Boodoblik, xushmuomalalik, dag‘allik haqida
ziyouz.uzBoodoblik, xushmuomalalik, dag‘allik haqida
DO`STLARGA ULASHING:
Insonparvar kishining yurish-turishidan ko‘rinib turuvchi axloqiy odob mavjudki, bunday odob tajang odamda bo‘lmaydi.
D. DIDROBiz o‘zimizda boodoblik tuyg‘usini rivojlantirmog‘imiz kerak, aks holda, kishilar hurmatini qozonib olgach, uni tezda boy berib qo‘yishimiz ham mumkin. Bu saboq kishiga nihoyatda qimmatga tushadi va afsuski, o‘z avlodini ham bu og‘ir qarzdan qutqarolmaydi.
I. GYoTEBoodoblik yordamida hattoki kuch bylan erishish mumkin bo‘lmagan g‘alabaga ham erishish mumkin.
J. LEBBOKOlijanob bo‘lishning o‘zi kifoya emas, boodoblik ham zarur.
A. AMIELHayotda muvaffaqiyat qozonish uchun iste’dodlilikdan ko‘ra kishilar bilan xushmuomalada bo‘lish ko‘proq muhimdir.
J. LEBBOKModomiki bir-ikki og‘iz shirin so‘z odamni baxtiyor etsa, shuni qizg‘angan odam ablahdir.
T.PENXushmuomalalik va kamtarlik kishining chinakam ma’rifatliligidan nishona.
O. BALZAKXushmuomalalikka haq to‘lanmasa ham u ko‘p naf keltiradi.
M. MONTEGYuTasviriy san’at asarlarini yaxshi ko‘rinsin uchun bajonidil yorug‘ joyga qo‘yamiz, odamlar bilan ham xuddi shunday xushmuomalada bo‘lishimiz kerak.
R. EMERSONQo‘pollikni hech qanday bahona oqlay olmaydi.
T. G. ShEVChENKOKishilarning xushmuomala bo‘lishlari uchun umrlari bemalol yetadi.
R. EMERSONHushmuomalani qizg‘anma, mayli oshirib yubor.
M. SERVANTESHamma bilan xushmuomalada bo‘l, ko‘pchilikka inoqlash, faqat ayrimlar bilangina rasmiy muomala qil.
V. FRANKLINBarchaga iltifotli bo‘lu,ammo takallufsizlik qilma.
V. ShEKSPIRKechirim so‘raganda ham haqorat qilgandagidek oshirib yubormang.
V. ShEKSPIRXushmuomalalik ham agar pisanda qilinsa, haqoratga aylanadi.
B. GRASIANKimki yoqimtoy bo‘lishni istasa, xuddi shu yoqimtoy bo‘lishni istagani uchun ham doimo yoqimsiz ko‘rinadi.
Ye. B. VAXTANGOVOrtiqcha iltifot haddan tashqari bachkana ko‘rinadi.
MARK TVENBeodoblik — alohida bir illat emas, balki kuruq manmanlik, burch tuyg‘usining yo‘qligi, tanballik, bema’nilik, xayolparishonlik, dimog‘dorlik, xasad singari ko‘pgipa illatlarning oqibatidir.
J. LABRUEREng og‘ir haqorat sendan hech bir yomonlik ko‘rmagan kishining haqoratidir.
ABUL FAROJSizga munofiqlik qilishini sira kutmagan odamingizning xafa qilishiga ayniqsa chidash qiyin.
EZOPOshkora etilmaydigan tuyg‘ularimizdan biri ayniqsa nafratdir.
A. RIVAROLNafrat — razillikni, ba’zan aqli zaiflikni yashiruvchi niqobdir; nafrat saxovat, aql va odamlarni tushunish xislati yetishmasligining belgisidir.
A. DOBEKo‘pincha jahlga nisbatan nafratni yashirgan yaxshiroq: xafagarchilik unutilishi mumkin, biroq nafrat esa hech qachon kechirilmaydi.
F. ChESTERFILDSharttakilik, dag‘allik, betga choparlik — shunday nuqsonlarki, hatto ulardan ba’zi oqil odamlar ham mustasno emas.
J. LABRUERSurbetlik ataylab qilingan xatti-harakat emas, balki xarakter nuqsonidir; tug‘ma nuqsondir.
J. LABRUERAksari yoshlar o‘zlarini dag‘al va qo‘pol tuta turib, buni yana tabiiy hol deb biladilar.
F. LAROShFUKOQo‘pollik o‘z qadr-qimmatini unutish demakdir.
N. G. ChERNIShEVSKIYFe’l-atvorda mo‘tadillik hamisha ezgulikdir.
T.PENQo‘pollik — ruhiy qashshoqlik.
M. EBNER-EShENBAXQo‘pollik ham bukrilik kabi mayiblikdir.
M. GORKIYBeodoblik — johillik urug‘i.
S. VATLERMinnatdorchilik barcha yaxshiliklar ichida eng oddiysi bo‘lgani holda, ko‘rnamaklik esa barcha illatlar ichidagi eng yomon illatdir.
T. FULLERKo‘rnamak odamdan ham mudhishroq yana kim bo‘lishi mumkin?
V. ShEKSPIRMinnatdorchilik — eng katta yaxshiliklarning biri. Ammo minnatdorchilik talab qilishdagi me’yor esa undan ham katta yaxshilikdir.
F. GEBBELKilgan har bir saxovating uchun minnatdorchilik talab etish savdolashish degan so‘z.
A. DEKURSELMinnatdorchilik tashakkur bildirilayotgan kishining huquqi emas, balki minnatdorchilik aytayotgan odamning burchidir; minnatdorchilik talab qilish — ahmoqlik, minnatdor bo‘lmaslik esa tubanlikdir.
V. O. KLYuChEVSKIYSenga qilingan yaxshilikni unutma, lekin o‘zing qilgan yaxshilikni unut.
PUBLILIY SIRAgar kishi o‘zi yaxshi ko‘rgan odamiga yaxshilik qilgan bo‘lsa, keyin bu ishini har qanday sharoitda ham eslab yurmasligi kerak.
J. LABRUERHammaga va har kimga gapirib yuriladigan yaxshilikni yaxshi ish deb bo‘lmaydi.
D. MUKERJIAgar kishi ba’zan his-tuyg‘ularini jilovlay olmasa ham har qalay doimo tilini jilovlay olmog‘i kerak.
P. BUASTSo‘kinish odati kuchaygan sari beixtiyor yomon xatti-harakatlarga mayillik ham kuchaya boradi.
ARASTUAgarda til har narsani valdirayversa, hamma o‘zini noqulay sezadi.
J. J. RUSSOShirin so‘zli shilgay dushmai po‘stini, Dag‘al so‘zli dushman qilar do‘stini.
SA’DIYSo‘z — shamol, haqoratli so‘z esa yelvizak kabi zararlidir.
V. ShEKSPIRYomon so‘z kuchli dalil bo‘lolmaydi.
V. O. KLYuChEVSKIYKuchlilik so‘kinishga muhtoj emas.
F. M. DOSTOEVSKIYShovqin-suron hech nimani isbotlamaydi. Tuxum qo‘ygan tovuq xuddi bir kichik sayyorani tuqqandek qaqillaydi.
MARK TVENShovqin-suron uchun mayda odamlarni — nog‘orachilarni tanlaydilar.
G. LIXTENBERGKishini haqoratlash uchun ko‘p vaqt kerakmas, lekin uning foydasi ham oz.
D. I. PISAREVO‘zgaga qilgan muruvvatingni do‘stga ham, dushmanga ham maqtama.
FIRDAVSIYYaxshilik qilgan emas, yaxshilik ko‘rgan gapirsin.
SENEKABergan minnat qilmasin, olgan — gapirsin.
M. SERVANTESAgar xayrli ish qilsam-da, bu ishim hammaga ayon bo‘lib qolsa, men bundan sevinmayman, o‘zimni jazolagandek his etaman.
N. ShAMFORSen dunyoda ko‘rnamak odamlar borligidan ranjib yuribsan. Vijdoningdan so‘rachi, senga yaxshilik qilgan odamlarning bari ham o‘zingdan ro‘shnolik ko‘rganmi.
SENEKAKo‘rnamaklar taxmin qilganimizdan ko‘ra ancha oz, negaki, saxiylar ham o‘ylaganimizga qaraganda ancha kam.
Sh. SENT-EVREMONBizdan nimadir yaxshilik ko‘rgan odamimizni uchratsak, darhol uning minnatdorchilik bildirishini eslab qolamiz. Vaholanki, o‘zimiz minnatdorchilik bildirishimiz zarur bo‘lgan kishilarni ko‘rganimizda esa bu narsa xayolimizga ham kelmaydi.
I. GYoTEHammadan ham yaxshilikni tez unutadilar.
F. ShILLERDeyarli hamma odamlar mayda-chuyda yaxshiliklarga shukrona bildiradilar, ko‘pchilik esa uncha arzimaydigan yaxshiliklardan minnatdor bo‘ladi, ammo hech haqiqiy yaxshilikning qadriga yetmaydi.
F. LAROShFUKOKo‘rnamaklikning birinchi odimi — yaxshilik qilgan odamning niyatipi sinchiklashdir.
P. BUASTO‘ylamay qilingan gunoh uchun so‘kmaganlaridek, majbur bo‘lib qilingan yaxshilik uchun ham maqtash kerak emas.
YeVRIPIDYaxshilikni darrov qaytaraman deyishning o‘zi ham ko‘rnamaklikdir.
F. LAROShFUKOYaxshilikka yarasha tashakkur bildira olish ham oson emas, buning uchun ko‘p kuch sarflash kerak.
J. LABRUERKo‘rnamakka iltifot ko‘rsatish — u qadar baxtsizlik emas, ammo qabih odamdan yordam so‘rash katta baxtsizlikdir.
F. LAROShFUKONafratimizga uchragan kimsalarning yordamiga muhtoj bo‘lish og‘ir musibatdir.
QOBUS
Boodoblik, dag‘allik haqida, xushmuomalalik