BORA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BORA haqida malumot bilib oling.

BORA (yun. boreas — shim. shamoli) — togʻ bagʻrida pastga qarab esadigan kuchli sovuq shamol. Uncha baland boʻlmagan togʻlar iliq dengiz bilan tutashgan joylarda kuzatiladi. Bora esganda havo t-rasi lasayadi. Bora tezligi asosan 20—30 m/s, baʼzi joylarda hatto 60 m/s va undan ham ortiq boʻladi. Bora bir boshlansa, bir haftagacha davom etadi. B. Apsheron ya. o., Adriatika dengizi, Issiqkoʻl, Sevan koʻli, Meksika boʻtozi, Novorossiysk sh. va Qrim ya. o. da esadi. Bora koʻpincha fojiali oqibatlarga olib keladi (mas, Bora oqibatida kemalar muzlab qolishi mumkin).

Ensiklopediya.uz
BORA