BOMBAKSDOSHLAR haqida malumot bilib oling.
BOMBAKSDOSHLAR, baobabdoshlar (Bombacaceae) — ikki pallalilar sinfiga mansub oʻsimliklar oilasi. Deyarli hamma turlari tropik mintaqada oʻsadi, tanasi yoʻgʻon, baʼzan tanasining oʻrta qismi bochkasimon boʻrtib chiqqan. Gullari yirik, toʻgʻri, qisman notoʻgʻri, ikki jinsli, koʻpincha yakka. Kosabarg va tojbarglari 5 tadan, baʼzan tojbarglari boʻlmaydi. Changchilari 5 ta yoki koʻp, u mumiy naychaga yopishgan, baʼzan alohida. 28 turkumi va 190 ga yaqin turi maʼlum. Bombaksdoshlardan baobab, durian, paxta daraxti va b. foydali daraxtlar hisoblanadi.
Ensiklopediya.uz
BOMBAKSDOSHLAR