BOLIVIYALIKLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOLIVIYALIKLAR haqida malumot bilib oling.

BOLIVIYALIKLAR (oʻzlarini bolivianos deb ataydilar) — xalq, Boliviyaning asosiy aholisi. Boliviyada (3 mln. kishi), Argentinada (150 ming kishi), Braziliya, AQSH, Peru va Chilida ham yashaydilar. Umumiy soni 3,2 mln. (1992). Boliviyaliklarni kanichana, kayuvava nomli indeys xalqlari; ispanindeyslardan tarqalgan metislar (cholo); qisman ispanlardan tarqalgan kreollar tashkil qiladi. Ispan va guarani tilisy gaplashadilar. Dindorlari — katoliklar. Asosan dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullanadilar.

Ensiklopediya.uz
BOLIVIYALIKLAR