BOMONT haqida malumot bilib oling.
BOMONT — AQSH jan. dagi shahar, Neches daryosi boʻyida, Texas shtatida. Aholisi 114 ming kishi (1990, shahar atrofi bilan 360 ming kishi). Dengiz porti (yuk ortib tushirish yiliga 50 mln. t; neft va ximikatlar chetga chiqariladi), kema qatnaydigan kanal orqali Meksika qoʻltigʻi bilan boglangan. AQSH dagi eng yirik neftni qayta ishlash sanoati markazlaridan biri. Neft kimyosi, kimyo, kemasozlik sanoati korxonalari bor. Qora metallurgiya rivojlangan. Neft qazib olish jihozlari ishlab chiqariladi.
Ensiklopediya.uz
BOMONT