BONDARENKO Boris Anisimovich haqida malumot bilib oling.
BONDARENKO Boris Anisimovich (1923.19.10, Davlekanov sh., Boshqirdiston) — kibernetik olim. Oʻzbekiston FA akad. (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1983), fizikamat, fanlari d-ri (1970), prof. (1974). 1928-y. dan Toshkentda. Oʻrta Osiyo davlat untini tugatgan (1953). Oʻzbejchctoh FA Matematika in-tida (1953—72), Toshkent t. y. transporti muhandislari in-tida (1972—80), Oʻzbekiston FA «Kibernetika» ilmiy i. ch. birlashmasida (1980-y. dan) ishladi. Bondarenko matematik fizikaning yarim chiziqli shu jumladan polivibratsion tenglamalarni oʻrganish boʻyicha xalqaro maktab asoschilaridan biri (rumin olimi Manjeron bilan birga). Ilmiy ishlari uzlukli mat., kombinatolik tahlil, murakkab matematik fizika masalalarini analitik va uzlukli usullar bilan yechish, arifmetik fraktal tuzilmalarini tuzish va tekshirishga, elastiklik nazariyasining 3 oʻlchovli masalalariga bagʻishlangan. «Jasorat» medali bilan takdirlangan (1995).
Ensiklopediya.uz
BONDARENKO Boris Anisimovich