BOLERO haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOLERO haqida malumot bilib oling.

BOLERO (ispancha bolero) — ispan xalq raqsi. Surʼati oʻrtacha, oʻlchovi 3/4. B. odatda gitara va baraban joʻrligida ijro etiladi, raqsga tushuvchilar kastanyetalarda murakkab ritmlarni chalib, baʼzan qoʻshiq ham aytishadi. Yakka, juft va b. turlari mavjud. Bolero taxm. 1780-y. da paydo boʻlgan, ispan xalq bayramsayillarida ijro etilgan. 19-a. da kompozitorlarning sahna asarlari (xususan, opera va balet) ga kiritilgan, keyinchalik mustaqil musiqa asari (F. Shopen, I. Albenislarning fortepiano kuylari, M. Glinka, A. Dargomijskiy, L. Deliblarnint romanslari va b.) sifatida ham riyuj topgan. Oʻzbekistonda Nayuiy nomidagi opera va balet teatrida M. Ravelning mashxur «Bolero» asari asosida balet sahnaga koʻyilgan, kompozitor S. Karimxoʻjayevning «M. Ravel xotirasiga» deb nomlangan xoreografik poemasi (1974) aynan mazkur asariga taqlidan yuzaga kelgan.

Ensiklopediya.uz
BOLERO