BOLSHEVIKLAR haqida malumot bilib oling.
BOLSHEVIKLAR (rus. bolsheviki — koʻplar) — Rossiya sotsialdemokratik ishchilar partiyasi (RSDRP) da Lenin boshchilik qilgan siyosiy okim (fraksiya) vakillari. 1917-y. apr. dan mustaqil siyosiy partiya tuzishgan (q. Sovet Ittifoki Kommunistik partiyasi). Bolsheviklar tushunchasi RSDRP 2syezdida (1903) Lenin tarafdorlari partiya rahbar organlariga saylovlarda koʻpchilik ovoz olganidan soʻng yuzaga kelgan. Shu sababli ular — bolshevik, kam ovoz olgan rakiblari esa — menshevik deb yuritila boshlagan. Bolsheviklar mamlakatda totalitaristik siyosat yuritgan. Bolsheviklar soʻzi 191752-y. larda RSDRP (b), RKP (b), VKP (b) deb atalgan partiyaning rasmiy nomlarida ishlatilgan.
Ensiklopediya.uz
BOLSHEVIKLAR