BOLQIN haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOLQIN haqida malumot bilib oling.

BOLQIN (Muricaria alopecuroides Schrenk) — yulgʻundoshlar oilasiga mansub tuksiz chala buta, boʻyi 2 m cha. Barglari tuxumsimon yoki nashtarsimon, bandsiz, mayda, uz. 10—12 mm. Gullari ikki jinsli, kosachasi asosigacha boʻlingan; tojbargi 5 ta, changchilari 10 ta, 5 tasi uzun. Toʻpgullari boshoqsimon, yosh shoxchalarning uchida joylashgan. Koʻsagi silliq, uz. 10 mm, eni 3 mm keladi. Maydan sent. gacha gullaydi. B. Toshkent, Fargʻona, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining togʻli hududlarida oʻsadi.

Ensiklopediya.uz
BOLQIN