BOR KARBIDLARI haqida malumot bilib oling.
BOR KARBIDLARI — bornit uglerod bilan hosil qilgan birikmalari. Bor bir kator karbidlarni hosil qiladi. Ulardan V4S (yoki V12S3) va V13S12 larning tarkiblari aniqlangan. V4S — qora yaltiroq kristall modsa, zichligi 2520 kg/m3, mikroqattiqligi 49,1 GPa, parchalanish t-rasi 2450°dan yuqori. Bor yoki borat angidrid V2O3 ga 2000° dan yuqori trada kumir taʼsir ettirib olinadi. Havoda 600° gacha traga chidamli, suvda, mineral kislotalar va ularning aralashmalarida erimaydi, ammo qaynoq ishqorlar eritmalari taʼsirida parchalanadi. Korund A12O3 bilan karborund SiC dan qattiq, faqat olmos b-n borazondan yumshoqroq. Abraziv va silliqlovchi material, yarimoʻtkazgich sifatida, shuningdek yadro texnikasida neytronlarni yutuvchi material sifatida ishlatiladi. V|3S12 — romboedrik panjarali, qora rangli kristall modda. Suyuqlanish t-rasi 2460°; zichligi 2460 kg/m3, mikroqattiqligi 55,9 GPa. Yarimoʻtkazgich sifatida qoʻllaniladi.
Ensiklopediya.uz
BOR KARBIDLARI