Bo‘ri bilan mushuk

Bo‘ri bilan mushuk

Bo‘ri bilan mushuk

DO`STLARGA ULASHING:

O‘rmondan qishloqqa halloslab chopib
Kirib keldi bir kun ochofat Bo‘ri.
Mehmon bo‘lib emas — bir panoh topib —
O‘zin qutqarmasa — quriydi sho‘ri.
Orqadan ovchilar tozi quvdirib
Bo‘rining jonini olishdi rosa.
Koshkiydi bironta eshikka kirnb
Ko‘zdan yashirinib jonin saqlasa.
Ammo darvozalar barisi qulfloq,
Bo‘rivoy har tomon alanglab shu choq —
Ko‘zi tushdi devor uzra Mushukka,
Boshladi shu zamon yalinishlikka:
“Mushukjon, jon do‘stim, ayta qol tezroq,
Bunda deqqonlardan kim rahmdilroq?
Hu, quvib kelyapti ko‘p ovchi, tozi,
Meni dushmanlardan yashirsin hozir”.
“Unday bo‘lsa, tezroq Stepanga chop,
Ko‘p rahmdil odam”,- der Mushuk shu top.
“Yo‘q-e, chang solganman uning qo‘yiga”.
“Balki Dem’yan qo‘yar seni uyiga?”
Qo‘rqamanki, qasdin olar u mendan,
Tortib ketgan edim echkisin zimdan».
“Trofimga bor-chi?”- “Xudo saqlasin,
Bahorda yegandim uning to‘qlisin».
“Ahvoling chatoq-ku… Ehtimol, Klim…”
“Ox, do‘stim, buzog’in qilganman tilim…”
“Uh-ho‘, ishing besh-ku, qara-ya, quda —
Sen butun qishloqni tullabsan juda.
Meni yashirsin, deb chekma ohu voh,
Bunda topolmaysan o‘zingga panoh.
Barcha harakating ketar behuda.
O‘zingning qilmishing — o‘zingdan ko‘rgin,
Nima ekkan bo‘lsang — o‘shani o‘rgin”.

Krilov I.A

Bo‘ri bilan mushuk