Bolaning bo‘yi o‘smay qolishiga nima sabab bo‘ladi? to’liq malumot oling

Bolaning bo‘yi o‘smay qolishiga nima sabab bo‘ladi? to’liq malumot oling

Bolaning bo‘yi o‘smay qolishiga nima sabab bo‘ladi?

Nasiba Alimova,

tibbiyot fanlari nomzodi:

— Inson bo‘yining o‘sishi gipofiz bezi ishlab chiqaradigan gormonga bog‘liq. U inson a’zo va to‘qimalarida oqsil hosil bo‘lishini tezlashtiradi. Shu bilan birga, agar organizm kuchsiz ahvolda bo‘lsa, u shunchaki o‘sishdan to‘xtaydi.

Demak, bolangizning o‘smayotganini sezdingizmi, birinchi galda shifokor-endokrinologga uchrab, uni to‘laqonli tekshiruvdan o‘tkazishingiz kerak.

Shifokor UTT hamda qonda gormonlar nisbatini aniqlaydi, shuningdek, rentgenografiya yordamida bilak suyaklari tekshiriladi. Bu — tekshiruv bolaning suyaklari o‘sish hududidami yoki yo‘qmi, bilish uchun zarur.

Bola bo‘yi o‘smasligining qator sabab va omillari mavjud. Yuqorida keltirilgan tahlillar orqali aniqlanadi. Birinchi navbatda, o‘sishdan to‘xtash irsiyat bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bolaning me’yoriy o‘sishida 100 ta gen muhim rol o‘ynaydi.

Bo‘yi past ota-onadan tug‘ilgan bolaning uzun bo‘yli bo‘lishi kam kuzatiladi. Bo‘y o‘sishiga organizmdagi ayrim gormonlarning ko‘p yoki kamligi ham ta’sir qiladi. Qalqonsimon va buyrak usti bezlarida yetiladigan gormonlar o‘sish gormonlari deyiladi. Shu bois endokrin tizimdagi turli izdan chiqishlar bo‘y o‘sishidagi patologiyalarga olib keladi.

Ba’zida buyrak, yurak, o‘pka va hazm a’zolaridagi surunkali kasalliklar ham bo‘y o‘sishini to‘xtatadi. Boshqa surunkali kasalliklar tonzillit(angina), xoletsistit (o‘t qopi yallig‘lanishi) odatda bo‘y o‘sishiga salbiy ta’sir qilmaydi. Ammo bunday hollarda ishtaha yo‘qoladi, bu esa bo‘y o‘sishini pasaytiradi.

Agar bolada parazitlar bo‘lsa ham bo‘y o‘sishida muammolar tug‘iladi. Shuning uchun ichki organizm faoliyati normal yo‘lga qo‘yilsa, bo‘y o‘sishda davom etadi.

©ssvuz

@Bolalarshifokori1

Boshqa mavzular
Bolaning bo‘yi o‘smay qolishiga nima sabab bo‘ladi?