BOLSMAN haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOLSMAN haqida malumot bilib oling.

BOLSMAN (Boltzmann) Lyudvig (1844. 20. 2, Vena — 1906.5.9, Duino, Italiya) — avstriya fizigi. Vena FA aʼzosi (1895). Statistik fizika va fizik kinetika asoschilaridan biri. Bolsman oʻz nomi b-n ataluvchi taqsimot funksiyasini va gazlarning asosiy kinetik tenglamasini yaratdi. Termodinamikaning ikkinchi krnunini statistik nuktai nazardan asoslab berdi (1872). Bolsman gazlar va qattiq jismlarning dielektrik doimiylarini aniqladi. Issiqlik nurlanishi qonunlaridan biri (Stefan — Bolsman qonuni) ni yaratdi. Bu qonun hoz. zamon nurlanish nazariyasini rivojlantirishda muhim rol oʻynadi.

Ensiklopediya.uz
BOLSMAN