BOLANING QOBILIYATLARINI QANDAY ANIQLASH MUMKIN?
BOLANING QOBILIYATLARINI QANDAY ANIQLASH MUMKIN? Ko‘pchilik ota-onalarni farzandlarining qobiliyati, unda rivojlantirish kerak bo‘lgan xususiyat bor yoki yo‘qligi qiziqtiradi. Odatda, maktabga borgunga qadar bolaning nimalarni afzal ko‘rishi shakllanib bo‘ladi, ammo boshlang‘ich sinflarda, hatto undan kattaroq yoshda ham bolaning qobiliyati yuzaga chiqishi mumkin. Kattalar ko‘proq san’at sohasiga, chet tillarini o‘rgatishga, adabiyot va tasviriy san’at sohasidagi ijodiy qobiliyatta ahamiyat beradilar. Bolaning sinovlar o‘tkazishga moyilligiga, tashkiliy va yetakchilik qobiliyatlariga kamdan-kam ahamiyat beradilar. Ko‘pincha bu sohadagi ijodkorlik kattalar tomonidan rag‘batlantirilmaydi va bola sho‘x, to‘polonchi sifatida qabul qilinadi. Har bir bola iste’dodli bo‘ladi, ularni esa qo‘llab-quvvatlash va qobiliyatini rivojlantirish kerak. Bittasi jismonan kuchli, boshqasi rasmni yaxshi chizadi, uchinchisi she’r to‘qiydi. Bolaning qobiliyatini aniqlash uchun so‘rovnoma — Bolaning har bir xususiyatiga baho bering (5 ball – bolada bunday xususiyat kuchli ifodalangan; 4 ball — ifodalanish o‘rtachadan yuqori; 3 ball — o‘rtacha ifodalangan; 2 ball — kuchsiz ifodalangan, 1 ball — umuman ifodalanmagan); — har bir soha ichidagi ballarni qo‘shing, har bir soha bo‘yicha to‘plangan natijani undagi savollar soniga bo‘ling; — bola qobiliyatlarining grafik tasvirini tuzishga urinib ko‘ring, buning uchun gorizontal o‘qda qobiliyatning 8 sohasini, vertikal o‘qda esa ularning har biri bo‘yicha olingan o‘rtacha balini belgilang; siniq chiziqlarda bola qobiliyatining profili (kesmasi) paydo bo‘ladi. Individual faoliyat bilan shug‘ullanish qobiliyati. 2. Kitoblarni, ilmiy-ommaviy adabiyotni o‘z yoshiga qaraganda 1-2 yil oldin o‘qiydi. 3. Mavhum tushunchalarni tushunish, umumiylikni aniqlash qobiliyatiga ega. 4. Sensomotor muvofiqlashtirish bo‘yicha yaxshi qobiliyatga ega ( ko‘rgan narsalarini a’lo darajada qayd etadi va eshitganini a’lo darajada aniq yozib oladi). 5. Darslardan so‘ng ilmiy-ommaviy kitob va jurnallarni o‘qiydi. 6. Loyihasi yoki yangi g‘oyasini o‘qituvchilari, ota-onasi qo‘llab-quvvatlashmasa, sinov muvaffaqiyatsiz chiqsa, tushkunlikka tushmaydi. 7. Hodisalarning sababi va mazmun-mohiyatini aniqlashga urinadi. 8. O‘z loyihalarini yaratishga (konstruksiyalash, qurish, to‘plash) ko‘p vaqt sarflaydi. 9. Ilmiy g‘oya, voqealar, nashrlarni muhokama qilishni yaxshi ko‘radi, bular haqida tez-tez fikr qiladi, uylaydi. 10. Muomalada ravon, yangiliklarni qabul qiladi. Hayotiy vazifalarni yechishning yangi usullarini sinashni yaxshi ko‘radi. Allaqachon sinab ko‘rilgan usullarni, variantlarni ishlatmaydi, yangi urinishlar qilishdan cho‘chimaydi, doimo yangi g‘oyalarni tekshiradi va faqat ularni, sinov tekshiruvlaridan o‘tkazib ko‘rganidan keyin ulardan voz kechishi mumkin. Jami: 1. Ritm, kuyga tez va yaxshi javob beradi, doimo musiqaga diqqat bilan quloq soladi. 2. Yaxshi kuylaydi. 3. Cholg‘u asbobini chalishga, qo‘shiq kuylashga, raqs tushishga ko‘p vaqt sarflaydi. 4. Imkon qadar ko‘p musiqa eshitishni xohlaydi. 5. Qo‘shiqda va musiqada tuyg‘ularni, o‘zining ruhiy holatini aks ettiradi. 6. Original o‘z kuy va qo‘shiqlarini yaratadi. 7. Bironta musiqa asbobini yaxshi chaladi. Jami: 1. Qo‘l mehnati talab qilinadigan ishlarni yaxshi bajaradi. 2. Mexanizm va mashinalar bilan qiziqadi. 3. Mashinalar, uskunalar, poyezdlar va ularni konstruksiyalashga qiziqadi. 4. Buzilgan asbob-uskunalarni tuzatish, eski detallardan yangi narsa o‘yinchoqlar yaratishda foydalanishi mumkin. 5. Mexanizmlarni tushunadi, nosozliklar bo‘yicha beriladigan savollarni yaxshi ko‘radi. 6. Mexanizmlarning chizmalari va xomaki chizmalarini chizishni yaxshi ko‘radi. 7. Jurnallarni va yangi mashina hamda mexanizmlarni yaratish haqidagi maqolalarni o‘qishni yaxshi kuradi. Jami: 1. Yaxshi hikoya yozishi mumkin. 2. Hikoyanavis. 3. Hikoyalardagi muhim bo‘lmagan tafsilotlarni tashlab, eng muhim, eng xarakterli joylarini olib qoladi. 4. Hikoya qilganida asosiy fikrini yo‘qotmay tutilmay, adashib ketmay syujetga suyanishni uddalaydi. 5. Qahramonlarning his-hayajonlari, tuyg‘ularini yaxshi bayon qila oladi, zarur so‘zlarni topishga usta. 6. Hodisani, voqeatushunish uchun muhim bo‘lgan detallarni yetkazadi, shu bilan bir vaqtda hikoyaning asosiy yo‘nalishini yo‘qotmaydi. 7. Hikoyalarida qahramonlarini jonli aks ettiradi. Ularning fe’l-atvorlari, his-hayajonlari, tuyg‘ularini osongina ko‘rsatadi. 8. Hikoyalarida she’rlar to‘qishni yaxshi ko‘radi. Jami: 1. Boshqa odam roliga osongina kiradi. 2. Qandaydir dramatik vaziyatni o‘ynash imkoniyati bo‘lganida holatni tushunadi va yaxshi aks ettira oladi. 3. Tuyg‘ularini xatti-harakat, imo-ishoralar bilan bera oladi. 4. Nima haqidadir hikoya qilayotganida boshka odamlarda hayajon uyg‘otishga intiladi. 5. Ichki kechinmalari, tuyg‘ularini boshqalarga yetkaza oladi. 6. Kishilarning va hayvonlarning ovozini o‘xshata oladi 7. Aktyorlik kasbiga qiziqadi. 8. Omma oldida raqsga tushishni yaxshi ko‘radi. Jami: 1. G‘ayratli va katta hajmdagi yukni ko‘tara oladigan boladek taassurot qoldiradi. 2. Cport o‘yinlari yoki musobaqalarda qatnashishni yaxshi ko‘radi. 3. Sportning ma’lum bir turida muvaffaqiyatlarga erishadi. 4. Tengdoshlaridan tez yuguradi. 5. Yengil, chiroyli yuradi, harakatlar juda yaxshi muvofiqlashtirilgan. 6. Sayohatlarga chiqishni, ochiq maydonchalarda o‘ynashni yaxshi ko‘radi. 7. Bo‘sh vaqtini harakatli o‘yinlar o‘ynab o‘tkazishni yoqtiradi. Jami: 1. Mashg‘ulotlarda hamma narsani oson va tez o‘zlashtirib oladi. 2. Bilimlarini amaliyotda qo‘llaydi. 3. Aniq fikrlaydi, fikrlaridan chalkashib ketmaydi. 4. Hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni, sabab va oqibat o‘rtasidagi mantiqni, aloqani ilg‘ay oladi. 5 Oxirigacha aytilmay qolgan fikrni yaxshi tushunadi. 6. Boshqalarning harakatlari, o‘zlarini nega bunday tutishlari sabablarini tushunadi. 7. Eshitgani yoki o‘qiganlarini alohida yodlamasdan tezda xotirasiga joylashtiradi. 8. Tengdoshlarining ko‘pchiligi bilmaydigan juda ko‘p axborot va ma’lumotlarni biladi. 9. Katta yoshdagilarga mo‘ljallangan kitoblarni yaxshi ko‘radi. 10. Lug‘at zaxirasi boy, yangi so‘zlardan oson foydalanadi, o‘z fikrlarini aniq ifodalaydi. 11. Aqlni ishlatish talab etiladigan murakkab vazifalarni bajaradi. 12. O‘qishda tengdoshlarini 1-2 yilga orqada qoldirib ketadi. 13. Ko‘p savol beradi, javoblarga diqqat bilan quloq soladi, xulosalar chiqaradi. 14. O‘ziga xos tarzda fikrlaydi, masalani hal kilishning kutilmagan javoblari va yechimlarini taklif etadi. 15. Zehni juda o‘tkir, kuzatuvchan, yangiliklarga va kutilmagan hodisalarga darhol javob qiladi. Jami: 1. Tuqigan syujetlarida bir xillik yo‘q. 2. San’at asarlariga munosabati jiddiy. Chiroyli rasm, hikoya, bezatilgan narsalarni ko‘rganida mulohaza yuritadi. 3. Syujet tanlashda o‘ziga xos, gullardan, toshlardan va boshqa narsalardan g‘aroyib kompozitsiyalar yaratadi. 4 Ijodida qandaydir yangi materialdan foydalanishga doim tayyor. 5. Bo‘sh vaqti bo‘lganida mamnuniyat bilan rasm chizadi, loydan turli o‘yinchoqlar yasaydi. 6. Rasm chizish, loydan narsa yasash bilan o‘z tuyg‘ularini ifodalaydi. 7. San’at asarlariga qiziqadi. O‘ziga yoqqanlarini qayta yaratishga urinadi. 8. Plastilin, loy bilan ishlashni yaxshi ko‘radi. Jami:BOLANING QOBILIYATLARINI QANDAY ANIQLASH MUMKIN?
DO`STLARGA ULASHING:
So‘rovnomadan qanday foydalaniladi?
1. Fikrlarini tushunarli va aniq (og‘zaki va yozma ravishda) ifodalaydi.
Musiqiy qobiliyati
Texnik qobiliyati.
Adabiy qobiliyati
Artistlik qobiliyati
Sportga qobiliyati
Intellektual qobiliyati
Badiiy qobiliyati
“Bolangizni bilasizmi?” kitobidan.
@Psixoterapevtuz
BOLANING QOBILIYATLARINI QANDAY ANIQLASH MUMKIN?