BORIDLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BORIDLAR haqida malumot bilib oling.

BORIDLAR — borning metallar bilan birikmasi. Boridlar metall t-rasi koʻtarilishi b-n elektr qarshiligi ortishi, elektr va issiqni yaxshi oʻtkazishi, metallga oʻxshab yaltirashi va metallmas (yarimoʻtkazgichlik xossasi) moddalarga xos fizik xossalari bilan boshqa birikmalardan farq qiladi. Titan, sirkoniy, gafniy, vanadiy, niobiy, tantal, xrom, molibden, volfram kabi yuqori trada eriydigan metallarning hamda kalsiy, stronsiy, bariy kabi ishqoriy metallarning Boridlari maʼlum. Rux, kadmiy, oltin, kumush, simob, galiy, indiy, talliy, qoʻrgʻoshin, qalayi Boridlar hosil qilmaydi. Boridlar bir necha usulda olinadi. Kimyoviy barqarorligi, asosan, Boridlar panjaralaridagi borbor bogʻlanish kuchlari bilan belgilanadi. Geksaboridlar (MeV6) va dodekaboridlar (MeV,2) kimyoviy jihatdan eng barqaror Boridlar hisoblanadi. Koʻpgina Boridlar kislotaga chidamli, mas, TaV2 ga hatto qaynaydigan zar suvi ham taʼsir qilmaydi. Boridlar oʻta qattiq (mikroqattiqligi 20—30 Gn/ m2), uzilishga mustahkamligi (380 Mn/m2), olovbardoshligi yuqori. Boridlar radioelektronika, yadro texnikasi, metallurgiya, mashinasozlik va asbobsozlikda ishlatiladi. Ulardan reaktiv dvigatel detallari, gaz turbina parraklari yasaladi.

Ensiklopediya.uz
BORIDLAR