BORUXOVA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BORUXOVA haqida malumot bilib oling.

BORUXOVA Fotima (1916.9.11, Andijon) — xonanda (dramatik soprano), Oʻzbekiston xalq artisti (1950). Moskva konservatoriyasi qoshidagi Uzbek opera studiyasida oʻqigan (1940—42). Uzbek davlat musiqali teatri (1935—39), Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri (193757), Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1957—79) yakkaxoni. Kuchli va baland ovoz sohibasi. Oʻzbek musiqa merosi va kompozitorlar asarlarini badiiy taʼsirchan darajada ijro etgan. Operalardagi asosiy rollari: Oqjunus (Ye. Brusilovskiy, «Er Targʻin»), Zebunniso (S. Vasilenko, M. Ashrafiy, «Boʻron»), Layli (R. Glier, T. Sodiqov, «Layli va Majnun»), Polina (P. Chaykovskiy, «Pikovaya dama»), Folbin A(. Spendiarov, «Olmos»). Repertuaridan «Mehnat axli» (h. Nosirova bilan hamnafaslikda), «Kanalim», «Chaman ichra», «Yolgʻiz» kabi xalq qoʻshiqlari ham oʻrin olgan. 1992-y. dan Isroilda.

Ensiklopediya.uz
BORUXOVA