
BORAT KISLOTA haqida malumot bilib oling.
BORAT KISLOTA, ortoborat kislota, HjBOj — kuchsiz anorganik kislota, rangeiz yaproqchalar shaklidagi oq kristall. Zichligi 1460 kg/m3. Suvda oddiy trada kam, qizitilganda yaxshiroq eriydi. Spirt va b. organik moddalarda ham eriydi. 107,5ʻ da qizdirib suvsizlantirilganida metaborat kislota NVO2, 160* da bor oksid V2O3 hosil boʻladi. Tabiatda issiq suvlar tarkibida erigan holda uchraydi. Bufer sistemalar tayyorlashda ishlatiladi. Shisha sanoatida, emallar tayyorlashda va tibbiyotda qoʻllaniladi.
Ensiklopediya.uz
BORAT KISLOTA