BONLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BONLAR haqida malumot bilib oling.

BONLAR (gollandcha boom — yogʻoch, xoda, shlagbaum) — suzuvchi hamda suv sirtida muallaq turuvchi toʻsiqlar; bir-biriga bogʻlangan xodalar sifatida yasalishi mumkin. Baʼzan, daryoning u qirgʻogʻidan bu qirgʻogʻiga tros (simarqon) tortib qoʻyiladi. Bonlar harbiy kemalar turadigan joylar (gavan, reyd) ni yoki muhim inshootlar (mas, koʻpriklar, toʻgʻonlar va b.) ni dushmanning suv osti kemalari, ulardan otiladigan torpedalar hamda suzuvchi minalardan mudofaa qiladi. «Oʻz» kemalarini oʻtkazib yuborish uchun Bonlarda darvozalar boʻladi.

Ensiklopediya.uz
BONLAR