BORLASH haqida malumot bilib oling.
BORLASH — poʻlat yoki boshqa metalldan tayerlangan buyumlar sirtini bor bilan toʻyintirish. Borlash natijasida buyum sirti qattiqlashadi, issiqqa va yeyilishga chidamliligi oshadi. Detalni suyuqlantirilgan bura (Na2B4O7) ga botirib, elektroliz usulida (detalkatod, grafit—anod) Borlash usuli koʻproq qoʻllaniladi. Detal suyuq burada 6—8 soat saqlangach (930° da), uning 0,15 — 0,25 mm sirtqi qatlami borga toʻyinadi. Baʼzan, buraga bor karbid (30 — 40%) yoki kremniy karbid (30%) qoʻshiladi. Borlash vakuum pechda yoki gaz muhitida ham oʻtkazilishi mumkin. Borlangan detallar maxsus usulda toblanadi. Borlash usuli nasoslarning vtulkalari, shtamplar, pressqoliplar, roliklar va b. tayyorlashda qoʻllaniladi.
Ensiklopediya.uz
BORLASH