Bolaning oylar bo‘yicha rivojlanishi to’liq malumot oling
Bolaning oylar bo‘yicha rivojlanishi
⭐️Birinchi oy. “Moslashish” davri deb atash mumkin. 70 foiz vaqtni bola uxlab o‘tkazadi. Birinchi oyning oxiriga kelib, uzoq vaqt boshini tutib turishni, bir nuqtaga qarashni, ovozlarga quloq solishni va o‘zi ovoz chiqarishni o‘rganadi.
Og‘irligi: +600—700 gr. Bo‘yi: +2—3 sm
⭐️Ikkinchi oy. Bola boshini mahkam tutadi, nafaqat yaqinlarini taniydi, balki his-tuyg‘ularni ajratadi va ularga javob qiladi.
Og‘irligi: + 700—1000 gr. Bo‘yi: + 3 sm
⭐️Uchinchi oy. Bola boshini mahkam tutadi, agar qorniga yotqizilsa, biroz muddat yelkasiga tayanib turadi. Bu vaqtga kelib yorqin rangli o‘yinchoqlarga ahamiyat beradi, nafaqat unli, balki unsiz tovushlarni ham chiqaradi. Uyqu orasidagi vaqt 1—1,5 soatga cho‘ziladi. Eng katta yutuq — so‘rqichni og‘zidan mustaqil chiqara oladi va qaytib og‘ziga solishga urinadi.
Og‘irligi: + 800—1000 gr. Bo‘yi: + 2,5—3 sm
⭐️To‘rtinchi oy. Kichkintoy mustaqil ravishda yelkadan qoringa aylanib oladi, bemalol qo‘liga tayanadi va qorinda yotgan holda qo‘lga tayanib turadi. Shu davrda bola o‘tirishga harakat qiladi. O‘yinchoqlarga cho‘ziladi, ularni tomosha qiladi, og‘ziga oladi. Yaqinlarini begonalardan farqlaydi va o‘z otini taniydi.
Og‘irligi: + 700 gr. Bo‘yi: + 2,5 sm
⭐️Beshinchi oy. Besh oylik bo‘lganda kichkintoy mustaqil o‘tirishga yanada ko‘proq harakat qiladi va ushlab turilgan taqdirda o‘tirishi mumkin. U endi yanada faolroq, bajonidil o‘ynaydi, ota-onasiga talpinadi. Ko‘pchilik bolalarda tish chiqa boshlaydi.
Og‘irligi: + 700 gr. Bo‘yi: +2.5 sm
⭐️Oltinchi oy. Bola hali o‘zi mustaqil o‘tirib ololmaydi, ammo endi o‘tirganida ushlab turishga hojat yo‘q. Qorniga yotganda oyoqchalarini bukadi va to‘rt oyoqlab turishga harakat qiladi. Qornida emaklaydi, ushlab turilsa piyoladan choy icha oladi.
Og‘irligi: +700 gr. Bo‘yi: +2.5 sm
⭐️Yettinchi oy. Bola ancha faollashadi, serharakat bo‘ladi, ag‘dariladi, emaklaydi. Biron narsani ushlab o‘rnidan turishni boshlaydi. Bu yoshda narsalarning nomini eslab qoladi va ularni ko‘rsatishga qodir.
Og‘irligi: + 600 gr. Bo‘yi: +2 sm
⭐️Sakkizinchi oy. His-tuyg‘ulari doirasi kengayadi. Bola “ona”, “ota”, “ber” va shu kabi so‘zlarni ongli ravishda aytadi. Tanish yerda bemalol harakatlanadi va tayanch bo‘lsa, bemalol yuradi.
Og‘irligi: +600 gr. Bo‘yi: +2 sm
⭐️To‘qqizinchi oy. Kichkintoy qo‘rqmasdan turib yoki o‘tiribgina qolmay, divan, stullarga chiqishga urinadi. Narsalarning nomini eslab qoladi, ularni ko‘rsatadi. O‘zi qoshiq bilan ovqat yeyishga harakat qiladi. Bu yoshda mayda motorika faol rivojlanishni boshlaydi.
Og‘irligi: +600 gr. Bo‘yi: +2 sm
⭐️O‘ninchi oy. Bola kattalarning xatti-harakatlarini takrorlashni boshlaydi. O‘zi mustaqil o‘yinchoq o‘ynaydi, kitob varaqlay oladi. Kattalar yordamida bajonidil boshqa bolalar bilan o‘ynaydi. Tez emaklaydi va mustaqil yurishga harakat qiladi. Mayda harakatlari takomillashib, qo‘lda bir necha narsani ushlash imkonini beradi. Narsalarning, hayvonlarning nomini aytishni boshlaydi.
Og‘irligi: +350 gr. Bo‘yi: +1 sm
⭐️O‘n birinchi oy. O‘n bir oylik bo‘lganda bola keyinchalik faqat takomillashadigan barcha ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. Faol harakat qiladi, mustaqil yuradi, qoshiq bilan yeydi, paypoq, poyabzal kiya oladi, ota-onasining so‘z ohangini ajrata oladi.
Og‘irligi: +350 gr. Bo‘yi: +1 sm
⭐️O‘n ikkinchi oy. Bir yoshga yetganda bolaning xatti-harakatlarida mustaqillik sezilibgina qolmay, u yaqinlariga nisbatan “g‘amxo‘rlik” qila boshlaydi. Fe’l-atvori namoyon bo‘ladi, ovqat tanlaydi, qattiq taomlarni chaynaydi, piyoladan ichadi. So‘z lug‘ati 10—15 ta so‘zdan iborat bo‘ladi.
Og‘irligi +350 gr. Bo‘yi +1 sm.
Manba © @Yosh_onalarga_maslahatlar
Boshqa mavzular
Bolaning oylar bo‘yicha rivojlanishi