BORVODORODLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BORVODORODLAR haqida malumot bilib oling.

BORVODORODLAR, bor gidridlari, boranlar — bornit vodorod bilan hosil qilgan birikmalari; rangsiz, qoʻlansa hidli va juda zaharli moddalar. Molekulasida 2 dan 20 gacha bor atomi boʻlgan Borvodorodlar maʼlum. Xusrav II Parviz saroyida ud chalayotgan Borbad (Firdavsiy «Shohnoma»siga ishlangan miniatyura, 1664-y.) Eng oddiysi — VN3 erkin holda mavjud emas. Borvodorodlar elektrontanqis birikmalardir, yaʼni hamma atomlarni qush elektronli oddiy bogʻlar bilan biriktirish uchun yetarli elektronlari yuq. Quyi Borvodorodlar — diboran V2N6 bilan tetraboran V4N|0 — gaz, pentaboran V5N, bilan geksaboran V5N]0 — suyuqlik, yuqori Borvodorodlar — dekaboran V|0N|4 va b. — qattiq moddalardir. 700° dan yuqori trada Borvodorodlar bor bilan vodorodga ajraladi. Borvodorodlar yonganda boshqa birikmalarga nisbatan koʻproq issikushk beradi, shuning uchun istiqbolli raketa yoqilgʻisi sifatida diqqatga sazovor. Diboran oddiy bor olish va metallarga qoplash uchun ishlatiladi. Baʼzi Borvodorodlardan issiqqa chidamli polimerlar olish mumkin. Borvodorodlarning metalli hosilalari borgidridlar deb ataladi.

Ensiklopediya.uz
BORVODORODLAR