
Masalan : Uy qurilishida kerakli materiallar uchun chegirmalar to’playdigan va sotib oluvchi insonlar uchun optimal variantni beradigan dastur.
Aksariyat hollarda bir kishi uchun qiyinroq bo’lgan va qilish uchun ko’p vaqt va tajriba kerak bo’lgan lekin shu bilan birga yangi kam tajribali dasturchilar odatdagidan ko’proq vaqt sarflab bo’lsada qiladigan loyihalar yaxshi portfolio naqshi bo’lib hizmat qiladi.
Shuningdek, rivojlanishdagi shaxsiy tajribalar xalaqit bermaydi. Misol uchun, o’zingizning dasturlash tilingiz yoki freymvorkingiz 🙂 Bu narsa siz haqingizda ko’p narsa aytadi. Sizni bunday narsalar haqida bilimlaringiz chuqur ekanini bildirib turadi. Ish beruvchilar buni chetda qoldirishmaydi hech qachon.
Ochiq kodli loyihalarda ishtirok etish portfolio uchun katta bonus bo’ladi. Siz foydalanadigan yordamchi dasturlar va freymvorklar bilan boshlashingiz mumkin. Albatta, ular orasida yangi boshlovchilar uchun ochiq loyihalar mavjud. Bu nafaqat tajriba, balki foydali insonlar bilan tanishuvni ham olib keladi.
Portfoli sizni ishga kirishingizda qanday yordam berishi mumkin?
Yuqoridagi loyihar va shaxsiy eksperimentlaringiz sizga suhbatga chaqirilishingizga yordam bergani bilan suhbat vaqti texnik mutaxasis sizga sinov topshiriqlari berishi mumkin. Qolaversa sizni Github dagi boshqa repozitoriyalaringizni ham ko’zdan kechirishi mumkin. Shuning uchun barcha loyihalaringizni tartib va e’tibor bilan joylab chiqishingiz maslahat beriladi.
Umumiy Dasturlash
Boshlang’ich dasturchi uchun portfolioni qanday tuzish kerak ?