BOMBARDIMONCHI AVIATSIYA haqida malumot bilib oling.
BOMBARDIMONCHI AVIATSIYA — harbiyhavo kuchlarining asosiy zarbdor kuchi. Bombardimonchi aviatsiyaning asosiy vazifasi: yalpi, keng koʻlamdagi hujumdan yoki jangdan oldin dushman aerodoromlariga, dengizdagi harbiy kemalarga, mustahkamlangan mudofaa istehkomlariga, qoʻshin va jangovar texnika toʻplangan joylarga, shahar va aholi punktlariga, t. y. uzellariga, sanoat markazlariga bomba va raketa tashlab vayron qilish va qirish, dushman qoʻshinlarining jangovarlik holatini susaytirish hamda harbiyruhiy jihatdan taʼsir etish. Samolyotlarning uchuvtaktik imkoniyatiga va jangovar vazifalarining xarakteriga koʻra B. a. ikkiga — front B. a. siga va uzoqdagi obyektlarni bombardimon qiluvchi Bombardimonchi aviatsiyaga boʻlinadi (AQSH va Angliyada taktik va strategik Bombardimonchi aviatsiya deyiladi). Uzoqdagi obyektlarni bombardimon qiluvchi Bombardimonchi aviatsiyadan dushmanning uzoq orqa tomonidagi strategik obyektlarga yopirilib hujum qilishda foydalaniladi. Zarur boʻlganda Bombardimonchi aviatsiya janglarda quruqlikdagi qoʻshinlar yoki harbiydengiz flota kuchlari bilan birga oʻzaro hamkorlikda ishtirok qilishi ham mumkin. Bombardimonchi aviatsiya ljahon urushi (1914—1918)da jangovar aviatsiya boʻlib shakllandi. Urushda qatnashgan deyarli barcha davlatlarda aviatsiya qismlari, qoʻshilmalari tashkil etildi. Hozir Bombardimonchi aviatsiya murakkab qurol va uskunalar bilan jihozlangan. Ularda radio aloqalari, radiolokatsiya va aeronavigatsiya asboblari takomillashtirilgan (yana q. Aviatsiya).
Ensiklopediya.uz
BOMBARDIMONCHI AVIATSIYA