BOROVSKIY Pyotr Fokich haqida malumot bilib oling.
BOROVSKIY Pyotr Fokich [1863.27.5 (8.6) — 1932. 15.12] — jarroh va parazitolog, Oʻzbekistonda oʻlka patologiyasi asoschilaridan biri; tibbiyot fanlari d-ri (1891), prof. (1920), Mehnat Qahramoni (1927). Toshkent harbiy gospitalida jarroh va bakteriologik lab. boshligʻi (1892—1910), Qizil Yarim oy jamiyati kasalxonasida jarrox. (1910—20), 1920-y. dan umrining oxirigacha Oʻrta Osiyo davlat un-ti tibbiyot f-ti jarrohlik kafedrasining mudiri boʻlgan. Tibbiyot fani tarixida birinchi boʻlib (1898) yomon jarohat (leyshmanioz) mikrobini topgan. Qovuqqa chok solish (tikish)ning yangi usulini taklif qilgan.
Ensiklopediya.uz
Borovskiy Pyotr Fokich