BOSH MIYA NERVLARI haqida malumot bilib oling.
BOSH MIYA NERVLARI — bosh miya asosi (pastki yuzasi)dan oldinmakeyin boshlanuvchi 12 juft nerv. Ular bosh miyani tashqi muhit va ichki aʼzolar b-n bogʻlab turadi. I. Hid bil u v nervi — burun boʻshligʻining tepa qismiga tarqalib, hidlarni qabul qiladi; II. Koʻruv nervlari — koʻz soqqasining nurlarni qabul qiluvchi toʻr pardasiga tarqalgan. Koʻzni harakatlantiruvch i (III), gʻaltak (IV) va uzoqlashtiruvchi (VI) nervlar koʻz soqqasining yordamchi muskullariga boradi. V. U ch shoxli nerv yuz, koʻz, burun va ogʻiz boʻshliqlarigatarqaladi. VII. Yuz nervi — yuzdagi mimika (imoishora), jagʻ osti muskullari, burun boʻshligʻi, tanglay va til shilliq pardasini taʼminlaydi. VIII. Vestibulyareshituv nervi ichki quloqda tarmoqlanadi. IX. Tilhalqum (yutqin) nervi — til va halqumda tarmoqlanadi. X. Adashgan (sayyor) nerv — yurakka, nafas va qorin boʻshligʻi aʼzolariga tarqaladi. XI. Qoʻshimcha nerv — yelka va boʻyin muskullariga boradi. XII. Til osti nervi — til va til osti muskullariga tarqaladi. Bosh miya nervlari sezuvchi, xarakatlantiruvchi va aralash boʻladi. I, II, VIII nervlar sezuvchi, IV, VI, VII, XI, XII nervlar harakatlantiruvchi va III, V, IX, X nervlar aralash nervlardir.
Ensiklopediya.uz
BOSH MIYA NERVLARI