Bolaning qulog‘i og‘risa qanday chora qo‘llash mumkin?
Bolaning qulog‘i og‘risa qanday chora qo‘llash mumkin? Tashqi quloq – quloq suprasi va tashqi eshituv yo‘lidan iborat. O‘rta quloq – chakka suyagi ichida joylashgan bir qancha katakchalardan tashkil topgan. Ichki quloq – yanada murakkabroq bo‘lganligi uchun labirint nomini olgan. Tashqi eshituv yo‘li teri bilan qoplangan va tashqi muhit bilan bevosita bog‘liq. Me’yorda tashqi eshituv yo‘lida tuklar (sochlar) va quloq kiri (sera) mavjud. Uzoq vaqt basseynda (dushda, suv havzalarida) cho‘milganda quloqqa suv kirib, ushbu kirning “bo‘kib qolishi” va terining yallig‘lanishiga yoki tashqi diffuz otitga yohud soch piyozchalari yallig‘lanishiga – quloq chipqoniga sababchi bo‘ladi. Quloq chipqoni Muolajalar Quloq chipqonining profilaktikasi Quloq chipqonini davolash Quloqqa pilikchalar yordamida 3 foiz borat kislotasining spirtli eritmasidan qo‘yish lozim. Ushbu spirtli eritma kompress vazifasini o‘tab, o‘rta quloqning qon bilan ta’minlanishini yaxshilaydi va og‘riqni kamaytiradi. Og‘riqning kamayishi o‘rta quloqdagi yiringning bosimini kamaytirish hisobiga kuzatiladi. Agarda quloqdan yiring kelayotgan bo‘lsa, borat kislota ishlatilmagani ma’qul. Chunki bu eritma nog‘ora pardasidagi “teshik” (perforatsiya) orqali shilliq parda bilan qoplangan nog‘ora bo‘shlig‘iga kiradi va qattiq achishtiradi. Poliklinika sharoitida vrach tomonidan burunga dorilar kiritish juda samara beradi.Bolaning qulog‘i og‘risa qanday chora qo‘llash mumkin?
DO`STLARGA ULASHING:
Burun bo’shlig’ini yuvish
Quloqdan begona jismlarni olib tashlash
Burun bo’shlig’idan begona jismlarni olib tashlash
Keyinchalik chipqon “pishganda” yoriladi, quloqdan yiring kelishi va eshitishning pasayishi kuzatiladi. Agar bemorda qandli diabet, allergiya, gijja, ekssudativ kataral diatez, mikoz, anemiya, raxit, gipotrofiya kabi kasalliklar bo‘lsa xastalik ancha og‘ir o‘tishi mumkin. Tashqi otitlar quloqni kavlash, hasharotlar kirishi va chaqishi, kuyish (termik va kimyoviy), sovuq urishi natijasi ham bo‘lishi mumkin.
Kasallikning oldini olish uchun cho‘milgandan so‘ng quloqni yaxshilab salfetka bilan quritish darkor va 3 foizli borat kislotasidan 4-5 tomchini pipetka bilan quloqqa tomizib dezinfeksiya qilish maqsadga muvofiq. Quloqda og‘riq paydo bo‘lsa otorinolaringolog shifokorga murojaat qilish zarur. Burun va halqumdagi yallig‘lanishlar bevosita o‘rta quloqqa tarqaladi. Go‘dak bolalarda esa ushbu nay kattalarga nisbatan kalta, gorizontal joylashgan va keng. Shuning uchun, burundagi xilt (mishiq) infeksiyasi osongina nog‘ora bo‘shlig‘iga o‘tadi. Odatda o‘tkir o‘rta otitlar sinusitlar, O‘RVI, O‘RK, gripp, adenovirus, rinovirus, qizamiq kabi yuqori nafas yo‘llarining o‘tkir kasalliklari (tumov) asorati sifatida kuzatiladi. Bu kasallik adenoidlar vegetatsiyasi, burun to‘sig‘i qiyshiqligi, surunkali tonzillit tufayli ham rivojlanadi. O‘tkir o‘rta otitlarni davolashda esa ushbu holatni hisobga olmasdan chora-tadbirlar ko‘rilishi samara bermasligi mumkin. Ya’ni, avvalo burunni davolash kerak, keyin quloqni.
Quloq chipqoni kasalligining asoratlari:
Tegishli davo choralari qo‘llanilmasa kasallik surunkali tus olib, nog‘ora pardasida turg‘un (doimiy) teshik paydo bo‘ladi. Ayrim hollarda, bolada og‘ir asoratlar mastoidit (suyak chirishi), yuz nervining falaji, meningit (miya pardalari yallig‘lanishi), sepsis (qonga mikrob o‘tib ketishi) rivojlanishi ham mumkin. Bunday bemorlar kasalxona sharoitida davolanishi lozim. Adenoidlar va burun to‘sig‘i qiyshiqliklari jarrohlik yo‘li bilan bartaraf etiladi.
Tumovdan so‘ng kasallik rivojlanishini nazarda tutgan holda chaqaloq o‘sayotgan uyda burunga tomizish uchun doim dori qutida burun tomchi dorilari: 1-2 foiz protargol va 0,05 foiz naftizin eritmasi va quloq tomchilari: 3 foiz borat kislota eritmasi bo‘lishini tavsiya qilamiz. Burun tomchilarini boshni orqaga va yonga eggan holda pastki burun katagiga tomizish lozim. Bunda dori preparatlari burunning yon devori orqali eshituv nayining og‘zidan oqib o‘tganligi uchun yevstaxiy nayining o‘tkazuvchanligi tiklanadi va o‘rta quloq bo‘shliqlaridagi yiring tabiiy yo‘llar orqali, nog‘ora pardasi teshilmasdan chiqib ketadi.
Bolaning qulog‘i og‘risa qanday chora qo‘llash mumkin?