BOLTIQ DENGIZI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOLTIQ DENGIZI haqida malumot bilib oling.

BOLTIQ DENGIZI — Atlantika okeanining bir qismi. Mayd. 419 ming km2. Materik ichkarisiga chuqur kirib borgan. Chuq. 40—100 m, eng chuqur yeri 470 m. B. d. da suv osti balandliklari va botiqlar, Botniya, Fin, Riga kabi qoʻltiqlar, Saaremaa, Ryugen, Gotland, Eland, Bornxolm, Aland kabi katta orollar bor. Okean bilan Eresunn, Katta va Kichik Belt, Kattegat va Skagerrak boʻgʻozlari orqali tutashgan. Qirgʻoqlari asosan qumli pasttekisliklardan iborat, shim. sharqi qoyali. Dengiz tubi qum va gilli balchiqlar bilan krplangan. Botiqlar, qatortepalar va jarliklar koʻp uchraydi. Boltiq dengiziga 250 dan ortiq dare (Neva, Gʻarbiy Dvina, Visla Odra va b.) quyiladi. Boltiq dengizining iqlimi moʻtadil. Jan. da yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 1,1°, iyulniki 17,5°, shim. da yanv. niki — 11,5°, iyulniki 17°. Oʻrtacha yillik yogʻin 500—600 mm, baʼzi joylarida 1000 mm gacha. Qishda suv yuzasining t-rasi 1—3°, yezda 18—20°. B. d. ning qirgʻoqqa yaqin qismlari noyab. dan apr. oyigacha muzlaydi. Boltiq dengizi yuzasida suvning shoʻrligi faqat gʻarbida 11%o, boshqa qismlarida 2—3%o dan 6 — 8%o gacha. Boltiq dengizida seld, chavaqbaliq, anchous, paltus, losos, olabugʻa ovlanadi. Botniya qoʻltigʻida tyulen bor. Boltiq dengizi Boltiqboʻyi mamlakatlarining eksportimportida va yoʻlovchilar tashishda katta ahamiyatga ega. Antropogen taʼsirlar natijasida ekologik ahvoli yomonlashgan. Asosiy portlari: SanktPeterburg, Tallin, Riga, Liyepaya, Ventspils, Klaypeda, Kaliningrad, Shchetsin, GdanskGdinya, Rostok va b. Kurortlardan: Yurmala, Kolobjeg, Ustka va b.

Ensiklopediya.uz
BOLTIQ DENGIZI