BORISOV Oleg Matveyevich haqida malumot bilib oling.
BORISOV Oleg Matveyevich (1929, Mordva Respublikasi — 1988. 31. 10, Toshkent) — geolog olim. Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1984), geol. mineralogiya fanlari d-ri (1970). Oʻrta Osiyo davlat un-ti geol. f-tini bitirgan (1953). Oʻzbekiston FA geologiya va geofizika in-tida katta ilmiy xodim (1956—70), lab. mudiri (197086), Oʻzbekiston FA seysmologiya in-ti direktori (1986— 88). Asosiy ilmiy ishlari regional geol. va magmatizmga bagʻishlangan. Oʻzbekistonning tektonik xaritasi va Oʻrta Osiyoning paleozoy davri jinslarigacha boʻlgan pastki qatlami tuzilishining dastlabki sxemasini tuziщda qatnashgan.
Ensiklopediya.uz
BORISOV Oleg Matveyevich