BOSH REJA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOSH REJA haqida malumot bilib oling.

BOSH REJA, asosiy reja — 1) meʼmorlikda shahar va b. ning kelajakdagi rivojini aks ettiruvchi ilmiy asoslangan loyiha. Aholi yashaydigan manzillar (shahar, qishloq, yoʻldosh shaharcha va b.) da yangi binolar qurish, meʼmoriy obidalarni taʼmirlash, koʻkalamzorlashtirish, koʻcha, maydon, transport yoʻllari, yer osti yoʻllari, kanalizatsiya va b. ni vujudga keltirish kabilar aks etadi. Shahar qurilish ishlari (meʼmorlik, muhandislik, tibbiy, ijtimoiy taraqqiyot darajasi b-n qurish va loyihalash ishlari, aholi oʻsish darajasini hisobga olish) va b. loyihalar Bosh rejaga boʻysundiriladi. Unda shaharning maʼlum yillarda koʻzda tutilgan taraqqiyoti, qayta tiklash ishlari, qurilishlarning muddatlari mujassamlangan boʻladi;

2) sanoat korxonasi Bosh rejasi korxona loyihasining asosiy qismlaridan biri boʻlib, tarkibiga i. ch. binolarini joylashishi, transport aloqalari, hududini obodonlashtirish va b. masalalarni rejalashtirishni uygʻunlikda hal qilish kiradi.

Ensiklopediya.uz
BOSH REJA