BORBAD haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BORBAD haqida malumot bilib oling.

BORBAD, Barbad, Pahlabod, Faxliz Marviy (taxm. 585, Niso — 628/38, Marv) — atok^i sozanda, xonanda, shoir va bastakor. Dastlab ijro va ijod sirlarini oʻz otasidan oʻrgangan, Marvga koʻchib, bu yerdagi mashhur ustozlarga shogird tushgan. Keyinchalik (618—28) Sosoniylar davlati shohi Xusrav [I Parviz saroyi (Ktesifon) da xizmat qilgan. Manbalarda Borbad ayniqsa turkumli (xususan, sosoniylar tomonidan davlat dini maqomiga koʻtarilgan Zardushtiylik marosimlari bilan bogʻliq boʻlgan), muayyan tizimdagi asarlarga mehr qoʻyganligi taʼkidlanadi.

Abu Nasr Forobiyning «Kitob ulmusiqo alkabir» («Musiqa haqida katta kitob»), Abu Abdulloh alXorazmiyning «Mafotih alulum» («Ilmlar kaliti»), Muhammad Nishopuriyning «Risolai dar ilmi musiqiy», Abdulqodir Marogʻiyning M«aqosid alalhon» («Kuylarning kelib chiqish oʻrni») singari risolalarda Borbad yaratgan mashhur 7 qismli «Xusravoniy» turkumi, shuningdek «Doston» deya nomlangan kuy va qoʻshiqlar taʼriflanadi, ijodiy jarayoni tahlil etiladi.

AlJohiz (775818), Abulfaraj Isfahoniy (897967), Abumansur Saʼolibiy (9611038) kabi mualliflarning ilmiy badiiy asar (har xil tazkira va majmua) lari B. ijodiga mansub 360 ta qoʻshiq, 30 ta cholgʻu kuylari hamda 7 ta «Xusravoniy» — Sharqda keng tarqalgan fazoviy tafakkur inʼikosi, yaʼni qamariy yilning 360, oyning 30 va haftaning 7 kunlari bilan bogʻliq boʻlganligini taʼkidlaydi.

Abulqosim Firdavsiy «Shohnoma» si, Nizomiy Ganjaviy «Xusrav va Shirin» i, Amir Xusrav Dehlaviy «Shirin va Xusrav»i, shuningdek keyingi davrlarga oid qator badiiy asarlarda Borbadning issiqnafas hofiz, mohir sozanda, badihagoʻy bastakor ekanligi ifodalangan. B. Oʻrta Sharqda mumtoz musiqa sanʼatining ilk professional namoyanlasi darajasiga kutarilgan va aynan shu soha asoschisi sifatida tarixdan urin olgan. 1990-y. Dushanbada Borbad tavalludining 1400-yilligiga bagʻishlagan Xalqaro musiqa anjumani boʻlib oʻtdi, Borbad nomidagi Xalqaro musiqa jamgʻarmasi tashkil etilgan, har 5 y. da hofiz, sozanda va musiqashunoslarga beriladigan Borbad nomidagi mukofot taʼsis etilgan.

Ad.: Firdavsiy, Shohnoma, III kitob. Hofiz Borbad qissasi (J. Jabborov tarjimasi). T., 1977; Borbad, epoxa i traditsii kulturы, (Sb. statey), Dushanbe, 1989.

Ensiklopediya.uz
BORBAD