Bolaning sut tishlari qachon tushadi?

Bolaning sut tishlari qachon tushadi?
bolaning sut tishlari qachon tushadi 65ca9162a1a6f

kogdaurebenkavipadayutmolochniezubietonu 28FF4BD6

Bolaning sut tishlari qachon tushadi?

Mundarija скрыть
Bolaning sut tishlari qachon tushadi?
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Bolaning sut tishlari qachon tushadi?

Bolaning sut tishlari
Bolaning sut tishlari chiqishidan ko’ra, ularning tushishi og’riqsiz va odatda muammosiz kechadigan jarayondir.

❓Sut tishlari qachon tushishni boshlaydi?
✅Ko’pincha sut tishlari bolaning 5-6 yoshiga kelib tushishni boshlaydi.
Tajribali onalarning aytishicha, sut tushlari necha oyda chiqishni boshlagan bo’lsa, o’sha yoshda tushishni boshlaydi. Ya’ni ilk sut tishlari 7 oyda chiqqan bo’lsa, ularning tushishi bolaning 7 yoshiga to’g’ri keladi.
❓Sut tishlari qanday tushadi?
✅Vaqti kelib bolaning yangi tishlari chiqa boshlaganda sut tishlari sekin-asta qimirlay boshlaydi va bir kuni tushib ketadi. Ular o’rnida milklar orasidan oqish rangdagi yangi tish chiqayotgani ko’rinib turadi.
❓Yangi tish chiqayotgan davrda nimaga ahamiyat bermoq lozim?
✅Bu davrda bolaga kamroq shirinlik yeyish, kalsiy va minerallarga boy ozuqalardan oziqlanish, antibiotiklarni kamroq qabul qilish tavsiya etiladi.
Yangi tishlar chiqayotgan davrda bolaning sut tishlari orasi biroz kengayib ochilib qolishi kerak. Bu degani iyak yangi tishlarni to’g’ri chiqishiga tayyorgarlik ko’rayotgan bo’ladi. Agar chiqayotgan yangi tishlarga bo’shliq joy yetmayotgan bo’lsa, u holda bolani stomatologga ko’rsatish lozim. Bunda kerakli muolajalarsiz yangi tishlar qiyshiq bo’lib chiqishi mumkin.
❓Ildiz tishlari chiqishi qachongacha davom etadi?
✅Odatda 14 yoshga qadar ildiz tishlari chiqib bo’ladi.
❓Ildiz tishlari qanday tartibda almashadi?
✅Sut tishlari qanday tartibda chiqqan bo’lsa, ildiz tishlari huddi shunday tartibda ular bilan o’rin almashadi.
❓Qaysi hollarda stomatologga ko’rinish lozim?
Tishlar ustma-ust qiyshiq bo’lib chiqayotgan bo’lsa;
Bolaning daxani deformasiyalanayotgan bo’lsa;
Bolaning gapirishi g’alati bo’lib o’zgarib qolgan bo’lsa.
Ildiz tishlari chiqayotgan davrda ora-orada jarayonning sekinlashuvi ham kuzatiladi. Bunda organizm yangi tishlar uchun muhit va joy tayyorlayapti desak bo’ladi.
Ba’zida sut tishlari tushmay turib yangi tish chiqa boshlaydi. Bunda ba’zida stomatolog yordamida joyni bo’shatmayotgan sut tishini olib tashlash lozim, aks holda ildiz tishlari chiqa olmay qiyshiq o’sa boshlaydi.
Muhim tavsiya! Sut tishlari karies bo’lib og’riyotgan bo’lsa, ular tushib ketadi deb davolamasdan olib tashlash mumkin emas. Stomatologlarning ta’kidlashicha, sut tishlari vaqtli olib tashlanishi noto’g’ri. Shuning uchun ularni ham oddiy tish singari davolash kerak va ular o’z vaqtida ildiz tishlari tayyor bo’lganida tushgani ma’qul.

Bolaning sut tishlari qachon tushadi?