BOLONYA MAKTABI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOLONYA MAKTABI haqida malumot bilib oling.

BOLONYA MAKTABIItaliya tasviriy sanʼatidagi maktablardan biri. Markazi — Bolonya sh. Asarlarining oʻziga xos xususiyatlari va taʼsirchanligi b-n 14-a. dayoq Italiya tasviriy sanʼatida muhim oʻrin egalladi. Akauka Karrachchilar tomonidan «Toʻgʻri yoʻlga kirganlar akademiyasi» ning tuzilishi (taxm. 1585) bu yerda Yevropa akademizmi qoidalari va kelgusida shakllanadigan Bolonya maktabi vakillari (akauka Karrachchilar, Domenikino, G. Reni, Gverchino) diniy va afsonaviy mavzularda bezak kompozitsiyalar, devoriy rasmlar yaratgan. Bolonya maktabi sanʼat tarixida badiiy taʼlim tizimini yaratdi, barokkoga xos mehrob kartinalar, mahobatli bezak rasmlar, «qahramonona» manzaralar turini ishlab chiqdi. Dastlab asarlari (portret va maishiy janr)ga tuygʻularning haqqoniyligi va gʻoyaning yangiligi xos boʻlgan. Bolonya maktabi akademizmi keyinchalik (Italiya va undan tashqarida keng tarqaldi) hayotdan ajralib qolgan hissiz badiiy voqeaga aylandi.

Ensiklopediya.uz
BOLONYA MAKTABI